|
Yong‘in vaqtida qanday harakatlanish kerak?
|
bet | 2/6 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 25,65 Kb. | | #266148 |
Bog'liq 13maavzuYong‘in vaqtida qanday harakatlanish kerak?
• Og‘iz va burunni mato bilan yoping, imkoni bo‘lsa nam mato bilan;
• Yong‘indan uzoqlashing;
• Ko‘p qavatli uyda bo‘lsangiz, liftdan foydalanmang;
• Oynani ochib, oshiqcha kislorodning xonaga kirishiga yo‘l qo‘ymang, aks holda portlash sodir bo‘lishi mumkin;
• Yonuvchan suyuqliklarni (benzin, kerosin va boshqalar), shuningdek, elektr energiyasiga ulangan yonib turgan elektrjihozlarni suv bilan o‘chirmang.101 — o‘t o‘chiruvchilarga xabar berish tartibi:
• Yong‘in chiqqan manzilni aniq ayting;
• Yong‘in obektini ayting (uyda, kvartirada, omborxonada va hokazo);
• Yong‘in predmetini ayting (lift, televizor, avtomobil, muzlatkich va hokazo)
• Zarur bo‘lsa — pod’yezd va xonadon raqami, binoning qavat, hududga qayerdan borish/kirish qulayligini ham bildiring;
• Familiyangiz va telefon raqamingizni qoldiring;
• Aniq va xotirjam gapiring.
Xona ichida, ko‘p qavatli bino yoki odam gavjum joyda yong‘in chiqsa:
• Agar yong‘in katta bo‘lmasa, uni istalgan mavjud vositalar yordamida o‘chirishga harakat qiling: o‘t o‘chirgich, istalgan zich mato, qum, suv va boshqalar;
• Elektr simlari bilan bog‘liq yong‘in chiqsa, maxsus shitdan ta’minotni uzing;
• Qo‘shni xonadagilarni, xodimlarni yong‘indan ogohlantirib, evakuatsiyaga chorlang;
• Gazni o‘chiring;
• Elektrjihozlarni ta’minotidan uzing;
• Chiqib ketish imkoni bo‘lsa, yong‘in maydonini tark eting;
• Keksalar va yoshlarga yong‘in hududini tark etishga ko‘maklashing;
• Pod’yezd yoki koridor tutun bilan to‘lishni boshlasa, chiqish eshigiga emaklagan holda boring;
• Xavfsiz joyni tanlang;
• Agar xonadan zinapoya orqali chiqish imkoni bo‘lmasa, xona tutun bilan to‘lmasligi uchun eshikni ichkaridan nam mato bilan yoping;
• Yong‘in shamol sabab alanga olmasligi uchun eshik va derazalarni o‘t o‘chiruvchilar kelguncha yopish lozim;
Avtomobil yoki jamoat transportida yong‘in chiqsa:
• Haydovchiga yong‘in haqida xabar bering;
• Mashinani to‘xtating, dvigatelni o‘chiring, uni tark eting;
• Jamoat transportida avariya lyuki va yon oynalardan foydalanib, tartib bilan tashqariga chiqing;
• O‘t o‘chiruvchilar kelguncha yong‘inni o‘t o‘chirgich, qum, suv yoki qor bilan (qishda va qor bo‘lsa) o‘chirishga harakat qiling;
• Mashina kapotida yong‘in chiqsa, uni qo‘l bilan o‘t o‘chirgichsiz ochmang. Ochish vaqtida havo oqimi sabab yong‘in alanga olishi kuchayadi;
• Yoqilg‘i baki portlashi xavfi borligi sabab, yong‘inni jilovlab bo‘lmasa, mashinadan uzoqlashing.
|
| |