Yondashuv sifatida




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana06.12.2023
Hajmi0,51 Mb.
#112846
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
406-Текст статьи-1378-1-10-20220118
geografiya-darslarini-oqitishda-atlas-va-xaritalar-bilan-ishlash-texnologiyalari, Adabiyot 6-sinf choraklik test 15349, 2-mavzu. Fizik modellar animatsiyasini yaratish, 3-Ma\'ruza. Elektromexanik sistemalar elementlari (1)
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №6)
ISSN 2181-1709 (P)
4
42
Education and innovative research 2021 y. №6
Обсуждение. Технология моделирования уроков родного языка в 
системе общего среднего образования сегодня вводится как необходимость 
в учебном процессе. Эти процессы выполняются поэтапно. Результаты 
процесса нацелены на эффективность системы образования.
Discussion. The technology of modeling mother tongue lessons in the 
general secondary education system is being introduced as a necessity for the 
teaching process today. These processes are being carried out step by step. The 
results of the process are aimed at the effectiveness of the education system.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy 
2021-yil 23-avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning 
malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish 
masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz 
rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda 
innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni 
vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash vazifalariga 
toʻxtalib, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida 
e’tibor qaratib kelmoqda.
Prezidentimiz yig‘ilishda maktab ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan 
dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz 
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir” 
degan fikrini alohida ta’kidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha 
to‘xtalib o‘tdi. Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar 
tashlaydigan bo‘lsak, ularda jamiyat hayotini o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar 
avvalo ta’lim tizimidan, bog‘cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini 
ko‘ramiz. Chunki maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib 
bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori – maktab. Maktabni maktab 
qiladigan kuch esa o‘qituvchidir. Jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, mustaqil 
fikrlaydigan, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri 
va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan barkamol 
yosh avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazish uchun mamlakatimizda 
keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda 
oʻquv yuklamasi va darslar sonini qayta koʻrib chiqish, oʻquvchilarni faqat 
yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini 
taʼkidladi. Bu borada Finlandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat 
umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika boʻyicha dunyoda eng 
ilgʻorlardan biri. “Maktabda oʻqitish metodikasi oʻzgarmasa, taʼlim sifati ham, 
mazmuni ham, muhit ham oʻzgarmaydi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev [1,143]. 
Darhaqiqat, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek maktab tizimi, undagi darsliklar 
va dasturlar eng optimal holatda boʻlishi lozim. Oʻquvchi yoshlarimiz oltinga 
teng vaqtlaridan unumli foydalangan holda fikrlashga undaydigan, mustaqil 
ish yuritishga oʻrgatadigan bilimlarni egallamogʻi kerak.Bugungi globallashuv 
jarayonining jadal sur`atlar bilan oshishi natijasida oʻrganilishi kerak boʻlgan 
ma`lumotlar koʻpayib bormoqda hamda kecha egallangan bilimlar eskirib 
qolmoqda. Shuning uchun maktab oʻquvchilari darsliklardagi ma`lumotlarni 
oʻrgana turib kelajakda shu bilimlar orqali oʻzining mustaqil faoliyatini boshlay 


Образование и инновационные исследования (2021 год №6)
ISSN 2181-1717 (E)
43
http://interscience.uz
olishi zarur, bizningcha. Ya`ni oʻn bir yillik ta`lim jarayonida egallangan 
bilimlar yoshlarimiz uchun haqiqiy poydevor vazifasini oʻtamogʻi bugunning 
dolzarb masalasi boʻlib qolmoqda. Shu masala yuzasidan “Moddiy va ma’naviy 
hayotni uyg‘un rivojlantirishimiz kerak. Maktab bu borada asosiy bo‘g‘in 
bo‘lishi lozim. Maktab ta’limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy 
maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur”, deb uqtirib o‘tadi davlatimiz 
rahbari yigʻilish davomida. [2,202-203] Ta`lim va tarbiyaga nisbatan bunday 
kuchli e`tibor va talab boʻlgan davlat pedagoglari zimmasida mas`uliyatli 
vazifalar turadi. Biz bular haqida chuqur izlanib maktab darsliklarining eng 
samarador hamda optimal variantdagi mavzular va uni oʻqitish texnologiyalari 
bilan boyitishimiz lozim. Shuni ta`kidlash joizki, insoniyatni farovon hayot 
shart-sharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari 
qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning 
turli hodisalarini oʻrganishi tabiiy holdir.
Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan 
xossalarinigina oʻrganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya`ni 
qachon, qayerda va qanday hayvonlar yashaganligi, oʻsimliklar oʻsganligi, 
iqlim qanday oʻzgarganligini oʻrganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini 
topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish 
tarixini oʻrganmaydi bu bilan tarixchilar shugʻullanadi. Atrofimizdagi dunyoni 
oʻrganish natijasida noaniq va toʻliq boʻlmagan ma`lumotlar olinishi mumkin. 
Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning 
rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit bermaydi. Ular asosida 
oʻrganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning 
xususiyatlarini mumkin qadar toʻlaroq aks ettirishi zarur. Model¬ning taqribiylik 
xarakteri turli koʻrinishda namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, tajriba oʻtkazish 
mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi olinayotgan natijaning 
aniqligiga ta`sir etadi
Model tushunchasi lotincha “modelus” so’zidan olingan bo’lib, tabiiy 
fanlar yoki umuman fanda shunday moddiy qurilma sifatida tushuniladiki
unga muayyan obyekt haqida ma’lumotlar kiritilganda hosila sifatida yana 
shu obyekt yuzaga keladi. Boshqacharoq tushuntirganda, model tabiiy 
obyektlarning immitatsiyasidir (oʻxshashi, taqlidi, tabiiy ko’rinishidir) [3,97], 
u oʻzbek tilidagi qolip, andoza soʻzlariga mos keladi[3,97]. U hodisalarning 
yuzaga kelishi uchun asos vazifasini oʻtaydi va aniq yoki mavhum obyektlar, 
kichraytirilgan obyektlar va sxemalarda tadqiq etiladi. Buni oddiy hayotiy misol 
bilan tushuntiradigan bo’lsak, olmani xarakterlovchi belgilar, atributlar – uning 
dumaloqligi, mevaligi, shirinligi kabilar o’sha tushunchaning fikriy modeli 
hisoblanadi. Agar biz olmani loydan yoki sun’iy bir materiallardan yasasak, bu 
uning moddiy modeli hisoblanadi [3,57-59]. Model quyidagi asoslarga ko’ra 
bilishda muhin hisoblanadi: 
Birinchidan modellashtirish har bir fan obyektini soddalashtiruvchi metoddir. 
Lingvistik birliklarni modellashtirish bu belgilar tarkibidagi elementlarning 
barqaror munosabatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham butunlik tarkibidagi 
elementlar o’rtasidagi munosabatlarning barqaror va beqaror turlarga 
ajratilishi lingvistik modellashtirish uchun katta ahamiyatga ega. Ikkinchidan 



Download 0,51 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish