/
qurilmalarida energiyani ko‘p isrof bo‘Iishi kabi kamchiliklarga
ega.
Bundan tashqari bu qurilmalar ko‘p sonli uzatish tasmalari va
transmissiyalardan
tashkil topganligi uchun, ular ishlatish cho-
g‘ida ishchilar hayotiga xavf tug‘diradi.
)
Individual elektr yuritma ish mashinasining bitta ijrochi
organining harakatini ta’minlaydi (3-rasm).
Shuning uchun, bitta
mashina uchun bir necha individual yuritmalar ishlatiladi. Ma
salan, tokarlik dastgohida individual bosh va ikkita yordamchi
yuritmalar ishlatiladi. Individual elektr
yuritma tizimida energiya
elektr zanjirlarida bo‘linadi. Bu yuritma uzatish qurilmalari va ish
mashinasi kinematikasini soddalashtirish imkoniyatini beradi.
Aksariyat hollarda ish mexanizmining ijrochi organining o‘qi
dvigatel rotori (yakor) bilan umumiy o‘q hosil qiladi. Individual
elektr yuritmaning asosiy afzalliklari bu energiyani boMinishidagi
isrofning
kamayishi, UQ va IM kinematikasini soddalashtirish
hisobiga metall sarflni kamaytirish,
elektrlashtirilgan agregat
ishonchliligini oshirish, ijrochi organlami boshqarish jarayonlarini
avtomatlashtirishni soddalashtirish imkonining mavjudligidadir.
3-rasm. Individual elektr yuritmaning funksional sxemasi.
0 ‘zaro bog‘langan elektr yuritma
ikkita yoki bir nechta
(o‘zaro mexanik yoki elektr) bog‘langan elektr yuritmalarning ish
jarayonida berilgan nisbatga ko‘ra yoki
ijrochi organ harakatini
muayyan koordinatalar bo‘yicha takrorlash amalga oshiriladi.
Hozirda amaliyotda o‘zaro bog‘langan elektr yuritmalar qog‘oz
ishlab chiqarish va sanoatning turli tarmoqlarida keng ko‘lamda
qo‘llanilmoqda.
Bunday elektr yuritmalaming afzalliklari ular yordamida tex-
nologik jarayonni yanada yuqori darajaga ko‘tarish va shu yo‘l
bilan avtomatlashtirishni amalga oshirilishidadir.
Ко ‘p dvigatelli elektr yuritma
deb,
elektr dvigatel qurilmasi
birgalikda bitta o‘qda yoki bitta mashinada o‘qlari o‘zaro bog‘-
lanmagan yuritmaga aytiladi (4-rasm). Bunday elektr yuritma-
larda texnologik yoki texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda
bir emas, balki bir nechta elektr dvigatel qurilmalaridan foy
dalaniladi.