• Yarimo’tkazgichlar Yarimotkazgichlar
  • “Yarimo’tkazgichli lazerning ishlash prinsipi”




    Download 1.47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/13
    Sana30.09.2022
    Hajmi1.47 Mb.
    #26622
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Vohitova Saida 148-19 Kurs ishi
    РОЙХАТ, Dart-Conditions, Inomjon
    Ch.Tauns (AQSH, Kolumbiya universiteti) tomonidan majburiy nurlanish g‗oyalaridan 
    amalda foydalanib, ammiak molekulasida ishlovchi molekulyar kuchaytirgich va 
    generator (Mazer) yaratildi. 




    Yarimo’tkazgichlar
     
    Yarimo'tkazgichlar oʻtkazuvchanligi jihatidan metall va dielektriklar orasidagi 
    moddalar boʻlib, oʻz fizik xususiyatlarini turli tashqi taʼsirlar (masalan yoritish, isitish va 
    hokazo) 
    natijasida 
    keng 
    intervalda 
    oʻzgartira 
    olish 
    xususiyatiga 
    ega. 
    Yarimoʻtkazgichlar elektronika va mikroelektronikada juda 
    keng 
    qoʻllanilib, 
    zamonaviy elektr jihozlarning deyarli hammasi - kompyuterlardan tortib to uyali aloqa 
    telefonlarigacha barchasi yarimoʻtkazgichli texnologiyaga asoslangan. Eng keng 
    qoʻllaniladigan yarimoʻtkazgich modda kremniy boʻlib, boshqa moddalar ham keng 
    qoʻllaniladi.
    Yarimoʻtkazgichlar — elektr tokini yaxshi oʻtkazuvchi moddalar (oʻtkazgichlar, asosan, 
    metallar) va elektr tokini amalda oʻtkazmaydigan moddalar (dielektriklar) orasidagi 
    oraliq vaziyatni egallaydigan moddalar. Mendeleyev davriy sistemasida II, III, IV, V va 
    VI guruhlarda joylashgan koʻpchilik elementlar. ularning bir qator birikmalari 
    yarimo'tkazgichlar jumlasiga kiradi. Ya.da ham metallardagi kabi elektr oʻtkazuvchanlik 
    elektronlarning harakati tufayli yuzaga keladi. Biroq elektronlarning harakatlanish 
    sharoitlari metallar va Ya.da turlicha boʻladi. Ya. quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: 
    Ya.ning elektr oʻtkazuvchanligi temperatura koʻtarilishi bilan ortib boradi (mas, 
    temperatura 1 K ga ortganda Ya.ning solishtirma oʻtkazuvchanligi 16—17 marta ortadi); 
    Ya.ning elektr oʻtkazuvchanligida erkin elektronlardan tashqari atom bilan bogʻlangan 
    elektronlar ham ishtirok etadi (baʼzi hollarda bogʻlangan elektronlar asosiy rol oʻynaydi); 
    sof Ya.ga oz miqdorda qoʻshilma kiritib, uning oʻtkazuvchanligini keskin oʻzgartirish 
    mumkin (mas, 0,01% qoʻshilma kiritilganda Ya. ning oʻtkazuvchanligi 10000 marta ortib 
    ketadi). 
    Past tralarda Ya.ning solishtirma qarshiligi juda katta boʻladi va amalda ular izolyator 
    hisoblanadi, lekin temperatura ortishi bilan ularda zaryad tashuvchilarning 
    konsentratsiyasi keskin ortadi. Mas, sof kremniyda 20° trada erkin elektronlar 
    konsentratsiyasi ~1017m~3boʻlsa. 700° da 1024 m"3gacha, yaʼni million martadan 
    koʻproq ortadi. Ya.da erkin elektronlar konsentratsiyasining traga bunday keskin 
    bogʻlikligi oʻtkazuvchanlik elektronlari issiqlik harakati taʼsirida hosil boʻlishini 
    koʻrsatadi. Yarimoʻtkazgich kristallda atomlar valent elektronlari yordamida oʻzaro 



    bogʻlangan. Atomlarning issiqlik tebranishlari vaqtida issiqlik energiyasi valent 
    elektronlar orasida notekis taqsimlanadi. Ayrim elektronlar oʻz atomi bilan bogʻlanishni 
    uzib, kristallda erkin koʻchib yurish imkonini beradigan yetarli miqdordagi issiqlik 
    energiyasiga ega boʻlib qolishi va erkin elektronlarga aylanishi mumkin. 
    Tashqi elektr maydon boʻlmaganda bu erkin elektronlar tartibsiz harakat qiladi. Elektr 
    maydon taʼsirida esa maydonga qarshi yoʻnalishda tartiblangan harakatga kelib, Ya.da 
    tok hosil qiladi. Erkin elektronlar yuzaga keltirgan oʻtkazuvchanlik elektron yoki ptip 
    oʻtkazuvchanlik deb ataladi. 
    Bogʻlangan elektronning oʻz atomini "tashlab ketishi" atomning elektr neytralligini 
    buzadi. unda "ketib qolgan" elektron zaryadiga miqdoran teng musbat zaryad — teshik 
    vujudga keladi. Tashqi elektr maydon boʻlmaganda elektronlar ham, teshiklar ham 
    tartibsiz harakatlanadi, tashqi maydon boʻlganda esa elektronlar maydonga qarshi, 
    teshiklar maydon boʻylab koʻchadi. Teshiklarning koʻchishi bilan bogliq oʻtkazuvchanlik 
    teshikli yoki rtmp oʻtkazuvchanlik deyiladi. Erkin elektronlar soni bilan teshiklar soni 
    bir-biriga tengligi tushunarli. Aniklanishicha, ularning harakatlanish tezligi ham bir xil 
    ekan. Demak, Ya.dagi tok ayni vaqtda ham elektron, ham teshikli oʻtkazuvchanlikdan 
    vujudga keladi. Bunday elektronteshikli oʻtkazuvchanlik Ya.ning xususiy 
    oʻtkazuvchanligi deyiladi. Xususiy oʻtkazuvchanlik sof Ya.da kuzatiladi. Biroq tabiatda 
    sof Ya. yoʻq. Baʼzi qoʻshilmalar Ya.ni erkin elektronlar bilan boyitsa, boshqa baʼzi 
    qoʻshilmalar teshiklar bilan boyitadi. Ya.da yuzaga keladigan bunday oʻtkazuvchanlik 
    qoʻshilmali oʻtkazuvchanlik deb ataladi. Agar asosiy Ya. atomi oʻrniga elementlar davriy 
    sistemasida undan keyingi guruhda turgan element atomi kiritilsa, bu qoʻshilma atomning 
    bitta valent elektroni atomlararo bogʻlanishda ishtirok etmaydi va erkin elektronlar safiga 
    qoʻshiladi, binobarin, itip oʻtkazuvchanlik ortadi. Va, aksincha, undan oldingi oʻrinda 
    turgan element atomi kiritilsa, atomlararo toʻla bogʻlanishda 1 ta elektron yetishmaydi, 
    teshik hosil boʻladi. Bunda rtip oʻtkazuvchanlik ortadi. Qoʻshimcha birinchi holda donor 
    (elektron beruvchi) qoʻshilma, ikkinchi holda esa akseptor (elektron oluvchi) qoʻshilma 
    deb ataladi. Shunday qilib, Ya.ning elektr oʻtkazuvchanligi xususiy va aralashmali 
    oʻtkazuvchanliklar yigʻindisidan iborat boʻladi. Yuqori tralarda xususiy oʻtkazuvchanlik, 
    past tralarda esa qoʻshilmali oʻtkazuvchanlik asosiy rol oʻynaydi. 




    Download 1.47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1.47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Yarimo’tkazgichli lazerning ishlash prinsipi”

    Download 1.47 Mb.
    Pdf ko'rish