“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
169 
iqtisodiyotga oʻtishda ta’lim va jamiyatning barcha qatlamlarining faol ishtirokini 
oʻz ichiga olgan kompleks yondashuv muhimligini koʻrsatadi. Ta’lim muassasalari, 
nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat idoralari va xususiy sektor hamkorligida bu 
muhim jarayonlarda ogohlik va faollikni oshirishi zarur. 
Ta’lim dasturlari va axborot kompaniyalari ekologik madaniyatni 
shakllantirish va barqaror rivojlanishga oʻtishni qoʻllab-quvvatlash uchun koʻplab 
usullar, yoʻnalishlar va mexanizmlardan foydalanadi. Shulardan bir nechta asosiy 
jihatlar va yondashuvlarni keltirib oʻtamiz: 
1. Barqaror rivojlanishni oʻquv dasturlariga integratsiyalash.Bunda ta’lim 
muassasalari barqarorlik mavzularini oʻz kurslari va dasturlariga kiritib, talabalarga 
atrof-muhit muammolari, ijtimoiy adolat va iqtisodiy barqarorlik haqida bilim 
beradi. Loyihaga asoslangan ta’lim esa oʻz navbatida talabalarga ekologik 
muammolarni hal qilishga qaratilgan real loyihalar ustida ishlash imkonini beradi; 
2. Raqamli texnologiyalardan foydalanish. Ekologiya va barqaror rivojlanish 
boʻyicha kurslar va materiallarni taklif qiluvchi ta’lim platformalari va ilovalarini 
oʻz ichiga oladi. Bundan foydalanuvchilarga noyob ekotizimlarga virtual tashrif 
buyurish yoki atrof-muhit oʻzgarishi ta’sirini kuzatish imkonini beruvchi chuqur 
oʻrganish tajribasini yaratish uchun virtual va kengaytirilgan haqiqatni taqdim etadi; 
3. Hamkorlik va sheriklik. Barqaror rivojlanish uchun yangi yechimlarni ishlab 
chiqish uchun OTM lar, notijorat tashkilotlar va xususiy sektor oʻrtasida fanlararo 
tadqiqot loyihalarini oʻz ichiga oladi. Bu barqaror rivojlanish muhimligi haqida 
jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan taʼlim kompaniyalari va 
tadbirlarini oʻtkazish uchun fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan hamkorlik qilishni 
taklif qiladi
179

4. 
Oʻyin 
texnologiyalarini 
qoʻllash. 
Foydalanuvchilarga 
barqaror 
rivojlanishning murakkabligini tushunishga yordam beradigan turli harakatlarning 
ekologik va ijtimoiy ta’sirini oʻrganishga imkon beruvchi oʻquv oʻyinlari va 
simulyatsiyalarni targʻib qiladi
180

5. OAV va kompaniyalar orqali xabardorlikni oshirish. Bunda aloqa 
kompaniyalari va ijtimoiy media guruhi ekologik barqarorlikning ahamiyati va unga 
qanday erishish mumkinligi haqida xabardorlikni oshirishga qaratadi. Hujjatli 
filmlar va videolar insonning sayyoraga ta’sirining haqiqiy misollari va unga 
oʻtishning muvaffaqiyatli hikoyalari barqaror amaliyotlarni keltiradi; 
6. Yashil iqtisodiyot uchun malaka oshirish. Kasbiy ta’lim va qayta tayyorlash 
dasturlari qayta tiklanuvchi energiya manbalari, chiqindilarni qayta ishlash, barqaror 
qurilish va ekoturizm kabi barqaror rivojlanish sohalarida ishlay oladigan 
mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Turli sohalardagi mutaxassislarning 
malakasini oshirish uchun barqarorlik kurslari va sertifikatlarni oʻz ichiga oladi; 
7. Yoshlarni jalb qilish. Yoshlarni ekologik harakatga jalb qilish, sayyoramiz 
kelajagi uchun mas’uliyatni rivojlantirishga qaratilgan maktab oʻquvchilari va 
talabalari uchun oʻquv dasturlari va tadbirlari oʻz ichiga oladi. Bular fikr almashish 
179
Qosimov J.A. et al. Development of methods for improving the lessons of information technology on the basis of 
graphic programs //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2022. – Т. 2432. – №. 1. 
180
Исанов, А.П. “Личность Педагога”. Международная научно практическая конференция. 2022.

Download 8,74 Mb.
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish