“Yarimo’tkazgichli lazerning ishlash prinsipi”




Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana30.09.2022
Hajmi1.47 Mb.
#26622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Vohitova Saida 148-19 Kurs ishi
РОЙХАТ, Dart-Conditions, Inomjon
 
 
 
 
 
 
 
 
1-rasm. Metallardagi elektronlar energiya sathlari keltirilgan (a) metallardagi va (b) 
dielektrikdagi diagrammalari 
Yarimo`tkazgich moddalarida energetik sohalar diagrammasi 1-rasmda ko`rsatilganidek 
bo`ladi. Faqat taqiqlangan sohani kengligi dielektriklarnikiga nisbatan kamroq bo`lib, 
qiymati bir elektron volt atrofida bo`ladi. Yarimo`tkazgichli kristallar asosida tuzilgan 
qattiq jismli lazerlar yarimo`tkazgichli lazerlar deyiladi. Bu lazerlarda ruhsat etilgan 
energetik sohalardagi nurlanishli kvant o`tishlardan foydalaniladi. Yarimo`tkazgichli faol 
muhitda katta optik kuchaytirish ko`rsatkichiga (
) erishish mumkin. Bu 
lazerlarda rezonator uzunligi 50 mkm-1mm oralig’ida bo`ladi. 
Yarimo`tkazgichli lazerlar (YAL) nihoyatda kichikligi bilan birga inertsizligi (
), FIK 
yuqoriligi (30 %), spektral tarkibini sozlab o`zgartirish mumkinligi, faol muhit sifatida 
ishlatiluvchi moddalar ko`pligi, nurlanish to`lqin uzunligi l=0.3-30 mkm bo`lishi bilan 
birga boshqa lazerlardan ajralib turadilar. Yarimo`tkazgichli lazerlarda faol zarrachalar 
erkin elektronlar va kovaklar bo`lib, ular faol muhitda injeksiyalanishi, diffuziyalanishi va 


15 
dreyflanishi mumkin bo`lgan erkin zaryad tashuvchilar hisoblanadilar. Yarimo`tkazgichli 
lazerlarda asosiy damlash usuli n-p o`tish yoki geteroo`tish orqali injeksiya bo`lib, elektr 
energiyasini to`g’ridan-to`g’ri aniq kogerent nurlanish energiyasiga aylantiradi. Bu 
injeksion lazer deyiladi. 
Damlashning elektr teshib o`tish usuli (strimer lazer), elektron bilan bombardimon qilish 
usuli (elektron damlashli YAL), optik damlash usullari mavjud. N.G. Basov va uning 
xodimlari xavola etilgan optik damlashli yarimo`tkazgichli lazerlar n - p o`tishda GaAs 
kristallida birinchi marta R. Xoll, M.I. Neyten (AQSH) tomonidan, elektron damlashli 
yarimo`tkazgichli lazerlar esa Basov va uning xodimlari tomonidan yaratildi. 
Yarim o`tkazgichlardagi nomuvozanat holatlar. Sohalar orasidagi o`tishlarda nurlanish 
rekombinatsiyasi. Ideal yarim o`tkazgichda absolyot nol temperaturadan yuqori 
temperaturada tokni (yoki o`tkazuvchanlikni) hosil bo`lishida o`tkazuvchanlik sohasida 
elektronlarni hosil bo`lishida issiqlik harakati asosiy rol o`ynaydi yoki musbat absolyut 
temperaturada sohalar orasida issiqlik muvozanati hosil bo`lishi hisobiga o`tkazuvchanlik 
sohasida elektronlar hosil bo`ladi. Issiqlik muvozanati holatida bo`lgan yarim 
o`tkazgichlar lazer uchun yaroqsiz hisoblanadi. Lazerlarda qo’llanilishi uchun yarim 
o`tkazgichdagi zaryad tashuvchilar nomuvozanat holatida bo`lishi kerak. Yarim 
o`tkazgichlarni bu holatga har xil yo`llar bilan o`tkazish mumkin. Lazerlarda 
foydalaniladigan yarim o`tkazgichlarda bu maqsadda uch xil usuldan foydalaniladi: 
1) yarim o`tkazgichlar katta chastotadagi tashqi nurlanish bilan yoritiladi (optik uyg’otish 
usuli) optik damlash yordamida ya’ni quvvatli kogerent yoki nokogerent nurlada yarim 
o`tkazgichli atomlarni yorug’lik kvantlari bilan;  

Download 1.47 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yarimo’tkazgichli lazerning ishlash prinsipi”

Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish