-rasm. Ko‘p dvigatelli elektr yuritmaning funksional sxemasi




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/111
Sana17.05.2024
Hajmi4,74 Mb.
#240006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S

4-rasm. Ko‘p dvigatelli elektr yuritmaning funksional sxemasi.
Elektr yuritmaning tarixi XIX asrning birinchi yarmidan, 
ya’ni magnit maydonining tok oqayotgan o‘tkazgich bilan o'zaro 
mexanik ta’siri to‘g‘risidagi qonun, elektromagnit induksiya 
qonuni hamda bu qonunlar asosida aylanuvchi harakatni amalga 
oshiradigan o‘zgarmas tok elektr dvigatelini kashf etilishidan 
boshlangan. Keyinchalik o‘zgaruvchan tokni uzatishning uch 
fazali tizimini, transformator va assinxron dvigatelning yaratilishi 
elektr yuritmani sanoatda keng qoMlash imkoniyatini yaratdi.
So‘nggi yillarda turli konstruksion va ko‘rinishdagi elektro­
mexanik o‘zgartgichlardan foydalanish, hisoblash texnikasi vosi-


/
talarini boshqarish tizimlariga keng ko‘lamda qoMlash va elektr 
yuritmaning boshqa funksiyalarini avtomatlashtirish tufayli elektr 
yuritma nazariyasida yangi yo‘nalishlarga asos solindi.
Birinchi yo‘nalish - elektromexanik o‘zgartgichlardan elek- 
tromagnit, pyezokeramik va boshqa dvigatellaming yangi kt»ns- 
truksiyalari xususiyatlarini kengroq o‘rganish.
Ikkinchi yo‘nalish - elektr yuritma tizimi dinamikasini tadqiq 
etishning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligi.
Uchinchi yo‘nalish - yuritma va uning elementlari tavsifmi 
hisoblashning an’anaviy usullaridan voz kechib, yangi samarali 
usullami yaratish va ulaming dastur ta’minotini amalga oshirish.
To‘rtinchi yo‘nalish - energiya tejamkorligini ta’minlaydigan 
avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarini ishlab chiqish va ularni 
amalda tatbiq etish.
Hozirda komplekt yuritmalar, ularning kuchli qismlarini 
boshqarishning kompyuter tizimi yaratilgan bo‘lib, bular yuqorida 
keltirilgan yo‘nalishlami ma’lum darajada hal etish imkonini 
beradi.
Elektr yuritm a asoslari fanini rivojlantirishda o‘zbek 
olimlarining tutgan o‘rni. 0 ‘zbekistonda irrigatsiya sug‘orish 
ishlarida, qishloq xo‘jaligida, paxtani va boshqa mahsulotlami 
qayta ishlash va to‘qimachilik sanoatida, qurilish materiallarini 
ishlab chiqarishda asosan assinxron elektr yuritmalar qo‘llaniladi. 
Bu assinxron dvigatelda kollektor yo‘qligi tufayli uning energetik 
ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi, tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulan- 
ganligi uchun ularni boshqarish osonligi shuningdek, ularga 
xizmat ko‘rsatish va foydalanishning qulayligi bilan bogMiqdir. 
Respublikamiz qishloq xo‘jaligi va sanoati ravnaqi yo‘lida o‘zbek 
olimlari o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektr yuritmalami yara­
tish, tadqiq etish, sanoat hamda qishloq xo‘jaligida keng qo‘llash 
bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordilar.Ilmiy izlanishlar boshida 
yetakchi olim akademik Muzaffar Zohidxonovich Homudxonov 
turdi. 50-yillardayoq akademik M. Z. Xomudxonov assinxron 
elektr yuritmalami chastotali boshqarish muammolari dolzarb- 
ligini aniqlab, shu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy ishlar olib bordi. 
Bunda olim assinxron dvigatelni chastotali boshqarish iqtisodiy 
jihatdan qulayligini, uning tezligini keng ko‘lamda rostlash ravon-


ligini oshirishning yagona usuli ekanligini hisobga olib, akademik 
M.P. Kostenkoning chastotali'boshqarish qonunini rivojlantirdi va 
bu yo‘nalish bo‘yicha maktab yaratib unga boshchilik qildi. U 
1959-yilda «Частотное управление асинхронным электропри­
водом», 1966-yilda esa shogird olimlar bilan birgalikda «Частот­
ное регулирование скорости электроприводов переменного 
тока с автоматическим управлением от вентильных преоб­
разователей» nomli yirik ilmiy asarlarini chop ettirdi.
Bu monografiyalarda olimlar chastotali boshqarishda, tezlikni 
rostlashda o‘zgaruvchan tok dvigatelining tavsifmi hisoblash na- 
zariyasi va usullarini bayon qilib, bu dvigatel ventilli chastota 
o‘zgartgichidan boshqarilayotgandagi statik hamda dinamik re- 
jimlarini nazariy va amaliy tadqiq etish natijalarini keltirganlar. 
Shu bilan birga avtonom invertorlarning yangi sxemalari yaratilib, 
ularning xususiyatlari va qo‘llanish ko‘lami aniqlangan.
Avtomatlashtirilgan chastota bilan boshqariluvchi tiristorli 
elektr yuritmalarning ishonchliligini, texnik-iqtisodiy hamda ener- 
getik ko‘rsatkichlarini oshirish uchun chastotali elektryuritmalari 
xususiyatlarini kompleks tadqiq va tahlil etish nafaqat normal 
(simmetrik), balki maxsus anomal (nosimmetrik) rejimlar uchun 
sanoat mexanizmlarining turli yuklamalarida amalga oshirish 
talab etiladi. Anomal rejimlarda ishlayotgan elektr yuritmalar­
ning nazariy asoslarini, hisoblash usullari, statikasi, dinamikasi, 
issiqlik dinamikasi va issiqlik rejimlarini hamda assinxron dviga­
telning normal rejimga mos keladigan asosiy ko‘rsatkichlarini 
optimallash masalalari professor О. O. Xoshimov rahbarligidagi 
olimlar tomonidan ishlab chiqilib, sanoatga tatbiq etildi.
0 ‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ekinlami 
sug‘orish, yeming sho‘rlanishini oldini olishda drenaj quvurlardan 
foydalanish, olimlar oldiga katta nasos stansiyalari, sho‘r suvlami 
chiqarib tashlash bo‘yicha zamonaviy elektr yuritmalami yaratish, 
ularni amaliyotga tatbiq etish masalalarini qo‘ydi. Bu masalalami 
M. Z. Homudxonov shogirdlaridan professorlar S. Z. Usmonov, 
T. S. Kamolov va M. A. Husanovlar boshchiligidagi bir guruh 
olimlar muvaffaqiyatli hal etdilar.
Sanoatda va kichik quvvatli qurilmalarda ijrochi dvigatel 
sifatida qo‘llaniladigan bir fazali kondensatorli assinxron dvigatelli


/
elektr yuritmalar-, katta yuk ko‘taradigan ko‘targich kranlarda 
elektr o‘qni tashkil etadigan elektr yuritmalami ishlab chiqish, 
tadqiq etish ishlarini professor N. M. Usmonxo‘jayev rahbarligi- 
dagi bir guruh olimlar amalga oshirdilar.
Chastotasiga ko‘ra boshqariluvchi avtomatlashtirilgan elektr 
yuritmalarini ixtirosi uchun akademik M. Z. Homudxonov rah- 
barligidagi bir guruh olimlar S. Z. Usmonov, N. M. Usmonxo‘- 
jayev, О. O. Xoshimov, M. A. Husanov, K. Mo‘minovlar 0 ‘zbe- 
kiston Hukumatining qarori bilan ilm-fan va texnika sohasidagi 
Abu Rayhon Beruniy nomidagi 0 ‘zbekiston Davlat mukofotiga 
sazovor bo‘ldilar. 1966-yil Toshkentda bir necha qattiq yer 
silkinishlaridan keyin panelli uylar qurilishi bir necha bor ortdi. 
Qurilishning zamonaviy tezkor usullari qo‘lIanila boshlandi. Bu 
esa olimlar oldiga uy-joy qurilish kombinatlaridagi temir-beton 
plitalarni elektr yuritma yordamida zichligi va mustahkamligini 
oshirish, yangi qurilayotgan imorat va inshootlaming zilzilaga 
bardoshliligini tekshirish va oshirish masalasini qo‘ydi. Shulami 
hisobga olib, professor N. H. Bozorov rahbarligidagi olimlar 
tomonidan elektr yuritma nazariyasida yangi sahifa bo‘lgan tit-, 
ratgich elektr yuritmasining yangi, yengil, chidamli va kam ener­
giya sarflaydigan turlari yaratilib, qurilish sanoatida keng ко‘lam- 
da qo‘llanildi. Bundan tashqari, imorat va inshootlarni zilzilabar- 
doshlikka tekshiradigan elektr yuritma tadqiq etildi va yangi 
yaratilgan imorat va inshootlar shu avtomatlashgan elektr yuritma 
yordamida tekshirilib ishlab chiqarishga tavsiya etildi.
Sanoatda katta quvvatga ega bo‘lgan qurilma va agregatlar 
keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Bu esa katta quvvatga ega bo‘lgan 
elektr yuritmalaming tezligini rostlashda sirpanish energiyasini 
tarmoqqa qaytaradigan tizimlami ishlab chiqishni, ya’ni, assinxron 
ventil kaskadlarini qo‘llashni taqozo etadi. Bundan tashqari lift 
ko‘targich va shunga o‘xshash qurilmalarda bir necha xil tezlikni 
ta’minlovchi assinxron dvigatellar qo‘llaniladi. Yuqorida qayd 
etilgan avtomatlashgan elektr yuritmalar nazariyasini professor 
X. Karimov rahbarligidagi olimlar amaliyotga tatbiq etdilar. Olim 
boshchiligida assinxron ventil kaskadli elektr yuritma ishlab chi- 
qildi va uning ishlash rejimlari tadqiq etilib, korxonalarda qo‘l- 
lashga tavsiya etildi. Asosan, qisqa tutashgan rotorli qutblari kon-


taktsiz o‘zgartiriladigan ko‘p tezlikli assinxron dvigatel yaratildi 
va bu dvigatel liftlarning avtomatlashtirilgan elektr yuritmasida 
qo‘liana boshladi.
Hozirda, energiya resurslarining taqchilligi sezilayotgan bir 
paytda o‘zbek olimlari yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda elektr 
energiyani tejash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borib, respub- 
likamizning qishloq xo‘jaligi va sanoatining barcha sohalariga 
izchillik bilan tatbiq etmoqdalar. Jumladan, professor О. O. Xo- 
shimov rahbarligida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida yangi 
energiyani tejamlovchi avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar 
turkumi joriy qilindi. Natijada metallurgiya sanoatida o‘rtacha 30- 
40% energiya tejamkorligiga erishildi.
О. 
O. Xoshimov tashabbusi bilan MHDM ichida ilk bor 
«Energiyani tejovchi elektrotexnika tizimlari va komplekslari» 
bakalavr ta’limi yo‘nalishi va «Sanoat qurilmalari va kompleks- 
larining energiyani tejovchi elektr jihozlari va tizimlari» magist- 
ratura mutaxassisligi hamda Germaniyaning Berlin texnika uni- 
versiteti, Gretsiyaning Afina ta’lim texnologiya instituti va 
Toshkent Davlat texnika universiteti hamkorligida «Energetika 
menejmenti» magistratura mutaxassisligi va zamonaviy labora- 
toriyalari tashkil qilindi hamda energiyani tejash masalalari bilan 
shug‘ullanuvchi malakali kadrlar tayyorlash amalga oshirildi.


I bob. ELEKTR YURITMA MEXANIKASI
1.1. ELEKTR YURITMA MEXANIK QISMINING 
DINAMIK MODELI, FUNKSIONAL 
SXEMASI VA ASOSIY ELEMENTLARI
Elektr yuritmaning mexanik qismini «qattiq» mashinaning 
dinamik modeli sifatida qarash mumkin. Bunda modelning ham- 
ma zvenolari harakat jarayonida sezilmaydigan darajada ezil- 
ganligi bois, bu ezilishni hisobga olmasa ham bo‘ladi; kinematik 
juftliklar lyuft va oraliqlarga ega emas, ya’ni ulaming harakatini 
aniqlaydigan golanom bogManish tenglamalari ideal holatga mos 
keladi.
Mexanikada golanom bog‘lanishlar deb elementlar tezliklari 
nisbatlari berilganda ulaming tenglamalari elementlar harakati 
orasidagi nisbatlami ko‘rsatadigan bog‘lanishlarga aytiladi. Bu 
holda bog‘lanish tenglamalari integrallanadi.
Bu yerda individual yuritma ко4rib chiqilayotgan bo'Iganligi 
uchun bunday bikr mashinaning dinamik modeli bitta erkinlik 
darajasiga ega bo‘ladi. Yuritmaning mexanik qismida real kine­
matik bog‘Ianishlar va juftliklaming deformatsiyasi hamda turli 
titrashlarga va umumiy tebranishlarga sabab bo‘ladigan potensial 
energiyaning taqsimlanishi yuz beradi. Bu tebranishlar ayrim 
zvenolarda qo‘shimcha dinamik yuk amalarga olib keladi va 
ijrochi mexanizmning aniq ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi.
Elektr yuritma mexanik qismining funksional sxemasini 
o‘rganish, bikr mashinaning dinamik modeli kinematikasini aniq- 
lashga va ayrim elementlari hamda bog‘lanishlari parametrlarini 
aniqlashga yordam beradi.
Masalan, 1.1-sxemada dvigatel 
M
energiyani elektromexanik 
o‘zgartgichi bo‘la turib, o‘zining bikr qo‘zg‘aluvchi mexanik 
qismlari, ya’ni, aylanuvchi yakorga (o‘zgarmas tok mashinalari 
uchun) yoki rotorga (o‘zgaruvchan tok mashinalari uchun) ega. 
Bu element inersiya momenti 

Download 4,74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Ko‘p dvigatelli elektr yuritmaning funksional sxemasi

Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish