• Kioto Protokoli
  • Barqaror rivojlanish milliy mezonlari - chizma
  • O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish
  • Investitsiyalarning eksporti va importi.
  • Nazorat uchun savollar
  • Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish




    Download 184,92 Kb.
    bet7/25
    Sana05.02.2024
    Hajmi184,92 Kb.
    #151444
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
    Bog'liq
    XORIJIY INVESTITSIYALAR

    Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish

    Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi 0’zbekiston Respublikasi hududida, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan xorijiy investorlami jalb etgan holda jahon bozorida chiqindilar chiqarishning sertifikatlangan qisqartirishlarini sotib olishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun asos yaratadi.
    Kioto Protokoli - Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o’zgarishi to’g’risidagi Hadli Konventsiyasiga (10’HK) 1997 yil 11 dekabrda qabul qilingan, 0’zbekiston Respublikasi tomonidan 1999 yil 20 avgustda ratifikatsiya qilingan va 2005 yil 16 fevraldan boshlab kuchga kirgan bo’lib, “parnik effekti”ni hosil qiluvchi gazlarni atmosferaga chiqarishni qisqartirish mexanizmlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi.


    Barqaror rivojlanish milliy mezonlari





    1. - chizma

    Iqtisodiy mezonlar:
    -tayyor mahsulot birligi hisobiga energiya va xom ashyo sarfini kamaytirish;
    -zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo’li bilan ishlab chiqarish samaradorligini yoki tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;
    -0’zbekiston Respublikasida bozorning xususiy sektorini rivojlantirishga ko’maklashish.
    Ekologik mezonlar:
    -atrof-muhitning saqlanishiga va yomonlashishining oldini olishga ko’maklashish;
    -tabiiy xom ashyo sarfini va ishlab chiqarish chiqitlarini kamaytirish;
    -xom ashyodan takroriy foydalanishga va tiklanayotgan tabiiy resurslardan foydalanishga yo’naltirilgan texnologiyalarni joriy etish;
    -atrof-muhitga salbiy ta’ simi kamaytirish.
    Ijtimoiy mezonlar:
    -aholining ish bilan bandligining o’sishiga va haqiqiy daromadlarining oshishiga ko’maklashish;
    -loyihani amalga oshirishga jalb etilgan xodimlarning va loyiha amalga oshirilayotgan hududda yashaydigan aholining sogMigMni yaxshilash;
    -aholining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalaridan xabardorligini oshirish.
    Tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasi barcha Barqaror rivojlanish milliy mezonlarini qondirishi shart emas, lekin ko’rsatib o’tilgan mezonlarga muvofiq mamlakatning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko^rsatmasligi kerak.

    1. O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish

    Investitsiya loyihasi (loyiha) - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko’rish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o’zaro bog’liq tadbirlar va ishlar kompleksidir.


    ю




    0’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihasini amalga oshirish shartlariga bog’liq holda investitsiya loyihasi hujjatlari quyidagicha izchillikda ishlab chiqiladi:

    1. dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA) - moliyalashtirish manbalari va sha.rt.1a.rini kelishish;

    2. dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (DTIH) - moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish;

    v) ishchi loyiha-tanlov hujjatlari.

    1. Investitsiyalarning eksporti va importi.

    Tobora kengayib borayotgan kapitallar bozorining baynalmilallashuv jarayoni bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar o’rtasidagi kapital oqimi hajmining ortib borishi bilan ajralib turadi. Xalqaro kapitallar oqimi - bu ishlab chiqarish omillaridan birining harakatidir. Bunda alohida tovar va xizmatlar boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqarishning iqtisodiy afzalligi tufayli o’sha tomonga oqib o’tadi. Bu haqda bevosita va portfelb investitsiyalar hajmining umumiy o’sishi, qisqa va uzoq muddatli kreditlar hajmining ortishi, yevrovalyuta bozorlaridagi operatsiyalar miqyosining oshib borishi va boshqalar darak beradi.
    Xalqaro kapitallar migratsiyasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yetakchi o’rinlardan birini egallar ekan, u o’z navbatida jahon xo’jaligi rivojiga sezilarli ta’sir o’tkazadi. Bu ta’sir, awalombor, kapitallar migratsiyasining jahon iqtisodiyotini o’sish sur’atlarida o’z aksini topadi. Kapital ishlab chiqarishning kulay investitsiya muhiti mavjud sohalarni izlab, chegaralarni kesib o’tadi. Xalqaro investitsiyalar ko’pchilik mamlakatlar uchun ishlab chiqarishdagi kapital yetishmasligi muammosini hal etish, investitsiya salohiyatini oshirish va iqtisodiy o’sish sur’atlarini tezlatish imkonini beradi. Kapitalning chetga chiqishi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatlararo kapitallar harakati ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar va hamkorlikni mustahkamlaydi, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini chuqurlashtiradi.
    Kapitalni eksport kiluvchi mamlakatlar uchun kapitallar migratsiyasi quyidagicha salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin:
    -chetga chiqarilayotgan kapital 0’rnini qoplovchi xorijiy investitsiyalarni jalb qilmaslik chetga kapital chiqaruvchi mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlarini sekinlashtirishi mumkin;
    -kapitalni eksport qiluvchi mamlakatlar uchun kapitalni chetga chiqarish ularda bandlik darajasining pasayishiga olib keladi;
    -chetga kapital chiqarish mamlakat toTov balansiga salbiy ta’sir kiladi.
    Kapitalni qabul qiluvchi mamlakatlar uchun esa quyidagi ijobiy tomonlar xos: -boshqariladigan kapital importi mamlakat iqtisodiy o’sishiga yordam beradi; -jalb qilingan kapital qo’shimcha ish 0’rinlarini yaratadi;
    -xorijiy kapital yangi texnologiyalarni olib keladi, samarali menejment esa mamlakatda ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT)ni tezlashtiradi;
    -kapitalning kirib kelishi retsipient mamlakat toTov balansining yaxshilanishiga olib keladi.


    11




    0’z navbatida kapitalni jalb qilishning salbiy oqibatlari ham mavjud:
    -xorijiy kapital milliy kapitalning 0’rnini egallab, uni foyda normasi yuqori tarmoqlardan siqib chiqaradi, natijada ma’lum sharoitlar ta’sirida mamlakat iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishi va uning iqtisodiy holati xavf ostida qolishi mumkin;
    -kapital importi ko’pincha retsipient mamlakat bozorlarida o’z hayotiy tsiklini o’tab boTgan tovarlami o’tkazish bilan bogTiq, shuningdek, ishlab chiqarishdan sifatsizligi aniqlanganligi bois olib tashlangan tovarlar bilan bogTiq boTadi;
    -ssuda kapitali importi mamlakat tashqi qarzining ko’payishiga olib keladi;
    -moliyaviy inqirozlar natijasida va fond bozorlaridan kapitalning oqib ketishi mamlakat valyutasining barqarorligiga va umumiy moliyaviy-iqtisodiy holatga jiddiy zarar yetkazadi. Misol uchun 1997 yilda Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan moliyaviy inqiroz va uning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini
    keltirish mumkin.
    Nazorat uchun savollar

    1. Globallashuv jarayoniga qo’shilish nimani anglatadi?

    2. Globallashuvjarayoniga xos boTgan qanday belgilar mavjud?

    3. Kioto Protokoli qanday hujjat hisoblanadi?

    4. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi va investitsiya loyihalarini tayyorlashning o’rtasida qanday bogTiqlik mavjud?

    5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o’zgarishi to’g’risidagi Hadli Konventsiyasining asosiy maqsadi nima?

    6. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish nimalarni o’z ichiga oladi?

    7. Musaffo rivojlanish mexanizmi bo’yicha investitsiya loyihalariga nisbatan qoTlanadigan Barqaror rivojlanish milliy mezonlarini tushuntirib bering.

    8. 0’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihasini amalga oshirish shartlariga bogTiq holda investitsiya loyihasi hujjatlari qanday izchillikda ishlab chiqiladi?

    9. Xalqaro kapitallar migratsiyasi va oqimi haqida tushuncha bering.

    1. mavzu. Xorijiy investorlar huquqiy holatining o’ziga xos xususiyatlari


    Download 184,92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




    Download 184,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish

    Download 184,92 Kb.