|
Xorijiy investitsiyalar
|
bet | 14/25 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 184,92 Kb. | | #151444 |
Bog'liq XORIJIY INVESTITSIYALAR(4 soat)
28
Mamlakatimizning eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy yo^nalishlari
0’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish kontseptsiyasi
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarni kreditlash
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati
Mamlakatimizning eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari
0’zbekiston Respublikasi eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat sub^ektlarining eksport faoliyatini takomillashtirish iqtisodiy qayta qurishning hozirgi bosqichida muhim hisoblanadi. SHu bilan birga 0’zbekiston oldida mamlakatning xom - ashyo tovarlari eksportiga qaramligini pasaytirish, import va eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish hamda qo’shilgan qiymati yuqori boTgan tovarlar eksportini jadallashtirish kabi masalalar turibdi.
Bugungi kunda mamlakat eksportini rivojlantirishning asosiy muammolaridan biri importga nisbatan tarif va notarif protektsionizmning yuqori darjada mavjudligidir. Ayni vaqtda yuqori savdo to’siqlari nafaqat iste’mol tovarlarini (pirovardida foydalanish uchun tovarlami) import qilishni, shu bilan birga ham eksportga, ham ichki bozorga yo’naltirilgan milliy ishlab chiqarishlarni rivojlantirish zamr boTgan oraliq tovarlar importini ham cheklab qo’yadi. Bundan tashqari, ichki bozorda tashqi raqobatni cheklash iqtisodiy resurslami samarasiz taqsimlash uchun omil yaratadi. Natijada o’rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda importdan himoya qilingan tarmoqlarning nisbatan raqobatbardoshlik qobiliyati pasayib ketadi.
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab chiqarishni yoTga qo’yish mumkin boTgan mahsulotlarga boTgan talabni 0’rganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi:
eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini kamaytirishda ko’maklashish;
ulami tashqi bozor kon’yunkturasidagi o’zgarishlar, istiqbolli bozorlar, raqobatchilar to^gTisida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish;
transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish;
yangi transport yoTaklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish va
h.k.
|
| |