• Maktab yoshida ayniqsa, o‘smirlik davrida nooqilona ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan oqibatlar
  • Ta’omlanishning odoblari!
  • Sog‘lom odamning ovqatlanish asoslari, ratsional ovqatlanish tamoyillari to’g’risida umumiy ma’lumot




    Download 494,63 Kb.
    bet2/9
    Sana01.02.2024
    Hajmi494,63 Kb.
    #149769
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    KURS ISHI WORD

    1.1. Sog‘lom odamning ovqatlanish asoslari, ratsional ovqatlanish tamoyillari to’g’risida umumiy ma’lumot
    Ratsional ovqatlanish bu:

    • Ovqatlanishda xilma-xil mahsulotlarning bo‘lishligi;

    • Ma’danlar, vitaminlar, oqsil va karbonsuvlar, temir moddasiga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar;

    • Oziq-ovqatlarning pokizaligi, yangi va barraligi;

    • Mahsulotlarning imkon qadar tabiyligi;

    • Ovqatlanish tartibi hamda odoblariga rioya etilishi;

    • Jismoniy va aqliy zo‘riqishlar kuchaygan paytda (sport bilan shug‘ullanish yoki imtihonlardan oldin) qo‘shimcha vitaminlar ichish;

    • Tuz, qahva, shakar, shirinliklar singarilarni meyorida iste’mol qiling;

    • Uzoq muddat och qolish, doim quyiq va quriq ovqatlarni, qalampir, murch, sirka, xantal,sarimsoq kabilarni ko‘p is’temol qilishdan saqlanish.

    Maktab yoshida ayniqsa, o‘smirlik davrida nooqilona ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan oqibatlar:


    • Kamqonlik;

    • Semirib ketish yoki ozish;

    • Ovqat hazm qilish tizimi a’zolari faoliyatining buzilishlari;

    • Aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolish;

    • Odam umumiy quvvati – immunitetining pasayishi va uning oqibatida yuqimli kasalliklarga chalinishga moyillik.

    FAST FOOD ta’omlaridan – lavash, hot-dog, gamburger, shaurma, chips singarilarni, suniy shakarli gazlangan shirin ichimliklarni kunda, muntazam iste’mol qilish ham sog‘likka putur yetkazadi.
    Abu Ali ibn Sino uyqudan oldin yeyilib, oshqozonda turib qolgan ovqat zahri koʻkrak-miya kanali orqali miyaga bugʻlanib oʻtib, uni zaharlaydi, feʼlni tajang qiladi, deb yozadi. Uyqu va oxirgi tanovul oʻrtasida 3-4 soat vaqt oʻtishi lozim. Shu bois kechki paytda yengil hazm boʻladigan ovqat isteʼmol qilish va yongʻoqlar, qovurmalar, yogʻli goʻsht, tvorog kabilardan saqlangan maʼqul.
    Bir ovqat oshqozonda toʻliq hazm boʻlmasdan yana ovqat yeyish ham zararli. Eng yaxshisi, kuniga 2 mahal ovqatlanishdir.
    Ovqatlanish vaqtida chalgʻitadigan, kayfiyatni oʻzgartiradigan taʼsirlardan (televizor,kitob va hokazo) holi boʻlgan maʼqul. Chunki kayfiyat asosiy tarkibi suvdan iborat boʻlgan yemagingizga koʻchadi. Asabiylashganda oshqozon mushaklari ham taranglashadi va hazm qiluvchi fermentlar ishlab chiqarilishi susayadi, natijada ovqat uzoq vaqt oshqozonda turib qoladi.
    Ovqatlanganda oshqozoningizning choragi boʻsh qolgani maʼqul. Oshqozon ogʻirlik hissini sezguncha toʻyib ovqatlanish uning devorlaridagi qon tomirlar kengayishi hisobiga miyaga qon kamroq etib boradi. Odamda lanjlik paydo boʻladi.
    Baʼzilar ovqatni qaynoq holda isteʼmol qiladi. Bu qiziloʻngach rakiga sabab boʻlishi mumkin. Ovqat yozda iliqroq, qishda issiqroq holda tanovul qilingani maʼqul.
    Ovqatga ziravorlarni tanlab ishlatish foydali. Ular nafaqat hazm jarayonini yaxshilaydi, balki zararli mikroorganizmlarni yoʻqotish xususiyatiga ega.

    Ta’omlanishning odoblari!


    (Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning «Yaxshi kishilar odobi» kitobidan)

    • Adabi avval – taomni kam yeyiladi. Va durust ochlik yuz bermasa taom yeyilmaydi va yana taomni ta’bida bir oz ochlik qoldirib yeyiladi;

    • Kattalar taomga qo‘l uzatmaguncha kichiklar qo‘l uzatmaydilar;

    • Yeb-ichish o‘ng qo‘lda bajariladi;

    • Taomni o‘z oldidan oladi;

    • Nonni ikki qo‘l bilan sindirilib, bo‘laklarga bo‘lib yeyiladi;

    • Taomlanish vaqtida, garchi och bo‘linsa ham tez-tez, shitob bilan yeyilmaydi;

    • Luqmani katta ham, kichik ham emas, o‘rtacha olinadi va og‘izda luqma yaxchi chaylanib, ohista yutiladi.;

    • Taom ustida boshdan oxirigacha xomush o‘tirish mumkin emas. Hech qanday taom kamsitilmaydi;

    • Agar imkon bo‘lsa taom tanho yeyilmaydi, negaki ko‘p qo‘l uzatilgan taom barakali taomdir;

    • Ayrim taomlardan so‘ng tishni hilol cho‘p bian kavlash mumkin;

    • Qo‘l taomlanishdan ilgari ham, so‘ng ham yuviladi;

    • Taom yeb bo‘lingach hamd va duo aytiladi, so‘ng taom egasini duo qilinadi.


    Download 494,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 494,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sog‘lom odamning ovqatlanish asoslari, ratsional ovqatlanish tamoyillari to’g’risida umumiy ma’lumot

    Download 494,63 Kb.