Yarim o'tkazgichlarning tuzilishi




Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana30.09.2022
Hajmi1.47 Mb.
#26622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Vohitova Saida 148-19 Kurs ishi
РОЙХАТ, Dart-Conditions, Inomjon
Yarim o'tkazgichlarning tuzilishi 
Misol uchun yarim o'tkazgichning tipik vakili bo'lgan germaniyni qaraylik. Uning tartib 
nomeri 32 va to'rtta elektron qobig'i mavjud: 1-qobiqda 2 ta; 2-qobiqda 8ta, 3-qobiqda 18 
ta,4- qobiqda esa 4 ta elektron joylashgan. Uchta ichki qobiqdagi elektronlar turg'un 
bo'lib, kimyoviy reaksiya-larda ishtirok etmaydi. Oxirgi to'rtinchi qobiqdagi elektronlar 
esa atom yadrosi bilan juda kuchsiz bog'langan. Aynan shu elektronlar elementning 
boshqa atomlarining nechtasi bilan kimyoviy bog'lanishga kira olish qobiliyatini 
ko'rsatib, mazkur elementning valentligini aniqlaydi. Shuning uchun ham oxirgi 
qobiqdagi elektronlarga tashqi yoki valentli elektronlar deyiladi. Tashqi qobig'ida to'rtta 
elektroni mavjud bo'lgan germaniyning valentligi to'rtga teng. Mazkur atomga boshqa 
atomlar yaqinlashganida valent elektronlar boshqa atomning valent elektronlari bilan 
oson ta'sirlashadi va kimyoviy bog'lanish hosil qiladi. Atom qobig'iga ma'lum energiya 
berilganda atomnig ionlashuvi ro'y berishi mumkin. Aynan so'nggi qobiqdagi elektronni 
ozod qilish uchun eng kam energiya taqozo qilinadi. Germaniy, kremniy va yarim 
o'tkazgichlarning boshqa bir qancha vakillari kristall moddalar hisoblanadi. Ularning 
atomlari ma'lum qonuniyatlarga muvofiq joylashgan bo'ladi.
P-n o’tish 
Yarimo‘tkazgichli materiallarning deyarli ko‘pchiligi p-n o‘tish xossalariga 
asoslangandir. P-n o‘tish yarimo‘tkazgich o‘tkazuvchanliginining bir turdan ikkinchi 
turga o‘tadigan qismi bo‘lib, uning bir tomonida o‘tkazuvchanlik asosan elektronlar 
hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomonida esa kovaklar (teshiklar) hisobiga bo‘ladi (1-rasm) 
P-yarimo‘tkazgich 
N-yarimo‘tkazgich 
P-n o‘tish 


10 
P va N yarimo‘tkazgich chegarasida p-n o‘tish hosil bo‘lishi. 
Demak p-n o‘tishning bir tomonida elektronlar asosiy zaryad tashuvchilar hisoblanib, 
kovaklar esa asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar bo‘lib hisoblanadi. Aslida p-n 
o‘tishni elektronli va kovakli yarimo‘tkazgichlarni bir-biriga kontaktlashtirish yo‘li bilan 
olish mumkin. Lekin bular orasida qoladigan tirqish p-n o‘tishning xossalariga ta‘sir 
ko‘rsatadi. Bunga sabab, kontaktlashtirishdan oldin kontaktlashuvchi yuzlari orqali 
adsorbsiyalangan boshqa moddalarning atom va molekulalari yarimo‘tkazgichlar sirtida 
kristall panjaraning nuqsonlarini vujudga keltiradi. Bu nuqsonlar p-n o‘tishning 
xossalarini o‘zgartiradi. 
Diffuziya usuli bilan p-n o‘tishni olish uchun n-germaniy olinib, uning ustiga p-
germaniyga aylantirib qo‘yadigan aralashma, masalan, indiy parchasi qo‘yiladi. Bularni 
birgalikda vodorod bilan to‘ydirilgan xonada 500 gradus temperaturada ushlab turiladi. 
Bu vaqtda indiy erib germaniy elementi bilan bir-biriga diffuziyalanib aralashib qoladi. 
Natijada germaniy elementining bir qismi indiy aralashmasi bilan to‘yinib qoladi. 
Soviganda hosil bo‘lgan monokristallning indiy bilan to‘yingan qismi p-
o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lib qoladi. Xuddi shu usulda oldin p-germaniyga aylantirish 
yo‘li bilan ham p-n o‘tish olinadi. 
Elektronli yarimo‘tkazgichda Fermi energetic satxi o‘tkazuvchanlik zonasiga yaqin joyda 
turadi, kovakli yarimo‘tkazgichda esa valentlik zonasiga yaqin joylashadi. 
Yarimo‘tkazgichning ikkala qismi bir biri bilan muvozanat holatda bo‘lsa, Fermi 
energetic sathi bir hil tekislikda yotadi. (2-rasm) : 


11 
Yarimo‘tkazgichning ikkala qismidagi Fermi energetic sathining bir-biri bilan 
tenglashishi p-n o‘tishda kontakt potensialar ayirmasi hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
Monokristallarning ikkala qismida ham difuziyalangan zaryad tashuvchilar hisobiga 
hajmiy zaryad zichligi hosil boladi. Elektronli yarim o‘tkazgich qismidan elektronlar 
chiqib ketganligi uchun musbat zaryadlar, teshikli yarim o‘tkazgich qismida esa manfiy 
zaryadlarning hajmiy zichligi yuzaga keladi. 

Download 1.47 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish