Xoshimov, S. Saidaxmedov elektr yuritma




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/111
Sana17.05.2024
Hajmi4,74 Mb.
#240006
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S

8.4- rasm.
Elektr yuritmaning mikroprotsessorli tizimi.
Chunki tokni rostlash, tiristorli o‘zgartgichning nochiziq 
tavsiflarini 
to‘g‘rilash 
va tezlikni 
rostlash 
uchun 
ham 
ma’lumotlami qayta ishlash talab etiladi.
i ©


Yuritmani 
rostlashning 
raqamli 
tizimi 
8.4- rasmda 
ko‘rsatilgan.
Yuritmani 
boshqarishda bosh dastur tezlik bo‘yicha 
topshiriqni ishlab chiqaradi, ishga tushirish va to‘xtatish rejimini 
ta’minlaydi, dvigatel hamda o‘zgartgiehni himoyalash va avariya 
holatida boshqarishni ta’minlaydi. Bu dastur doimiy chaqirilgan 
bo‘lib, toki, uzilish signalini ishlab chiqish so‘ralmagunga qadar 
ishlayveradi. Qolgan dasturlar tezlik va tokni rostlash konturlarini 
boshqarib, tiristorlami ochuvchi impulslami ishlab chiqaradi. Ular 
uzilish signallari bo‘yicha ishlaydi.
Tezlik rostlagichi tezlik bo'yicha topshiriq va teskari 
bog‘lanishdan foydalanib, tezlik konturidagi signaini hisobfaydi.
Tok rostlagichi esa tok bo‘yicha topshiriq va teskari 
bog‘lanishdan foydalanib, tok konturi uchun boshqarish signalini 
hisoblaydi. Dvigatel rejimidan generator rejimiga o ‘tish va orqaga 
qaytish nuqtalarida u revers paytidagi tokni rostlash signalini 
hisoblaydi hamda o‘tishni nazorat qiladi.
Ikkita dastur tiristorli o ‘zgartgichni boshqaruvchi signal 
fazasini surish va uni shakllantirish uchun ishlatiladi. Ulardan 
birinchisi boshqarish burchagining ustun fazasini 
(a=0)
ishlab 
chiqaradi. 
Ikkinchi dastur faza uchun ochish impulsini 
shakllantiradi. 
Shunday 
qilib, 
boshqarish 
impulslarmi 
shakllantirish va fazasini surish dastur asosida amalga oshiriladi.
Funksional sxemadan ko‘rinib turibdiki, tok va kuchlanish 
xabarchisidan 
olinayotgan 
teskari 
bog‘lanishning 
analog 
signallari, analog-raqamli o ‘zgartgich orqali raqamli signalga 
aylantiriladi va MP ga beriladi. Tezlik bo‘yicha teskari aloqa- 
dvigatel o ‘qidagi taxolgeneratordan raqamli ravishda chiqarilib, 
MP ga uzatiladi.
Savol v a topshiriqiar
1. Mikroprotsessorli boshqariluvchi elektr yuritmalaming 
afzalliklari nimalardan iborat?
2. Raqamli tizimlaming analog tizimlardan farqi nimada?
3. Elektr yuritmalaming MP boshqarish tizimining vazifalari 
nimalardan iborat?


4. Mikroprotsessorli 
boshqariluvchi 
elektr 
yuritmaning 
funksional sxemasini chizib tushuntirib bering.
5.A pparat vositalari qanday tuzilgan va qanday vazifani 
bajaradi?
6. Mantiqiy qurilmaning vazifasi nimadan iborat?
7. Ta’minot manbayi sifatida qanday o‘zgartgichlardan 
foydalaniladi?
8. Kuchli o'zgartgich nima va u qanday vazifani bajaradi?
9. MPli elektr yuritmada axborot o‘tishini tushuntirib bering.
10. Doimiy xotira qurilmasi qanday tuzilgan va uning vazifasi 
nimalardan iborat?
11 Operativ xotira qurilmasining vazifasi nimalardan iborat?
12. Kiritish-chiqarish 
qurilmasining vazifasi 
nimalardan 
iborat?
13. Ketma-ket va parallel interfeyslaming farqi nimada va 
ular qanday vazifani bajaradilar?
14. MPli elektr yuritmada tok va tezlik rostlagichlari qanday 
vazifani bajaradi?


IX bob. AVTOM ATLASHTIRILGAN E L EK TR
YURITMANING EN ERG IY A N ITEJA SH
REJIM LA R I
9.1. ENERGIYA TEJASHNING ASOSIY 
T AMOYILL ARI
Butun 
dunyoda umumenergetika krizisi 
va 
energiya 
bahosining 
anchagina 
ko‘tarilib 
borayotganligi 
sababli 
avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar vositasida energiyani tejash 
katta ilmiy-texnikaviy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu bob, muallifning avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar 
vositasida energiyani tejash masalalari haqida ko‘p yillik ilmiy- 
texnikaviy va amaliy faoliyati asosida yozilgan.
Mazkur bobda sanoat qurilmalari va texnologik mashinalami 
energiya tejamkorligi rejimida ishlashini ta’minlash yo‘llari 
ko‘rsatilgan. 
Boshqariladigan 
elektr 
yuritmani 
energiya 
tejamkorligi rejimida ishlashining nazariy asoslari bayon etilgan. 
Xalq xo‘jaligi sohalarida qo‘llash uchun yuqori iqtisodiy 
ko‘rsatkichli avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarni ishlab chiqish 
bo‘yicha yangi texnikaviy yechimlar taklif qilingan.
Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilgan elektr yuritma vositasida 
energiya tejashning quyidagi tamoyillari mavjud:
1. Ishlab chiqarish mexanizmi yuklamasining o‘zgarishiga 
qarab, dvigatel tanlash usulini takomillashtirish yo‘li bilan elektr 
yuritma dvigatelining quvvatini to‘g ‘ri tanlash. Dvigatelning quv­
vati yuklama quvvatidan kichkina bo‘lsa, uning tezligi kamayadi, 
qattiq qizib tezda ishdan chiqadi, katta bo‘lsa, dvigatel energiyani 
samarasiz o‘zgartiradi va ishlaganda o ‘zida hamda energiya 
uzatishda sarf bo‘ladigan quvvatni anchagina ko‘paytiradi.
2. Ishlab chiqarish mexanizmlaridagi avtomatlashtirilgan 
elektr yuritmalaming aktiv massasini (mis va temir) oshirish 
hisobiga FIK va quvvat koeffitsiyentining qiymatlarini oshirish va 
energiyani tejaydigan elektr dvigatellardan foydalanish.


3. Rostlanmaydigan elektr yuritmalardan rostlanadigan elektr 
yuritmalarga o ‘tish, bu esa nafaqat avtomatlashtirilgan elektr 
yuritma tizimida, balki ishlab chiqarish mexanizmida ham 
resurslar (suv, issiqlik va b.)ni tejashga imkon beradi.
4. Rostlanmaydigan elektr yuritmalarda yuklama o‘zgaruv- 
chan bo‘lganda, shuningdek boshqariladigan elektr yuritmalarda 
texnologiya jarayonini talabga binoan elektr yuritma koordi- 
natalarini o ‘zgarishi yuzaga keladigan hollarda eng kam energiya 
talab qiluvchi maxsus texnik yechimlami ishlab chiqish va 
yaratish.
Energiya tejashning yuqorida keltirilgan tamoyillaridan birini 
taniash va amalga oshirish texnologik mexanizm tomonidan 
yuzaga keltiriladigan muayyan sharoitlarga bog‘liq bo‘lib, 
ularning 
har 
biri 
o ‘zining 
muayyan 
afzallik 
hamda 
kamchiliklariga egadir.
Energetika krizisining va energiya tashuvchilaming ortib 
borishini e’tiborga olib, elektr yuritmani boshqarish vositalarini 
takomillashtirish 
hisobiga, 
talab 
qilinadigan 
energ iyaning 
aksariyat qismini tejashni ta’minlaydigan tamoyil alohida 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Bizning fikrimizcha to‘rtinchi tamoyil 
istiqbolli hisoblanadi, bunda avtomatlashtirilgan elektr yuritmani 
boshqarish 
algoritmini 
takomillashtirish 
o ‘rtacha 
30—40% 
energiyani tejash imkonini beradi.
9.2. 
ENERGIYANI TEJAYDIGAN 
ASSINXRON EL E K T R YURITM A
Sanoat va qishloq xo‘jaligining turli sohalarida ommaviy 
tarzda qo‘llaniladigan ventilyatorlar, konditsionerlar, nasoslar va 
havo haydovchi (dam beradigan) va boshqa umumsanoat 
mexanizmlari uchun, xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan, tejamkorligi yuqori bo‘lgan ekstremal boshqariladigan 
elektr yuritma tizimi 9.1- rasmda keltirilgan.
Ekstremal boshqariladigan assinxron dvigatelli elektr yuritma 
quyidagilami o‘z ichiga oladi: tiristorli kuchlanish rostlagichi 

Download 4,74 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish