7 - uzatish qurilmasi (UQ): ulanish muftasi, reduktor va zarur
bo‘lgan xabarchilardan iborat. Ba’zi bir UQ ning boshqarish
qurilmasi, masalan, sirpanish muftasi ma’lum darajada murakkab
bo‘lishi mumkin va axborot oqimi ikki tomonlama bo‘ladi.
8 - mexanizmning ish organi (10) (masalan,
kesuvchi asbob,
robot ushlagichi, yuritma g ‘ildirak va h.k.) mos xabarchilari bilan.
Konstruktiv ravishda
ba’zi qurilmalar bitta modulga
birlashishi mumkin. Masalan, dvigatel - transport sanoat
robotining g ‘ildiragining moduli K 0 ‘, D, UQ va 10 hamda ularni
boshqaradigan MP tizimidan iborat bo‘ladi. Modulda ba’zi bir
qurilmalar, masalan, konstruktiv jihatdan 10 bilan birlashgan
yuritmada UQ boMmasligi mumkin.
0 ‘zaro
funksional
bog‘Ianishlami
tushunish
uchun
axborotning o‘tishini ko‘rib chiqamiz. Tizimning asosiy axborot
komponenti sifatida mikro EHM yoki
dasturlanadigan kontroller
qo‘llaniladigan BHQ dir. BHQ ning kirishiga qo‘shni EHM dan
axborot kelib tushadi. BHQ EHM dan bir necha metr va undan
ortiqroq masofada joylashgan boisa, bu ko‘rsatma axborot ketma-
ket kod tarzida uzatiladi. Lekin shu bilan birga BHQ parallel
kodda (8 yoki 16 razryadli) ishlaydi. Kodlami o ‘zgartirish uchun
tutashish qurilmasi ishlatiladi. BHQ ni tizimning 3-8 qurilmalari
bilan aloqasi (bog‘lanishi) analog,
raqamli va impuls signallar
yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun BHQ tarkibiga
analog-raqamli, raqam-impulsli (R I0 ‘), impuls-raqamli (IR 0 ‘)
o ‘zgartgichlar kiritiladi. Operator bilan bog‘lanish uchun kiritish-
chiqarish qurilmasi ishlatiladi. Bu qurilma sifatida displeyga ega
bo‘lgan pult, chop etuvchi qurilma va hokazolar ishlatiladi.
BHQ va TM va K 0 ‘ parametrlarining holati va jarayonning
kechishi to‘g‘risida xabarchilardan axborot kelib turadi. Bu
axborot ishlash qobiliyatini nazorat qilish va boshqarish
signallariga tuzatish kiritish uchun ishlatiladi.
Dvigatel, oraliq qurilma
va ish organlari ham holat
xabarchilari bilan ta’minlanadi va ulardan axborot doimiy
ravishda yoki talab etilganda BHQ ga berib turiladi. U yerda bu
axborotlar teskari bog‘lanish signallari yoki diagnostika axboroti
uchun ishlatiladi.
8.3. M IK RO PRO TSESSO RLI
TIZ IM ARXITEKTURASI
Hisoblash funksiyalarini MP dan tashqari
xotira va kiritish-
chiqarish qurilmalari mavjud bo‘lgandagina amalga oshirish
mumkin. Bu qurilmalar MP ga nisbatan tashqi qurilmalar bo‘lib, u
bilan birgalikda mikroprotsessor tizimini tashkil etadi (8.2- rasm).
Mikroprotsessor tizimlarida xotiraning roli turlicha bo‘ladi.
Shunga muvofiq ayrim xotira bloklarini amalga oshirish ham
turlicha bo‘ladi.
Doimiy xotira qurilm alari (DXQ). DXQda saqlanadigan
axborot, ya’ni buyruqlar yoki ma’lumotlar to‘plami, qurilma
o ‘chirilganda ham saqlanib qoladi. Bunday xotira energiyaga
bog‘liq boMmagan xotira deb ataladi.
DXQ fizik jihatdan magnit
lentasida, magnit diskda va maxsus integral mikrosxemalarda
(IMS) amalga oshirilishi mumkin. IMS ko‘rinishidagi DXQ lar
keng ko‘lamda mikro kontrollerda qo‘llanilmoqda. DXQ ning har
bir mikrosxemasida 16 kV gacha axborot hajmi joylashtirilishi
mumkin.
DXQ
da
odatda
ish
dasturlarining
asosiy,
o‘zgarmaydigan qismi, joylashtiriladi. Bundan tashqari operator
pulti bilan bog‘lanishni, sozlash rejimlarini ta’minlaydigan, o ‘z-
o‘zini nazorat qiladigan maxsus xizmat dasturlari joylashtiriladi.
Mikrosxemali DXQ ning uchta asosiy turi bo‘lib, ular
dasturlash xarakteri bilan bir-biridan farq qiladi.
Massali dasturlangan DXQ da
dastumi mikrosxemani ishlab
chiqarish jarayonida yozish amalga oshiriladi. Bunday DXQ lar
odatda, katta hajmdagi nusxada chiqariladigan buyumlarda
ishlatiladi.
Bir marta dasturlab foydalanuvchi DXQ larda ichki ulanishlar
eruvchan materiallardan tayyorlanadi. Bu ulanishlaming ma’lum
manzillar bo‘yicha joylashgan qismi DXQ ni dasturlayotgan
paytda maqsadga yo‘naltirilgan ravishda o ‘zgartirilishi mumkin.
Bu foydalanuvchiga axborotni saqlagan holda DXQ va dasturlash
imkonini beradi.