• ELEKTR YURITMA ASOSLARI
  • Xoshimov, S. Saidaxmedov elektr yuritma




    Download 4,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/111
    Sana17.05.2024
    Hajmi4,74 Mb.
    #240006
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
    Bog'liq
    Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S



    О. XOSHIMOV, S. SAIDAXMEDOV
    ELEKTR YURITMA
    ASOSLARI


    0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA 
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    O.O. XOSHIMOV, S.S. SAIDAXMEDOV
    ELEKTR YURITMA
    ASOSLARI
    O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta lim vazirligi
    tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan
    TOSHKENT - 2010


    31.261.2 
    X 71
    0 .0 . Xoshimov, S.S. Saidaxmedov. Elektr yuritma asoslari. -
    Т.: «Aloqachi», 2010,208 bet.
    Darslikda elektr yuritma tizimidagi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan 
    tok elektr dvigatellarining elektromexanik xususiyatlari, tavsiflari
    ularning tezligini rostlash usullari, elektr yuritma dvigatellarining 
    quvvatini hisoblash va tanlash usullari bayon qilingan, shuningdek, 
    zamonaviy mikroprotsessorli elektr yuritmalarning tuzilishi va ish- 
    lashi, energiya tejovchi elektr yuritmalarning qoMIanishi to‘g‘risida 
    ma’lumotlar berilgan.
    ВВК31.261.2я73
    Taqrizchilar:
    N.M. Aripov -
    Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti 
    professori, Texnika fanlari doktori;
    X.A. Alimov -
    texnika fanlari nomzodi, dotsent
    fNAMANGAN DAVLAT 
    U NIVERSlTETIi^f
    i A hborot-resurs rnarkatl
    r i b
    ISBN 978-9943-326-63-7
    © «Aloqachi» nashriyoti, 2010.


    KIRISH
    Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 
    60% dan ortiqrog‘i ish mexanizmini harakatga keltiruvchi avto- 
    matlashtirilgan elektr yuritmalar tomonidan iste’mol qilinmoqda. 
    Sanoat, qishloq xo‘jaligi, kommunal va boshqa tarmoqlaming 
    barcha sohalarida, turli mashina va mexanizmlar hamda quril- 
    malardan keng foydalaniladi. Har qanday mexanik jarayonni 
    amalga oshirish uchun mexanizm va mashinaning ish organini 
    harakatga keltirish darkor. Bu esa yuritma vositasida amalga 
    oshiriladi, xususan, elektr energiya mexanik energiyaga aylan- 
    tiriladi.
    Yuritma energiyani ma’lum yo‘naltirilgan maqsadda o‘zgar- 
    tirishi kerak. Shuning uchun uning tarkibiga bu funksiyalarni 
    amalga oshiruvchi qurilmalar va boshqaruv vositalari kiritilishi 
    darkor. Bu maqsadga elektr yuritma yordamida avtomatik bosh­
    qaruv asosida erishiladi.
    Elektr yuritma deb mashinalaming ish organlarini harakatga 
    keltiradigan hamda bu jarayonlami maqsadga muvofiq boshqa- 
    radigan, hamda elektr dvigatel, kuchli o‘zgartgich, boshqarish, 
    axborot hamda uzatish qurilmalaridan tashkil topgan murakkab 
    elektromexanik tizimga aytiladi.
    Yuritmaning «chiqish» koordinatlariga ish mashinasi organ- 
    larining mc’yorda ishlashi uchun zarur bo‘lgan elektromagnit 
    moment 
    M
    yoki kuch 
    F
    va harakat koordinatlari: burchak tezlik 
    oj
    yoki chiziqli tezlik 
    v
    hamda ularga mos harakat yo‘nalishi 
    boMaklari Да, 
    AS
    kiradi.
    Yuritma elementlari quyidagilardan iborat.
    Uzatish qurilmasi
    harakat shakllarini o‘zgartirish va mexanik 
    energiyani dvigatel qurilmasidan mashinaning ish organlariga 
    uzatish uchun moMjallangan.
    Dvigatel qurilmasi
    elektromexanik o‘zgartgich bo‘lib, elektr 
    energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va uzatish qurilmasi 
    bilan birgalikda ish organining berilgan harakat turlarini shakl- 
    lantiradi.


    Kuchli o ‘zgartgich qurilmasi
    elektr yuritma tizimini elektr 
    manbayi bilan bog‘lash uchun (masalan, sanoat elektr tarmog‘i 
    bilan) elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirish 
    uchun (masalan, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish) 
    xizmat qiladi. Kuchli o‘zgartgich qurilmasining asosiy vazifasi 
    jarayon davomida boshqariladigan energiya oqimini shakllanti- 
    rishdan iborat. Elektr yuritma tizimlarida ish mashinalari, mexa- 
    nizmlar va ish jarayonlarida «energiyani tejaydigan» texnologiya- 
    larni qo‘llash, tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish kuchli 
    o‘zgartgich, dvigatel va uzatish qurilmalarining xususiyatlariga 
    bog‘liq.
    Boshqarish va axborot qurilmalari
    energiya oqimi 
    W
    va ma- 
    shinalaming ishchi organlari harakatlarini boshqarishning berilgan 
    qonuniyatlar bo‘yicha shakllantirish uchun moijallangan.
    Avtomatlashtirilgan elektr yuritmani
    avtomatik boshqariluv­
    chi elektromexanik tizimning (ABT) keng qo‘llaniladigan turi deb 
    qarash mumkin.
    Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning funksional sxemasi 1- 
    rasmda ko‘rsatilgan. Bu sxema elektr yuritmaning ayrim element- 
    lari va ular orasidagi bog‘lanishlami kengroq o‘rganish imkoniya- 
    tini beradi. Bu yerda ingichka chiziqlar bilan elektr energiyani 
    uzatish kanallari, qo‘sh punktir chiziqlar bilan mexanik energiyani 
    uzatish kanallari, punktir chiziqlar bilan esa, elektr yuritma yoki 
    bajaruvchi mexanizmning o‘lchanayotgan koordinatlari to‘g‘risida 
    axborot uzatish kanallari ko‘rsatilgan.

    Download 4,74 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




    Download 4,74 Mb.
    Pdf ko'rish