|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 156/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
159
saqlashga yordam beradi. Bu nafaqat ekologik nuqtayi nazardan muhim, balki noyob
tabiiy tajribalarni izlayotgan ekoturistlar uchun mintaqaning jozibadorligini
oshiradi
170
;
1-jadval
Oʻzbekistonning rekreatsion resurslari va ularning ekoturizmdagi oʻrni
t.r.
Rekreatsion
resurslarning
nomlanishi
Yashil iqtisodiyot uchun
rekreatsion resurslarni
yaratish usullari
Yashil iqtisodiyotning
afzalliklari
1.
Togʻ tizmalari (masalan,
Chotqol, Zomin)
Qoʻriqlanadigan hududlarni
yaratish, ekoturizm uchun
yoʻlak va marshrutlarni ishlab
chiqish
Bioxilma-xillikni saqlash,
ekoturistlarni jalb qilish,
mahalliy iqtisodiyotni
ragʻbatlantirish
2.
Choʻllar (Qizilqum)
Ekologik yoʻllar va
ekspeditsiyalarni
rivojlantirish, oʻquv
sayohatlarini tashkil etish
Noyob choʻl ekotizimlarini
muhofaza qilish, ta’limga
hissa qoʻshish, ish oʻrinlari
yaratish
3.
Daryo va koʻllar (Orol
dengizi, Chorvoq)
Suv resurslarini tiklash, suv
ekoturizmini rivojlantirish
Ekotizimlarni tiklash,
barqaror turizmni
rivojlantirish, mahalliy
aholi turmush sifatini
yaxshilash.
4.
Tarixiy-madaniy
yodgorliklar
Madaniy merosni ekoturizm
dasturlariga integratsiyalash,
gidlar tayyorlash
Tarixiy-madaniy merosni
asrash, turizmdan
daromadlarni oshirish,
xabardorlikni oshirish.
- Orol dengizi va Chorvoq koʻli kabi suv havzalari atrofida ekoturizmni
rivojlantirish uchun qoʻllaniladigan usullar suv ekotizimlarini tiklash va saqlash
boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bu turizmni rivojlantirish va tabiiy
resurslarning ekologik holatini yaxshilash zarurati oʻrtasidagi bogʻliqlikni
koʻrsatadi;
- tarix va madaniyat yodgorliklarining ekoturizm dasturlariga kiritilishi nafaqat
Oʻzbekistonning milliy oʻziga xosligini saqlab qolishga xizmat qiladi, balki madaniy
turizmni rivojlantirish orqali mahalliy aholi uchun qoʻshimcha iqtisodiy
imkoniyatlar yaratadi;
- rekreatsion resurslardan barqaror foydalanishga asoslangan ekoturizmni
rivojlantirish yangi ish oʻrinlari yaratilishiga va daromadning oshishiga mahalliy
aholi va mahalliy iqtisodiyotni ragʻbatlantirishga olib keladi.
Bu omillar birgalikda aholi turmush darajasini oshirib, hududlar, ayniqsa,
chekka va qishloqlar iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilmoqda, xususan:
- ekoturizmni rivojlantirish nafaqat turistik xizmatlar koʻrsatishni, balki
turistlar va mahalliy aholi uchun ta’lim dasturlarini ham oʻz ichiga oladi. Bu
ekologik madaniyatni shakllantirishga, tabiiy va madaniy boyliklarni asrab-avaylash
zarurligi toʻgʻrisida ongni oshirishga, shuningdek, atrof-muhitga mas’uliyatli
munosabatni kuchaytirishga xizmat qiladi;
- yashil iqtisodiyot uchun rekreatsion resurslarni yaratish usullari atrof-muhitga
170
Abdukhamidovich A.M., Abduvaliyevich X.A. Tourist Activity and Its Institutional Fundamentals in Jizak Region
//JournalNX. – С. 597-601.
|
| |