Bog'liq Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S
Md = f ( t ) inersiya
massalarining ishlashi natijasida ish mashinasining yuklama
diagrammasiga nisbatan tekisroq bo‘ladi. Yuklama cho‘qqiga
erishganda inersiya massalari dvigatelning ishini yengillashtirib,
yig‘ilgan kinetik energiyaning bir qismini beradi: yuklama olib
tashlanganda esa, ular zaryadlanadi va dvigatel statik (qarshilik)
momentga nisbatan ko‘proq momentga ega bo‘ladi.
Elektr yuritmani loyihalashning boshlanishida loyihachida
faqat ish mashinasining yuklama diagrammasi bo‘ladi. Dvigatel
quvvatini esa dvigatelning yuklama diagrammasi asosida tanlash
mumkin. Shuning uchun bu diagrammani qurish loyihalashning
asosiy masalalaridan biri bo‘lib, dvigatel quvvati oldindan
aniqlanadi va keyinchalik ma’lum bo‘lgan quvvat uchun
aniqiashtirilgan yuklama diagrammasi quriladi.
Ijrochi mexanizm ishlayotganda, odatda, statik moment
uzluksiz o ‘zgarmas bo‘lib turadi. 0 ‘tkinchi jarayonda dvigatel
nafaqat statik, balki dinamik yuklamani ham yengishi kerak. Shu
bois dvigatelning qizishini aniqlaydigan o‘rtacha kvadrat momenti
qiymati har doim statik momentning o‘rtacha qiymatidan yuqori
bo‘ladi. Shuning uchun dvigatelni dastlabki tanlashda uning
nominal momentini statik momentning o‘rtacha qiymatidan katta
qilib, qabul qilinadi:
= (7.1)
bu yerda: M9.0> = ?
v ^ * - ishlash sikli vaqti
ts davomidagi
statik momentining o‘rtacha qiymati.
Bundan tashqari
Mnom ni aniqlashning quyidagi formulalarini
ham tavsif etish mumkin:
M n o m ~ ( M q o ,r~^~ ^ o ' r . k v ) ^ ' , (
7 .
2 )
Mmm =VM4.oT-Wur>;
(7.3)
bu ifodalarda
М0-Г.ь > - statik momentning o‘rtacha kvadrat qiymati,
bu
qiymat
ish
mashinasining
yuklama
diagrammasidan
aniqlanadi.
Qabul qilingan taxminiy quvvat asosida katalogdan dvigatel
tanlanadi va quyidagi formula bo‘yicha tizimning inersiya
momenti aniqlanadi.
J = J d5 + (JM/y2);,
(7.4)
bu yerda: 5 - dvigatel
va ish mashinasi orasidagi mexanik
zvenolar inersiya momentini hisobga oladigan koeffitsiyent;
j -
mexanik uzatmaning uzatish soni.
Shundan so‘ng, o ‘tkinchi rejimlar hisoblanadi va dvigatelning
yuklama diagrammasi quriladi. Bu diagramma esa dvigatel
chulg‘amlarini qizishga tekshirish uchun asos bo‘ladi.
Lekin issiqlik rejimlarini hisoblash va dvigatel quvvatini
tanlash uchun, odatda, o‘tkinchi jarayonlarni qurishda katta
aniqlik talab etilmaydi. Shuning uchun yuklama diagrammalari
soddalashtirilgan usulda, ya’ni ishga tushirish va tormozlash
bosqichlarida moment va toklaming qiymatlarini o ‘zgarmas, deb
qabul qilgan holda hisoblab quriladi. Bundan tashqari zamonaviy
elektr yuritmalarda tok va momentlaming qiymatlari maxsus
chegaralash va jadallashtirish sxemalari bilan o‘zgarmas saqlab
qolinadi.