1 +
А р Т ц
W ° ^ = АрТ' ц - 2 р Т ' ц(\ + рТ'
'
^6 ‘8 4 ^
Bu yerda: Т'ц orqali kompensatsiyalash mumkin bo‘lmagan
vaqt doimiyligi belgilanadi. Bu
ochiq kontuming asimptotik
LACHT 6.14-rasmda keltirilgan. Shtrix chiziqlar orqali chastota
tavsifini tashkil etuvchilari o‘zlariga mos uzatish funksiyalari
bilan ifodalangan. Tavsif kesish chastotasiga nisbatan simmetrik
ravishda joylangan va shuning uchun
simmetrik optimum degan
nomni olgan.
6.14-rasm. Simmetrik optimum bo‘yicha optimallashtiriladigan tizimning
asimptotik LACHT.
Simmetrik optimumga sozlangan tizimlar statik xatolikka ega
emas, lekin bunday tizimda kirishga signal berilganda chiqishda
o ‘ta rostlanish 53% ni tashkil etadi (6.12-rasmdagi 2-egri chiziq),
bu beriladigan signalni shakllantirish bo'yicha qo‘shimcha tadbir
choralar ko‘rinishini taqazo etadi. Ketma-ket korreksiyali
(tuzatishli) tizimni optimallash ichki
konturdan boshlanadi va
asta-sekin tashqiga o‘tiladi. Tashqi konturga o‘tayotganda
bo‘ysunilgan kontur uzatish funksiyasini birinchi darajaga
almashtiriladi (soddalashtiriladi), bu soddalashtirishdagi xato
sezilarli emas. Yangi korreksiya qilinmaydigan vaqt doimiyligini
teskari bogManish xabarchisi va ichki
kontur tezchilligidan kelib
chiqqan holda tanlanadi. Keyingi tashqi konturga o‘tayotganda
ham shu yo‘sinda yo‘l tutiladi. Masalan oldingi tuzilish sxemasini
optimallashtirilganda texnik optimum bo‘yicha optimallash-
tirilgan, uzatish funksiya inersiyali guruh uzatish funksiyasigacha
soddalashtiriladi, ya’ni:
(6-85>
Keyingi
konturga
o‘tayotganda
kompensatsiya
qilinmaydigan vaqt doimiysi T1^ = 2T> deb qabul qilinadi, bu
holda esa xabarchilar inersiyasi
va boshqa faktorlar hisobga
olinmaydi. U holda bu kontuming maqbul uzatish funksiyasi
quyidagi ko‘rinishga ega:
_____________ 1___________
WM(P) = j + 4р7’<2/1р2(1 + 8Г% /72)
^6-86^
Har bir tashqi kontur tezkorligi unga bo‘ysunilgan ichki
kontur tezkorligidan 2 marta kam. Koordinatalarini chegaralash
hamma tashqi kontur signallarini chegaralash yo‘li
bilan amalga
oshiriladi.