|
O‘zbek milliy taom turlari
|
bet | 7/9 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 494,63 Kb. | | #149769 |
Bog'liq KURS ISHI WORDO‘zbek milliy taom turlari:
Qiymali sho`rva
Chuchvara sho`rva
Ugra oshi
Qovurma sho`rva
Mastava
Moshxo`rda
Shirxo`rda
Qurtova
Cho`zma lag`mon
Chuchvara
Tuxum barak
Palov
Manti
Qovurma
Jarkop
Dimlama
2.2. Taom tayyorlash texnologiyasi.
Qiymali sho`rva
Go'shtni suyaklardan ajratib, suyakni qaynatib qo'yasiz, lahimini qiymalaysiz. Sho'rvasiga piyoz, sabzi, pomidor, kartoshka va sarimsoq tug'rab solasiz. Qiymaga mayin tug'ralgan piyoz qo'shib, tuz va murch sepib, xom tuxum chaqib solasiz va yaxshilab mijiysiz. Ana shu qiymadan kaftlar orasida dumalatib yong'oq kattaligidagi kiftalar yasaysiz. Qozondan suyaklarni olib tashlab, qaynab turgan joyiga bitta - ikki - tadan qilib kiftalarni solasiz va 20 - 25 minut mildiratib qo'yasiz. Tayyor taomni 6 - 8 donadan kiymalari bilan kosalarga qo'yib, yuziga mayin qirqilgan oshko'klardan solib mehmon dasturxoniga quyasiz. Masalliq: qiymasiga 500 gr go'sht, 2 - 3 bosh piyoz, 1 dona tuxum, tuz va murch ta`bga ko'ra olinadi; sho'rvasiga go'shtdan ajratilgan suyak, 2 - 3 bosh piyoz, 1 bosh sarimsoq, 2 dona kartoshka, 2 - 3 dona pomidor solasiz, tuzni ta`bga qarab rostlaysiz.
Tuxum barak
Xamiri sutda yoki tuxumda qoriladi, tindirib, yoyilgandan so'ng silliq stakan yordamida to'garak jildlar kesib olasiz. Har bir jildni ikki buklab yopishtirsangiz yarim oy shaklidagi chuchvaralar hosil bo'lib, bir chekkasini yopishtirmay og'iz qoldirasiz. Ichiga solinadigani tuxumdan tayyorlanadi, biroq qiyma emas, quyma tarzda bajariladi. Buning uchun sariyog' eritiladi (asli qadimiy variantida kunjut yog'ini dog'lab bir oz sovutilgan), bunga mayin to'g'ralgan piyozni solib, shig'il bo'lib qovurilib ketmasdan olovdan olib xavoda sovutiladi, tuz, murch sepib, xom tuxum chaqib, obdan aralashtirasiz. Ana shu quymadan bir qoshiqdan haligi yarim oy shaklida buklangan xamir jildlar ichiga qo'yib, qaynab turgan tuzli suvga tashlay berasiz. Tuxum baraklar qozon yuzasiga qalqib chiqandan so'ng yana ikki - uch minut qaynagach, chovlida suzib yassi laganga yoki xorazmcha badiya deb ataluvchi o'rtasi chuqurchali la`li idishga suzib, yuziga qaymok, surtib dasturxonga tortasiz. Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 2 dona tuxum (yoki bir stakan iliq sut), 0,5 choy qoshig'ida tuz olinadi; quymasi uchun 15 - 16 dona xom tuxum, 4 - 5 bosh piyoz, 150 gr sariyog', 2 choy qoshig'ida tuz, 1 choy qoshig'ida murch kerak bo'ladi.
|
| |