• Ijtimoiy investitsiyalar
  • Real investitsiyalar
  • Moliyaviy investitsiyalar
  • Xususiy investitsiyalar
  • Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar
  • Xorijiy investitsiyalar




    Download 184,92 Kb.
    bet4/25
    Sana05.02.2024
    Hajmi184,92 Kb.
    #151444
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    XORIJIY INVESTITSIYALAR

    Kapital investitsiya jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab chiqarishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
    Innovatsiya investitsiyalar jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
    Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlaming boshqa shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. Xorijiy investitsiyalar ko’lamiga qarab xalqaro doiradagi, ya’ni xalqaro investitsiyalar ko^rinishiga ham ega bo’ladi. Quyilish ob’ektiga, yo^naltirilayotgan sohalar va ulami ishlatishdan olinadigan natijalarga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi. Real investitsiyalar - pul mablag’larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat. Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog’liq bo’lib, ko’pchilik hollarda investitsiya loyihalari doirasida amalga oshiriladi. SHuningdek, real investitsiyalar real kapitalning o’sishini, ya’ni ishlab chiqarish mablag’lari, moddiy boyliklaming o’sishini ta’minlashi zamr.
    Moliyaviy investitsiyalar deb aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlar uchun sarflangan qo’yilmalarga aytiladi. Bu qo’yilmalar buyum ko^rinishdagi kapitalning o’sishini o’zida mujassam etmasada, lekin foyda, shu jumladan, spekulyativ foyda, ya’ni qimmatli qog’ozlar kursi o’zgarishi natijasida vujudga keladigan foyda keltiradi.
    Investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq) bo’ladi. Masalan, oddiy aktsiyalarning muomalada bo’lishi umuman biror bir muddat bilan cheklanmaydi.
    Mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, qo’shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolaming mablagMarini tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga qo’yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari - bu davlat tomonidan milliy daromadning davlat byudjeti mablag’lari ko^rinishida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun sarflayotgan mabalag’laridir.
    Investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar hisoblansa, investitsiya faoliyati sub^ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui investitsiya faoliyati deb yuritiladi. Investitsiya faoliyati tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning bir ko’rinishidir, shuning uchun ham tadbirkorlikka xos bo’lgan belgilar, ya’ni mulkiy mustaqillik, tashabbuskorlik va tavakkalchilik unga ham xos bo’lgan xususiyatdir.
    Investitsiya faoliyatining ob’ekti moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish ob’ektlari hisoblanadi.




    Investitsiya faoliyatining sub’ektlaridan biri investor bo’lib, u o’z inablagMarini, qarzga olingan va jalb etilgan mablagMarni, mulkiy boyliklami va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati ob’ektlariga jalb etishni amalga oshiradi. Bunday o’ziga xos faoliyat sub^ektlarining yana bir katta gumhi mavjud bo’lib, ular investitsiya faoliyati ishtirokchilari deb yuritiladi va ulaming asosiy vazifasi investorning buyurtmalarini bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlash bo’lib hisoblanadi.
    Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchilar (investorlar) quyidagi belgilari bo’yicha tasniflanadi.

    1. Joriy faoliyatning yo’nalishlari bo’yicha institutsional va individual investorlar. Institutsional investorlar rolida sanoat, savdo, transport, aloqa va boshqa sohalardagi aktsiyadorlik jamiyatlari namoyon bo’lsalar, individual investorlar rolida fuqarolar namoyon bo’ladi.

    2. Investitsiyalash maqsadlari bo’yicha strategik va bevosita investorlar. Ular o’z oldiga kompaniyalami boshqarish huquqini olishni maqsad qilib qo’yadilar. Buni ular boshqa kompaniyalar aktsiyalarining nazorat paketini sotib olish yoki ulaming ustav kapitalining katta qismini egallash orqali amalga oshiradilar.

    3. Rezidentlikka tegishliligi bo’yicha investorlar milliy va xorijiy investorlarga ajratiladi.

    1. Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar

    Maqsadiga ko’ra xorijiy investitsiyalar bevosita va portfelb investitsiyalarga bo’linadi. Bevosita investitsiyalar - bu kapitalning to^ridan-to^ri eksporti bo’lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar (BXI) asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo’ladi.

    Download 184,92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 184,92 Kb.