|
Har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan
|
bet | 98/802 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 7,1 Mb. | | #255576 |
Bog'liq Barcha yo\'nalishlar uchunHar kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
13). Inklyuziv ta’limning mohiyati (tartibi) nimada ?
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan ta’lim.
Individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda olinadigan ta’lim.
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim olishga qaratilgan.
14). Ma’ruza mashg‘ulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi. Zarur hollarda qanday tartibi belgilangan?
Kengashining qaroriga asosan kamida 1 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, biroq ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilarga bir o‘quv yilida 100 soatgacha hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga ruxsat beriladi.
Zarur hollarda (ma’ruza mashg‘ulotlari hajmi ko‘p bo‘lganda yoki professor, dotsent va katta o‘qituvchilar yetarli bo‘lmaganda) oliy ta’lim muassasasi Kengashining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilarga bir o‘quv yilida 250 soatgacha hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga ruxsat beriladi.
Zarur hollarda ma’ruza mashg‘ulotlari professor tomonidan o‘tkaziladi.
Zarur hollarda 2 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi.
16). Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega?
Tegishli ma’lumoti bo‘lgan shaxslar
Hammasi to‘g‘ri
Kasb tayyorgarligi bor shaxslar
Ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar
17). Dual ta’limning mohiyati (tartibi) nimada ?
Dual ta’lim, ta’lim olishga qaratilgan, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim hisoblanadi.
Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’lim, ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
20). Raqamli ta’lim jarayonining Moslashuvchanlik tamoyili – ...
maqsadlarga erishishni, bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq o‘zlashtirishni talab qiladi “tushuntirish – mustahkamlash – nazorat” didaktik zanjirining yakuniy elementi hisoblanadi.
raqamli ta’lim jarayonining shartlariga qarab individual yondashuvni ishlab chiqish, shuningdek, o‘quv materialini taqdim etish tartibi, usuli va sur’ati kabi jihatlarni hisobga olgan holda har bir talaba uchun dasturni avtomatik ravishda sozlash imkonini beradi.
ta’limni hayot bilan bog‘lashning an’anaviy didaktik tamoyili bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, aniq maqsad va aniq natijalarni belgilashni talab qiladi.
o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi faol ko‘p tomonlama – real va tarmoqli aloqa asosida o‘quv jarayonini qurishni talab qiladi hamda tarmoqni o‘rganishning guruh shakllaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
21). Raqamli ta’lim jarayonining Amaliyotga yo‘naltirilganlik tamoyili – ...
mavjudlik, tizimlilik va izchillik didaktik tamoyili bilan bog‘liq bo‘lib, murakkablikni oshirish prinsipi izchil o‘tishni o‘z ichiga oladi: oddiydan murakkabga va murakkabdan oddiyga, umumiydan xususiyga va xususiydan umumiyga, individualdan guruhga va guruhdan individual va boshqa ta’lim jarayonlarini nazarda tutadi.
|
| |