• YASHIL IQTISODIYOTGA OʻTISHNING USTIVORLIK XUSUSIYATLARI Y.Xaydarova, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻqituvchisi
  • “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet160/520
    Sana16.05.2024
    Hajmi8,74 Mb.
    #237908
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   520
    Bog'liq
    03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

    “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
    mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
     
    163 
    асосларидан бири бўлиб, уларни кучайтириш, тажриба ўтқазиш ва қўллаб-
    қувватлаш мумкин. Бу муаммоларни ҳал этишда Ўзбекистон ҳам янги 
    технологияларни қўллаш, инвестицияларни ошириш ва экспертлик қилиш 
    усулларини тарғиб этмоқда 
    YASHIL IQTISODIYOTGA OʻTISHNING USTIVORLIK 
    XUSUSIYATLARI 
    Y.Xaydarova, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻqituvchisi 
    Globallashuv jarayoni sanoati rivojlangan mamlakatlarning texnologik 
    bazasining sifat jihatidan yangilanishini, ishlab chiqarish samaradorligi va 
    raqobatbardoshlik darajasini oshirish bilan birga hayot sifatini va yashash muhitini 
    yaxshilashni ta`minlaydigan yangi texnologik tuzilmaga modernizatsiya qilingan 
    iqtisodiyotga o`tishni talab qilmoqda. Xorijda bu o`tishni amalga oshiruvchi "yashil 
    o`sish" iqtisodiy siyosati Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) 
    tomonidan barcha a`zolarining uzoq muddatli (2030- yilgacha) rivojlanishi uchun 
    strategik yo`nalish sifatida qabul qilingan .
    174
    Inqirozga qarshi salohiyat nuqtai 
    nazaridan, eko-innovatsiyalar, yashil investitsiya va, umuman, yashil iqtisodiyot
    bandlikni oshirish, ishsizlikni yumshatish, iqtisodiyotning barcha sohalarida 
    faoliyatni rag`batlantirish va retsessiyadan tezroq chiqib ketish imkonini beradi. 
    Eko-innovatsiyalar barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda, atrof-
    muhitga zararli ta`sirni kamaytirish va tabiiy resurslardan yanada samarali va 
    oqilona foydalanish orqali sezilarli va aniq o`sishga qaratilgan har qanday yangilik 
    shakli sifatida ta`riflanadi, yashil iqtisodiyotning esa umume`tirof etilgan ta`rifi 
    mavjud emas. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhitni muhofaza qilish 
    bo`yicha mutaxassislari (UNEP) "yashil iqtisodiyot"ni iqtisodiy faoliyat sifatida 
    hisobga olib, bu tushunchani keng tushunishni taklif etadi, ya`ni "yashil iqtisodiyot 
    insonlarning farovonligini yaxshilaydi va ijtimoiy adolatni ta`minlaydi, ekologik 
    xavflarni va tabiatning yemirilib ketishini sezilarli darajada kamaytiradi" degan 
    ta`rifni beradi. "Yashil iqtisodiyot"ning bu ta`rifi deyarli yaxshi ma`lum bo`lgan 
    barqaror rivojlanish kontseptsiyasidan farq qilmaydi
    175

    Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) prognozlariga ko`ra, 
    ishlab chiqarish va iste`mol qilishning zamonaviy usulida davom etilsa, 2050-yilga 
    kelib, 2000- yil bilan solishtirilganda, o`simlik va hayvonot dunyosining 61 foizdan 
    72 foizigacha yo`qotiladi va tabiiy hududlar esa 7,5 mln. kv.m.ga qisqaradi. 2015-
    yilda, Global Footprint Network loyihasining olimlar guruhining hisob-kitoblariga 
    ko`ra, sayyoramizning yillik resurslari (foydalanadigan va keyinchalik qayta 
    tiklanishi mumkin bo`lgan resurslar miqdori) faqat 7 oy va 13 kun ichida tugagan. 
    Olimlar 1970-yillardan buyon bunday hisob-kitoblarni amalga oshirmoqdalar va har 
    yili yillik resurslar tez va tez sarflanayotganligini guvohi bo`lishmoqda. Masalan, 
    2015-yilda resurslar hajmi 2014- yilga nisbatan olti kun avval tugaganligi bu
    174
    Xakimova Nargiza Axadjon qizi/YASHIL IQTISODIYOT"GA O`TISH YO`NALISHLARI VA USTUVORLIK 
    XUSUSIYATLAR/Iqtisodiyotda innovasiya jurnali/02.2018.54 b 
    175
    Зеленая экономика и здороохварение/ United Nations Environmental Programme: Green Economy 
    //http://www.unep.org/greeneconomy/Portals/88/documents/research_products/briefingpapers/ 
    Ru_GE_HEALTH.pdf. - Ñ. 2.



    Download 8,74 Mb.
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   520




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish