|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 161/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
164
albatta, resurslardan oqilona foydalanish hamda mamlakatlarning ekologiyaga zarar
yetkazmagan holda rivojlanishini ta`minlash g`oyasini ilgari surish zarurligini
ko`rsatadi. Agar yangi iqtisodiy siyosat olib borilmasa, OECDning 2050-yilgi
prognozlariga ko`ra dunyo energiya talabi 80% ga ortadi. Mamlakatlar miqyosida
tahlil qilinadigan bo`lsa, Janubiy Afrika 15%, OECD yevropa mamlakatlarida talab
28% , Yaponiya 2,5%, Meksikaning energiya talabi 112% ortishi kutilmoqda.
Issiqxona gazlari emissiyasi 50%ga ortadi va havo ifloslanishini yomonlashtiradi.
Shaharlarning ifloslanishi 2050-yilga kelib eng katta muammoga aylanadi. Bunda
ichimlik suvlarining ifloslanishi va sanitariyaning yomonlashuvi yetakchilik qiladi.
Nihoyatda og`ir havo ifloslanishi sababli yuzaga keladigan bevaqt o`limlar soni
yiliga 3.6 millionga yetadi va bu bo`yicha Xitoy va Hindistonning ulushi sezilarli
darajada ko`p bo`ladi. Yer yuzi 10%gacha qisqarib ketadi, ayniqsa, bu Osiyo,
Yevropa va Janubiy Afrika davlatlarida ko`proq kuzatilishi kutilmoqda. Tabiiy
o`rmonlar maydoni 13%gacha qisqarishi prognoz qilingan. Ushbu global xavflarni
oldini olishda eng asosiy e`tibor iqtisodiyotni ekologizatsiyalashtirishga qaratilishi
lozim. Bunda "yashil iqtisodiyot"ga o`tish, eko-innovatsiyalar hamda ekologik
investitsiyalarni joriy etish kabi bir qancha chora-tadbirlar mavjud. Innovatsiyalar
ekologik samaradorlik va iqtisodiy o`sish uchun asosiy omil hisoblanadi. Eko-
innovatsiya - bu atrof-muhitga ta`sirni kamaytirishga olib keladigan har qanday
innovatsiya; bu yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, tabiiy zahiralarni tejaydigan va
minimal zaharli moddalarni chiqaradigan tizimlar va jarayonlarni yaratishdir.
Ekoinnovatsiyalar - bu faqatgina tabiiy resurslarni va umuman atrof-muhitni saqlab
qolish vositasi emas, balki resurslardan oqilona, zamonaviy, ishonchli foydalanish
bilan bir vaqtda mamlakatning iqtisodiy farovonligini va umuman raqobatbardoshlik
darajasini oshirishga yordam beruvchi juda samarali vosita.
Davlat iqtisodiyotida yashil sektor ulushini ko`paytirish uchun tezlashtirilgan
amortizatsiya, mulk solig`i yoki daromad solig`ini kamaytirish kabi soliq
imtiyozlarini qo`llashi mumkin, ayniqsa, kichik va o`rta korxonalarni
ekologizatsiyalashni amalga oshirish uchun davlat moliya muassasalari tomonidan
imtiyozli kreditlar va yashil texnologiyalarga investitsiyalar kiritishi mumkin.
Ammo davlat ekologik muvofiqlikni ta`minlash uchun biznes subsidiyalarini taqdim
etishi to`g`ri hisoblanmaydi. Uning o`rniga, davlat organlari korxonalarning
moliyaviy holatini rag`batlantirishda ekologik omillarga e`tibor qaratilish mezonini
o`zida aks ettiruvchi xususiy banklar va sug`urta kompaniyalarini kengaytirishi
kerak. Ya`ni, banklar kreditni tasdiqlashdan oldin ekologik ko`rsatkichlar ro`yxatini
talab qilishi mumkin, sug`urta kompaniyalari esa ekologik xavflar va ularni
kamaytirish choralari bo`yicha identifikatsiya deklaratsiyasini tuzishlari mumkin.
Shuningdek, banklar va sug`urta kompaniyalari ekologik samaradorligi yuqori
bo`lgan kompaniyalar uchun imtiyozli qulay shartnoma shartlarini taqdim etishi
mumkin. "Yashil biznes" amaliyotida korxonalarga axborotlarni tarqatish va
dastlabki ishtirokini ta`minlash uchun bevosita subsidiyalar ajratish va bepul texnik
yordam ko`rsatish ancha samara beradi. Biroq, hozirgi kunda ko`plab davlatlarning
"yashil amaliyotlar"ni joriy etish va rag`batlantirish uchun moliyalashtirish bo`yicha
qonuniy me`yorlari yetarli emas, shunga ko`ra, yashil iqtisodiy tizimga bosqichma-
|
| |