• Shirinliklar
  • Yalgashova gulandom alisher qizining




    Download 494,63 Kb.
    bet6/9
    Sana01.02.2024
    Hajmi494,63 Kb.
    #149769
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    KURS ISHI WORD

    Meva va sabzavotlar


    Ho‘l meva va sabzavotlar yoki ularning muzlatilgani mikroelementlarga juda boy. Ularni pishirilgan va pishirilmagan holatda iste’mol qilish mumkin. Konservalarda sog‘liq uchun zarur bo‘lgan moddalar bo‘lmaydi, ko‘p miqdordagi qand moddasi esa, bolaga kerakmas. Sabzavotlardan eng ma’quli – gulkaram, brokkoli, sabzi, arpabodiyondir. Oq karam ham foydali, ammo u qiyinroq hazm bo‘ladi. Mevalarni mavsumga qarab o‘zingiz yashaydigan joyga xos bo‘lganini tanlang.

    Shirinliklar


    Qaysi bola shirinlikni yaxshi ko‘rmaydi deysiz. Bolani shirinliklardan butkul mahrum qilish kerakmas. Shokolad, konfetlar, konditerlik mahsulotlarida yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlardagi kabi foydali moddalar yo‘q. Ammo agar shirinliklar aql bilan bola menyusiga kiritilsa, ular bolaga zarar keltirmaydi. Shunchaki bolaga kamroq miqdorda va ovqatlanib bo‘lganidan keyingina shirinlik berishga harakat qiling.
    Shunday qilib, xulosa qiladigan bo‘lsak, bola ovqatining asosini quyidagi formula tashkil etadi:

    • Majburiy muntazam ovqatlanish – nonushta, ikkinchi nonushta, tushlik, ikkinchi tushlik va kechki ovqat.

    • Nonushta va kechki ovqat uchun asosiy mahsulot non hisoblanadi, qolgani ta’bingizga qarab.

    • Tushlik – issiq ovqat mahali.

    • Ichimliklar – suv va kaloriyasi past ichimliklar.

    2.1. Taom turlari haqida ma’lumot.
    Taom — bu isteʼmol qilishga tayyorlab qoʻyilgan pishirilgan ovqatlarning kombinatsiyasi
    O'zbek milliy taomlari dunyo taomlari orasida eng shirin, xilma - xil taomlardandir. Sharq madaniyatida mehmonni dasturxonga turli shirinliklar, murabbolar qo'yish, shirin taomlar tayorlab olib kelish odatga aylangan. O'zbekiston xalqlari orasida ham bu odatlar juda rivojlangandir. O'zbek milliy taomlaridan juda ko'pchiligi sharqda ham, g'arbda ham mashhurligini inobatga olib, biz o'zbek milliy taomlarini tayorlash, dasturxonga tortish haqidagi o'z fikrlarimizni sizga tortiq etmoqdamiz.

    Download 494,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 494,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yalgashova gulandom alisher qizining

    Download 494,63 Kb.