Mimikriya. Ba'zi hollarda dushmanlari tomonidan ko’p qiriladigan hayvonlar tanasining rangi shakli bilan «Ogohlantiruvchi rangli» organizmlarga taqlid qiladi. Kushandalari tomonidan ko'p qiriladigan himoyasiz hayvonlarni «ogohlantiruvchi rangli» kam qiriladigan organizmlarga taqlid qilishi mimikriya hodisasi deb ataladi. Ba'zi bir pashshalarning rang jihatdan arilarga, suvaraklarning tugmacha qo'ng'izlarga, zaharsiz ilonlarni zaharli ilonlarga o'xshashligi, ayrim kapalak turlarining arilarga o'xshash rangda bo'lishlari mimikriya hodisasiga mi-soldir. Shuni qayd qilish lozimki, himoya va ogohlantiruvchi ranglar hayvon xatti-harakati bilan bog'langan holda yanada samarali natija beradi. Masalan qamishzorlarda yashovchi ko'lbuqa qushi patlarining rangi bilan qamishlarni eslatadi. Shunga qaramay biror xavf sezilsa. u darrov bo’ynini cho'zib, tumshug'ini ko'targan holda qimirlamay turadi. Bunday vaziyatda uni dushmani payqamay qoladi.
Rang va shaki jihatidan taqlid qilish faqat organizmlargagina emas, hatto tuxumlarga ham xos. Chunonchi kakku qush urchishi uchun boshqa qushlar singari in qurmaydi va tuxumni mayda qushlar—qorayaioqlar, jiblajibonlar, bulbul, sirchumchuqlarning inlariga qo'yadi. Eng muhimi shundan iboratki, kakku ruxum qo'yishdan oldin ana shu qushlarning inlaridagi ruxumlarni ko'rib ularga taqlid qilib tuxum qo'yadi va uning qo'ygan tuxumlarini rangi, hajmi in egalarining tuxumlariga o'xshash bo'ladi.
Bundan tashqari ham hayvonlarning nasl qoldirish bilan aloqador moslanishlari mavjud. Chunonchi ayrim xasharotlaming urg'ochilari tanadagi bezlardan ajralgan hidlari orqali erkak-individlarni o'zlariga jalb qiladilar. Ba'zi moslanishlar nasl yetishtirish bilan aloqador. masalan: Amerika som balig'i chavog'lar rivojlanguncha tuxumlarni qorin tomonga yopishtirgan holda yuradi. Povituxa deb ataluvchi qurbaqa otalangan tuxumlardan to yosh qurbaqalar rivojlanguncha orqa tomonda «opichlab» yuradi. Tuban umurtqalilardan farqli ravishda qushlar o'z tuxumlarini maxsus inlariga qo'yib o'z tana harorati bilan ularni isitadilar. Tuxumdan jish parranda chiqqach, uni tinmay oziqlantiradilar, dushmanlardan himoya qiladilar. Nasl uchun qayg'urish bilan bog'liq moslanishlar sutemizuvchilarda ayniqsa kuchii bo'ladi.
Organizmlardagi moslanishdan tashqari tur doirasidagi moslanishlar ham mavjud. Tur doirasidagi moslanishlarga guruh bo'lib yashovchi organizmlarda oziqlanish, urchish, nasl qoldirish, dushmanlardan himoyalanishga, noqulay ob-havo sharoitlar qarshiligini yengishga aloqador bo'lgan moslanishlarni kiritish mumkin.
O'simliklar olamidagi moslanish. Hayvonlar singari o'simliklarda ham tashqi muhit omillariga nisbatan bir qancha moslanishlar mavjud. Chunonchi nam tanqis-ligiga o'simliklar turlicha moslashgan bo'ladi. Bir xil o'sirnliklaming bargi ustki tomondan mum qavat (fikus), ikkinchi xillarda qalin tuklar (sigir quyruq) bilan qoplangan bo'ladi. Saksovulda barglar kichik «tangacha»larga aylangan. Yantoqning barglari mayda va qattiq, ko'pgina shoxchalan tikan shaklida. Kaktus. aloe, agavalar sero't O'simliklar hisoblanadi. Ba'zi o'simliklarning vegetatsiya davri juda qisqa, masalan ayiqtovon, yaltirbosh erta bahorda o;sib, rivojlanib urug’ berishga ulguradi. Yantoq, shuvoq kabi O'simliklar qurg'oqchilik paytida barglarini to'kish orqali o'z hayotini saqlaydi.
O'simliklarning chetdan changlanish bilan aloqador bo'lgan bir qancha moslanishlari bor. Xasharotlar orqali changlanadigan O'simliklarning gul-tojbarglari yirikligi, rangining xilma-xilligi, xushbo'y hid tarqatishi, nektar ajratishi bilan o'ziga jalb qiladi. Aksincha shamol yordamida changlanadigan O'simliklarning gullari mayda, ko'rimsiz, hidsiz. changlari juda yengil bo'ladi. O'simliklarda meva va urug'larning tarqalishiga nisbatan ham bir qancha moslanishlarni ko'rish mumkin. Shamol yordamida tarqaladigan qayin, qayrag'och aylant, zarang meva va urug'larida qanotsimon o'simtalar, g'o'za chigitida tuklar bo'ladi. Ittikanak, sariqchoy. yovvoyi sabzi, qariqiz. qo'ytlkan mevalarida ilgak, tikan, tuklar bo’lib, ular hayvonlarning juniga, qushlarning patiga, odamlarning kiyimiga yopishishi orqali uzoq masofalarga tarqaladi. Etdor. sersuv danakli va danaksiz mevalar qushlar va boshqa hayvonlar tomonidan yeyilib, hazm bo'lmagan urug'lar axlat orqali tashqariga chiqarib tashlanadi. Shu yo'sinda ular boshqa joylarga tarqaladi. Suv orqali tarqaladigan meva va urug'larda ham ba'zi bir moslanishlar bor.
Bayon etilganlarga xulosa qilib, biz moslanish deyilganda tirik organizmlarning ma'lum muhitda yashab, nasl qoldirishini tushunish kerakligini qayd qilib o’tamiz.
Moslanishlarning kelib chiqishi. Darvin tashqi muhitning muayyan sharoitida organizmlardagi murakkab va turli-tuman moslanishlar qanday paydo bo'lganligini ilmiy asosda tushuntirib berdi.
Darvin mulohazasi qanchalik to'g'ri ekarligini aniqlash maqsadida kapalaklar tana rangining o'zgarishiga oid ma'lumotlarni tahlil qilib chiqamiz.
XVIII—XIX asrdan boshlab tanga qanotlilarning 70 ga yaqin turida tana rangining o'zgarganligi ma'lum bo'ldi. Sunday o'zgarishlarning sababi qayin odimchisi deb nom olgan kapalak turida atroflama o'rganildi. Mazkur kapalakning tanasi oq rangda bo'lib, u oq qayin po'stlog'iga o'tirganda ko'zga tashlanmaydi. Binobarin u himoya vazifasini o'taydi. Keyingi 200 yil davomida ko'pgina Yevropa mamlakatlarida zavod-fabrikalarning ko'payishi va ulardan ajralgan chiqindilar hisobiga shahar, sanoat markazlari ifloslanib, daraxt tanalari, shox-shabbalari bargiari qurum, changlar bilan qoplana bordi.
Ma'lumki muhit omillarining o'zgarishi u yerda yashayotgan organizmlarga ta'sir etmay qolmaydi. Lekin bu o'zgarishlar ilgari qayd etilganidek zararli, neytral va foydali bo’ladi. Shunga ko'ra qishioqjoylarda mutatsion o'zgaruvchanlik natijasida qoramtir kapalaklar paydo bo'lsa, ular tezda xasharotxo'r qushlar tomonidan yeb bitirilgan.
Chunki ularda himoya rangi bo'lmagani uchun xasharotxo'r qushlar ularni yaxshi ko'rishgan. Sanoatlashgan markazlarda esa bunday kapalaklar rangi, qurum bosgan daraxt tanasi, shox-shabbasi rangida bo'lgani sababli himoya vazifasini o'tagan. Shu zaylda shaharda qoramtir, qishloqda oq rangli kapalaklar son jihatdan ko'paya borgan. Xasharotxo'r qushlar ustida o'tkazilgan kuzatishlardan ma'lum bo'lishicha chittak, moyqut va boshqa shu singari qushlar sanoat markazlarida qayin odimchi kapalagining oqish, qishloq joylarida esa qoramtir nusxalarini ko'proq yer ekan. Genetiklarning aniqlashicha, qayin odimch'isi kapalagida tana rangining xatti-harakatining o'zgarishi gen mutatsiyasiga aloqador.
Bayon etilgan ma'lumotlar tanga qanotlilarining himoya rangi irsiy o'zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasi ekanligini ko'rsatadi. Bu esa o'z navbatida Darvinning mulohazasi naqadar to'g'ri ekanligidan dalolat beradi.
Organizmdagi moslanishlarning nisbiyligi
Organizmlarning muhit sharoitiga moslanishi uzoq muddatli tarixiy jarayonda tabiiy tanlanish ta'siri tufayli paydo bo'lgan. Shunga qaramay u mutlaq emas, nisbiydir. Chunki muhit, sharoitlarning o'zgarishi tez, moslanishning paydo bo’lishi esa sekinlik bilan kechadi. Moslanishning nisbiy xarakterda ekanligini juda ko’p dalillar yordamida isbotlash mumkin. Avvalo, organizmda bir turdan saqlanish uchun paydo bo'lgan moslanishlar boshqa turdan himoyalanishda samara bermasligini qayd qilib o'tish kerak.
| Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") - Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan. | Masalan, cho'l toshbaqalarining ustki, ostki kosalari ko'pchilik yirtqich hayvonlardan himoya qilsa ham, burgut, boltayutar, sarisor kabi yirtqich qushlardan himoya qila olmaydi. Chunki ular toshbaqalarni osmondan qattiq yerga tashlab parchalab yeydilar. Shunga o'xshash tipratikanning «tikanli po'stini» ham uni hamma yirtqich hayvonlardan. xususan tulkilardan himoya qila olmaydi. Ko'pchilik hayvonlar. odamlar uchun xavfli hisoblangan zaharli ilonlarni mangustlar, tipratikanlar, cho'chqalar yeyishi ma'lum. Ari. qovoq-arini aksariyat ko'pchilik xasharotxo'r qushlar yemagan holda, ular Sirdaryo atroflda uchrovchi qarchig'aysimon oilasiga kiruvchi arixo'r qushning a'sosiy ozig'i hisoblanadi.
Bundan tashqari bir xil sharoitda paydo bo'lgan organizmdagi moslanishlar, ikkinchi xil sharoitda, foydasiz, hatto ziyon bo'lishi mumkin. Chunonchi baliqlarning tuzilishi, funksiyasi suv muhitida toydali, quraqlikda bu moslanishlar ularni halok bo'lishiga oiib keladi. Qaldirg'ochning uzun qanotlari, nimjon oyoqlari havo muhitida nihoyatda foydali bo'lsada, yerdagi harakatlanishiga ko'pincha to'siq bo'ladi. Xuddi shuningdek tog' g'ozlari barmoqlarning orasidagi parda quruqlikda ular uchun ziyon hisoblanadi. Hayvonlardagi yashash uchun kurash tabiiy tanlanish ta'sirida shakllangan instinktlar ba'zan maqsadga nomuvofiq bo'ladi. Chunonchi tungi kapalaklar oq gullardan nektar yig'ish instinktiga ega. Shu bilan tungi kapalaklar yorug' beruvchi lampaga yaqinlashib o'zlarini nobud qilishlarini har bir o'quvchi ko'rgan. Bularning hammasi organizmlardagi barcha moslanishlar mutloq emas, nisbiy ekanligidan dalolat beradi.
|