“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
168
of Economic Management Cluster //JournalNX. – С. 591-593.
EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH VA BARQAROR
RIVOJLANISHGA OʻTISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASHDA TA’LIM
DASTURLARI VA AXBOROT KOMPANIYALARINING ROLI
A.Isanov, Jizzax politexnika instituti assistenti
D.Julliyev, Jizzax politexnika instituti talabasi
Zamonaviy dunyoda yashil iqtisodiyot tamoyillari
asosida barqaror
rivojlanishga oʻtishning dolzarbligi tobora yaqqol namoyon boʻlmoqda. Yashil
iqtisodiyot resurslardan
samarali foydalanish, atrof-muhitga zararni kamaytirish,
issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va buning
natijasida aholida ekologik
madaniyatni shakllantirishni nazarda tutadi. Bunday iqtisodiyotga muvaffaqiyatli
oʻtishning muhim tarkibiy qismi bu ta'lim va yashil iqtisodiyot haqida xabardorlikni
oshirishdir.
Ekologik madaniyatni shakllantirish va barqaror rivojlanishni qoʻllab-
quvvatlashda ta’lim dasturlari va axborot kampaniyalari muhim oʻrin tutadi.
Jadval
koʻrsatkichlarni tahlil qiladigan boʻlsak, taqdim
etilayotgan dastur va
kompaniyalarning har biri aniq maqsadli auditoriyaga qaratilgan boʻlib, oʻziga xos
maqsadlarni koʻzlaydi, biroq umumiy maqsad ekologik madaniyatni shakllantirish
va rivojlantirish orqali barqaror rivojlanishga oʻtishga koʻmaklashishdir.
-“Yashil maktablar” dasturi yosh va oʻrta avlod vakillariga qaratilgan boʻlib,
atrof-muhitga barqaror munosabatda boʻlish uchun asos yaratadi. Ushbu loyiha
bolalarning kundalik hayotda qoʻllashi va oilasiga yetkazishi mumkin boʻlgan
ekologiya sohasidagi asosiy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga xizmat
qiladi;
-“Oʻrmonlarni asrang” aksiyasi keng jamoatchilikka qaratilgan boʻlib,
oʻrmonlarni kesish muammolari va ularni muhofaza qilish zarurligiga e’tiborni
berishga qaratilgan. Ushbu targʻibotning samarasini
noqonuniy daraxt kesish
koʻlamining kamaygani, yangi koʻchatlar ekish kompaniyalarining koʻpaygani bilan
baholash mumkin;
-EkoCity loyihasi shaharga qaratilgan boʻlib, shahar aholisi va barqaror
texnologiyalar va amaliyotlarni joriy etish orqali shahar
muhitini yaxshilashga
yoʻnaltirilgan. Ushbu loyihaning muvaffaqiyatini havo va suv ifloslanish darajasini
pasaytirish, yashil maydonlarni koʻpaytirish va shahar transportida jamoat
transportini koʻpaytirish orqali oʻlchash mumkin
178
;
-yashil biznes tashabbusi tadbirkorlar va ishbilarmonlar
hamjamiyatiga
qaratilgan boʻlib, ularni yashil texnologiyalar va barqaror biznes modellarini
oʻzlashtirishga undaydi. Ushbu tashabbusning muvaffaqiyati koʻrsatkichlari
sertifikatlangan yashil korxonalar sonining koʻpayishi,
korxonalarning atrof-
muhitga umumiy ta’sirining kamayishi, ekologik toza
mahsulot va xizmatlarga
iste’molchilar talabining oshishini oʻz ichiga oladi.
Ushbu dastur va kompaniyalar barqaror rivojlanishga erishish va yashil
178
Aynaqulov M. A. Xudayberdiyev BB Motivatsiya samaradorlik garovi sifatida //Ilmiy axborotnoma jurnali.
Samarqand Davlat Universiteti. – 2020. – №. 2 (120). – С. 91.