• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Yyer haydash usullari va sifati




    Download 2,03 Mb.
    bet3/3
    Sana11.10.2024
    Hajmi2,03 Mb.
    #274443
    1   2   3
    Bog'liq
    YERGA ISHLOV BYERISH, HAYDASH USULLARI VA SIFATI

    3. Yyer haydash usullari va sifati.
    Yyer asosan 2 usulda, ya’ni aylanma yoki shaklli va taxta (zagon)larga bo‘lib haydaladi. Aylanma yoki shaklli haydash maydonning o‘rtasi yoki chekkasidan boshlanadi. Bunda plug qayrilishlarda haydash chuqurligidan ko‘tarilmaydi haydash esa maydonning o‘rtasi yoki chetida tug‘allanadi. Bu usulda haydash chuqurligi hamma yerda bir tekis bo‘lmaydi. SHuning uchun dehqonchilikda aylanma yoki shaklli haydash usuli man etilgan.
    Dala to‘g‘ri taxtalarga-zagonlarga bo‘lib haydalganda sifatli bo‘ladi. Traktorning salt yurishini marza va egatlar sonini kamaytirish uchun taxtaning eni 40-80 m bo‘lgani yaxshi.
    Yyer soatiga 7-7,5 km tezlikda haydalsa, qatlam yaxshi ag‘dariladi, uvoqlanadi va tekis bo‘ladi.
    Haydov sifati yyerni haydash vaqtida yoki haydalgandan keyin tekshiriladi. Yyerning sifatli haydalishi bu tadbirning o‘z vaqtida o‘tkazilishiga, chuqurligi agregat buriladigan joydan taxtaning oxirigacha bir xil bo‘lishiga bog‘liq.
    Bedapoya va ang‘izlar ayniqsa, sifatli haydalishi kyerak, qatlam to‘la ag‘darilmasa, yerta bahorda beda yoki begona o‘tlar o‘sib chiqadi, organik massalar tuproqqa yaxshi ko‘milmay, ekin sifatsiz ekiladi. Organik massalar, xas va cho‘plarning 10% i tuproqqa ko‘milmay qolsa, yyer sifatsiz haydalgan hisoblanadi.
    Diametri 5 sm dan katta kesaklar palaxsa hisoblanadi. 1m2 da o‘rtacha
    5 ta dan ortiq palaxsa bo‘lsa, haydash qoniqarsiz hisoblanadi.
    Takroriy ekin ekiladigan yer tuprog‘i yaxshi uvoqlanishi kyerak, aks holda uni maydalashga ko‘p mehnat va yonilg‘i sarf bo‘ladi, kuzgi shudgorda palaxsa hosil bo‘lsa ham zarari yo‘q, chunki qishki yog‘in-sochinda ular maydalanib ketadi.

    Ko‘z bilan chamalaganda chala joy umumiy maydonning 0,2% idan ortiq bo‘lmasligi lozim, aks holda yer qoniqarsiz haydalgan hisoblanadi.

    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E. A textbook of Agronomy. New Delhi. 2010. New age Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
    2. Crop Rotation on Organic Farms: A Planning Manual, NRAES 177 Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
    3. Azimboev S.A. Dehqonchilik, tuproqshunoslik va agrokimyo asoslari. (Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
    4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”, 2014. – 240 b.
    5. Artukmetov Z.A., SHyeraliev X.SH. Ekinlarni sug‘orish asoslari. (Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b.
    6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.: ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
    7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi va yer tuzish fanidan amaliy va tajribaviy mashg‘ulotlar. (O‘quv qo‘llanma). - T.: “ToshDAU nashr-tahririyat bo‘limi”, 2012. – 187 bet.


    1 Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. р. 286-287

    2 Crop Rotation on Organic Farms: A Planning Manual, NRAES 177 Charles L. Mohler and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009

    Download 2,03 Mb.
    1   2   3




    Download 2,03 Mb.