|
Oqsillar: baliq, tuxum, kurka, tovuq go‘shtlari, sut, tvorog, mol va qo‘y go‘shti.
Uglevodlar
|
bet | 4/9 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 494,63 Kb. | | #149769 |
Bog'liq KURS ISHI WORDOqsillar: baliq, tuxum, kurka, tovuq go‘shtlari, sut, tvorog, mol va qo‘y go‘shti.
Uglevodlar: guruch, bulg‘or qalampiri, makaron, jo‘xori uni, grechixa, banan, mevalar, mayiz.
Kletchatka: oddiy karam, brokkoli, ismaloq, sabzi, lavlagi, qovoq, baqlajon va mevalar.
Yog‘lar: yong‘oq, hayvon va o‘simlik yog‘i, baliq, sariyog‘.
Dasturxonni to‘g‘ri bezash
Dasturxon atrofidagi sharoit ham juda muhim rol o‘ynaydi. Bolalar chiroyli va o‘ziga tortadigan narsalarni yoqtirishadi. Shuning uchun dasturxonni tuzashga ham katta e’tibor berish lozim. Bola ovqatlanayotgan paytda uni yaxshi odatlarga o‘rgatish zarur. Nonushta va kechki ovqatni oila bilan birgalikda dasturxon atrofida qilgani ma’qul, iloji bo‘lsa tushlikni ham, albatta. Ovqat tayyorlayotganingizda osh tuzi o‘rniga ko‘proq xushta’m giyohlar va achchiq bo‘lmagan ziravorlardan foydalangan yaxshi.
Individual yondashuv
Ba’zi mutaxassislar bolalarni yoshiga qarab ovqatlantirish bo‘yicha maxsus jadvallarni tavsiya etishadi. Faqat jadvalga qarab ovqatlantirish unchalik shartmas. Har bir bolaning ovqatga nisbatan o‘z ehtiyoji bo‘ladi.
Har bir ona farzandi qancha ovqat iste’mol qilishini, unga zarur porsiya miqdorini taxminan biladi. Biroq ba’zida ishtaha yo‘qolib turadi, bola uzoq vaqt ovqat so‘ramay qolishi yoki aksincha, ishtahasi ochilib ketishi mumkin. Agar bunday holat uzoqqa cho‘zilmasa, xavotir olmang va darhol chora ko‘rishga shoshilmang. Ishtaha uzoq vaqt to‘g‘ri chegaradan chiqib ketganida yoki u umuman yo‘q bo‘lgan taqdirdagina, shifokor maslahati bola ovqatini to‘g‘ri balanslashga yordam beradi.
Bola qanchalik kichkina bo‘lsa, unda suyuqlikka bo‘lgan talab shunchalik ko‘p bo‘ladi. Normal sog‘lom bola issiq kunlarda yoki jismoniy mashg‘ulotlar paytida odatdagidan ko‘ra ikki baravar ko‘proq suv ichadi. Bunday paytlarda faqat oddiy toza suv iste’mol qilgan yaxshi, o‘tlar yoki mevalardan tayyorlangan qandsiz choy, bittaga bitta suv qo‘shilgan tabiiy sharbatlar ham bo‘ladi. Sitro, kola, gazli mineral suv, vijillaydigan ichimliklar tavsiya etilmaydi. Bunday ichimliklar tashnalikdan xalos etmaydi va organizmdagi qand miqdorini ko‘paytirib yuboradi.
|
| |