|
lotincha so‘z bo‘lib, tartib, qoida, tuzish
|
bet | 88/802 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 7,1 Mb. | | #255576 |
Bog'liq Barcha yo\'nalishlar uchunlotincha so‘z bo‘lib, tartib, qoida, tuzish
fransuz tilidan tartib-taomil
5). Jamoat birlashmasi deb nimaga aytiladi?
fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir
O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma
fuqarolarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi
jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir
6. O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot qaysi prinsip asosida rivojlanadi?
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipi asosida
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asosan
siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida
umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi
7. Jamoatchilik nazorati subyektlari bu
Jamoat birlashmalari va siyosiy partiyalar
Ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va blogerlar
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari
8. 2022 — 2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi VM-qaroriga ko‘ra Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qanday dastur amalga oshirilmoqda?
"Amudaryo xazinasi" dasturi
“Yashil makon” umummilliy dasturi
"O‘tov (qora uy)" dasturi
“Orol orzusi” dasturi
9. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish hamda tarbiyalash, o‘qitish qanday ta’minotida bo‘ladi?
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘quvchilari 40 foiz davlat ta’minotida bo‘ladi
Ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda pulllik (haq to‘lanadi) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘quvchilari 20 foiz davlat ta’minotida bo‘ladi
Davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi.
Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslikda aybdor bo‘lgan shaxslar MJTK ko‘ra qanday jazoga tortiladi ?
Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan mahrum etish
Jarima va ma’muriy qamoqqa olish.
Jarima
Ma’muriy qamoqqa olish
11. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning maqsadi ?
Fuqarolarga ta’lim, tarbiya berishga qaratilgan.
Kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi
Ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat
|
| |