|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 153/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
156
vazifalarni oʻz ichiga oladi va davlat hukumati tomonidan amalga oshirilmoqda.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ‘‘YASHIL IQTISODIYOT’’GA
OʻTISH STRATEGIYASINING USTUVOR YOʻNALISHLARI
A.Ulashov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta oʻqituvchisi
U.Jumabayeva, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
Bugungi kunda dunyo mamlakatlari orasida iqlim oʻzgarishi, tabiiy
resurslarning kamayishi va biologik xilma-xillikning yoʻqolishi kabi yuzaga
kelayotgan ekologik muommolarga duch kelmoqda.Ushbu muommalarga muqobil
yechim sifatida barqarorlikka ustuvor ahamiyat kasb etadigan , atrof-muhitga salbiy
ta’sirini kamaytiradigan va adolatli rivojlanishga zamin yaratuvchi “yashil”
iqtisodiyotga oʻtish zarurati tabora kuchayib bormoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari iqtisodiyotni jadal
rivojlantirishda va innovatsion texnologiyalar asosida “yashil” iqtisodiyot sohasini
keng tatbiq qilish zamon talabiga aylanmoqda.
Jumladan,
mamlakatimizda
2022–2026-yillarga
moʻljallangan
Yangi
Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish,
Oʻzbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi doirasida
yashil va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida resurslarni tejashni yanada
kengaytirish
maqsadida
2022-yil
2-dekabrda
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga
oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi PQ-436-son qarori qabul qilindi
167
.Ushbu qaror yuzasidan ishlab
chiqilgan strategiya doirasida mavjud muammolarni hal etish uchun iqtisodiy
rivojlanish jarayonlariga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kam uglerod sarflagan
holda rivojlanish va resurslarni tejash, samarali va ekologik toza texnologiyalarni
joriy etish, shuningdek, barqaror qishloq xoʻjaligiga yoʻnaltirilgan “yashil”
iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish orqali tabiiy va energiya resurslaridan
foydalanish usullarini tubdan oʻzgartirish masalalariga ahamiyat qaratildi.
“Yevropa hamjamiyatining 2050-yilgacha “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish
boʻyicha strategiyasida “yashil iqtisodiyot” ekosistemalarni (tabiiy resurslar),
iqtisodiyotni (moddiy resurslar) va jamiyatni birlashtiradigan tizimni oʻzida
koʻrsatib berishi kerakligi ta”kidlangan”
168
. Oʻzbekiston sharoitida oladigan boʻlsak
uzoq muddatli istiqbolda “yashil” iqtisodiyotga oʻtish quyidagi asosiy
tamoyillarga asoslanishi kerak:
-
barqaror rivojlanish sohasida Milliy maqsad va vazifalarga muvofiqlik;
-
resurslardan oqilona foydalanish, barqaror iste’mol va ishlab chiqarish;
-
iqtisodiy hisob tizimiga ekologik va ijtimoiy mezonlarni kiritish;
167
Prezident.uz sayti
168 Towards a green economy in Europe. EU environmental policy targets and objectives 2010-2050. European
Environment Agency, Copenhagen, 2013. URL: http://www.eea.europa.eu/publications/towardsa-green-economy-in-
europe
|
| |