Mikro kontrollerda foydalaniladigan OXQ, EHM, OHQ sidan
kichik xotira hajmiga egaligi bilan farq qiladi. Bu xotira axborotni
vaqtinchalik saqlash, kelib tushish xotirasini tashkil etish, dastumi
o ‘zgaradigan qismini, operator kiritadigan parametrlarini saqlash
va shu kabi ishlarga mo‘ljallangan.
K iritish-chiqarish qurilm asi.
Kiritish qurilmasi tashqi
manbalardan axborot qabul qilib, uni MP ga, yoki MP ning tashqi
xotirasiga uzatish uchun mo‘ljallangan. Bu qurilma yordamida
foydalanuvchi mikroprotsessor tizimiga birlamchi ma’lumotlami
va dasturlami yuklaydi. Kiritish qurilmalariga klaviatura, teletayp,
yozuv mashinkalari, boshqarish pultlari kiradi. Perfolentadan
kiritish qurilmalari keng qo‘llaniladi.
Uning yordamida axborot
xotiraga joylanadi va kiritilayotgan axborot displey orqali nazorat
qilinadi.
Chiqarish qurilmasi axborotni kod ko‘rinishiga aylantiradi, bu
shakl foydalanuvchi uchun qulay ko‘rinishga ega. Kiritish-
chiqarish bloklari o ‘zida kiritish-chiqarish portlarini mujassam-
lashtirgan. Har bir port kirish yoki chiqish chiziqlariga ega. Portga
murojaat qilinganda ma’lumotlar
shu chiziqlar orqali kelib
tushadi. Kiritish porti orqali ma’lumotlar, ma’lumotlar shinasiga
(MSh) va undan keyin MP ga keladi. Chiqarish porti orqali MP da
bajarilgan operatsiyalar natijasi MP tizimiga chiqariladi.
Mikroprotsessor tizimida ayrim bloklaming o‘zaro bog‘la-
nishi maxsus tutashish qurilmalarini ulash yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Bu qurilmalar tashqi (periferiya)
qurilmalarni MP bilan
muvofiqlashtirganda alohida ahamiyatga ega. Bu holda, oraliq
bloklaming mavjudligi turli element bazasiga ega bo‘lgan
qurilmalaming birligini ta’minlaydi. Shuni e’tirof etish kerakki,
MP va tashqi qurilmalar orasida
axborot ayirboshlash MP
xotirasida saqlanayotgan ma’lum dastur asosida amalga oshirilishi
kerak. Bunday oraliq qurilmalar interfeys deyiladi. Shunday qilib,
interfeys MP ni tashqi qurilmalar bilan bog‘lanishini ta’minlovchi
apparat va dastur vositalarining yig‘indisidan iborat. Interfeyslami
ulash ayrim komponentlardan butun tizim olish imkonini beradi.
Axborot almashish turiga qarab ketma-ket va parallel
interfeyslar qo‘llaniladi. Parallel interfeys
eng oddiy va tezkor
hisoblanadi. Parallel interfeyslami qoMlash MP va tashqi
qurilmalar orasidagi masofa bilan chegaralanadi. Kabelning
uzunligi 1-2 m boMganda, uning
hajmi axborot almashish
tezligiga sezilarli ta’sir qiladi. Maxsus shakllantiruvchilar
qo‘llanishi ulanadigan kabel uzunligini 15-20 m gacha yetkazish
imkonini beradi.
Axborotni ketma-ket almashish kabel uzunligiga ta’sir
qilmaydi. Biroq tezlikning past bo‘lishi va ma’lumotlami ketma-
ket o‘tkazish parallel interfeyslarga nisbatan
katta ishonchlilikka
ega.