“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
128 
3. yangi-yangi ehtiyojlar hamda imkoniyatlarning paydo boʻlishiga;
4. xalqaro bozorlarda mamlakat nufuzining oshishiga olib keladi va eng 
asosiysi aholisining farovon yashashini ta’minlab beradi. Bir soʻz bilan aytganda, 
barcha amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar faqat bitta maqsadga–aholi 
farovonligini oshirish, turmush tarzini yaxshilash hamda xalqimizni rozi qilishga 
yoʻnaltirilgandir. Keyingi yarim asr mobaynida sayyoramizda ekologik xavf-
xatarlar miqdori ortib borayotgani mutaxassis-olimlarni jiddiy tashvishga 
solayotgani hech kimga sir emasdir. Iqtisodiy taraqqiyot maqsadlarida energiyadan 
foydalanishning me’yoridan ortib ketishi muammoning eng asosiy sababi sifatida 
koʻrilmoqda.
“Yashil iqtisodiyot” ga oʻtish jarayoni har bir davlat uchun alohida ahamiyatga 
ega boʻlib, tabiiy kapital, inson kapitali va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish 
darajasiga kabi xususiyatlarga uzviy bogʻliq holda roʻy beradi. Shuning uchun 
avvalo, oʻtish jarayonida qulay muhit yaratish lozim. Agar milliy darajada 
qoʻllanilayotgan ragʻbatlantirishuvchi omillar, shular jumlasidan, investitsiyalar va 
davlat xaridlari “Yashil iqtisodiyot” ni rivojlantirishga yoʻnaltirilsa, iqtisodiy 
tizimni “yashillashtirish” jarayoni yanada faollasha boradi.
“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish jarayonida Respublikamizda ham bir qator ichki 
va tashqi muammolar albatta yuzaga kelishi mumkin. Bu muammolarga tayyor 
turish va oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrish uchun ham Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi PQ–4477-sonli qarori bilan 
“2019–2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga 
oʻtish strategiyasi” qabul qilindi. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” 
iqtisodiyotga oʻtishining asosiy vazifalaridir: 
-texnologik modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish 
orqali iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanish; 
-davlat investitsiyalari va xarajatlarining ustuvor yoʻnalishlariga ilgʻor xalqaro 
standartlarga asoslangan “yashil” mezonlarni kiritish; 
-davlat 
tomonidan 
ragʻbatlantirish 
mexanizmlarini, 
davlat-xususiy 
sherikchilikni rivojlantirish hamda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni 
faollashtirish orqali “yashil” iqtisodiyotga oʻtish yoʻnalishlari boʻyicha tajriba-sinov 
loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish; 
-ta’limga investitsiyalar kiritishni ragʻbatlantirish, yetakchi xorijiy ta’lim 
muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hisobiga 
“yashil” iqtisodiyotdagi mehnat bozori bilan bogʻliq kadrlarni tayyorlash va qayta 
tayyorlash tizimini rivojlantirish; 
-Orolboʻyidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini 
koʻrish; 
-“yashil” iqtisodiyot sohasida, shu jumladan ikki tomonlama va koʻp 
tomonlama shartnomalar tuzish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.
153
Xulosa qilib aytish mumkinki, mamlakatning “yashil energetika”ga jadallik 
153
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi PQ–4477-sonli “2019–2030-
yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” qarori



Download 8,74 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish