|
Dasht yoki o‘rmonda yong‘in yuz bersa
|
bet | 3/6 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 25,65 Kb. | | #266148 |
Bog'liq 13maavzuDasht yoki o‘rmonda yong‘in yuz bersa:
• Yong‘inni zich mato, tuproq, bargli daraxt shoxlari bilan o‘chirishga harakat qiling;
• Agar yong‘inni o‘chirgan bo‘lsangiz, bunga amin bo‘ling, qayta alanga olmasligiga ishonch hosil qiling;
• Yong‘in kuchli bo‘lsa, undan uzoqlashing. Yong‘in tarqalishiga perpendikulyar harakat qiling;
• Ketish imkoni bo‘lmasa, yaqin atrofda suv (saqlagich, sisterna, quduq va hokazo) bo‘lsa, unga tushing va bosh qismingizni nam mato/kiyim bilan yoping oling;
• Yong‘in ochiq maydonda bo‘lsa, tutun kamroq joyda egilib harakatlaning. Yong‘in vaqtida nima qilmaslik kerak:
• Esdan chiqqan buyumni olib ketish uchun yong‘in joyiga qaytmang. Bu yong‘in vaqtida eng ko‘p takrorlanadigan xatolardan biri. Tartibsizlik orasida sizni hech kim izlamasligi ham mumkin. Sog‘lingiz hech bir buyumdan ustun emas;
• Yong‘inni o‘chirishga ko‘zingiz yetmasa, oxirgi daqiqagacha uni bartaraf etish uchun qolib ketmang. Bu fojiali yakunlanishi mumkin. Jiddiy kuyish jarohati olish xavfidan tashqari tutun sabab odam hushidan ketib, binoda qolib ketishi mumkin. Yong‘in vaqtida o‘lim holatlari ko‘proq olovdan emas, balki aynan tutundan bo‘g‘ilib qolishdan sodir bo‘ladi;
• Yonuvchan moddalarni suv bilan o‘chirmang. Agar suv bilan o‘chirilsa, yong‘in tez tarqalib ketadi;
• Balkon yoki derazadan qutqaruvchilarsiz yuqori qavatdan tushishga harakat qilmang. Arqon yoki matolar bilan tushishga harakat qilish yakunda jiddiy jarohatlar bilan yakunlanishi mumkin;
• Yong‘indan qochib yuqori qavatga ko‘tarilmang. Yong‘in va tutun tepaga qarab ko‘tariladi. Liftdan emas, zinapoyadan tushing;
• Karavot tagiga yoki shkaf ichiga yashirinmang. Qutqaruvchilar sizni topa olmasligi, tutundan bo‘g‘ilib, hushdan ketgan holda qolib ketishingiz mumkin.
Elektr jihozlarini ta’mirlash qoidalari.
Asboblar, elektr simlari buzuq bo‘lganda, xavfsizlik texnikasiga oid qoidalar buzilganida uy-ro‘zg‘or elektr asboblari bilan ishlagan paytda elektr toki bilan jarohatlanish xavfi tug‘ilishi mumkin. 0,06 A li tok inson hayoti uchun xavfli, 0,1 A tok esa halokatli hisoblanadi. Kuchlanishi 36 V dan ortiq bo‘lgan asboblar bilan ishlaganda o‘quvchini tok bilan jarohatlanishdan saqlash uchun elektr tokidan himoya vositalaridan (dielektrik qo‘lqoplar, dastasi izolatsiyalangan asbob-uskunalar va h.k.) foydalanishlari kerak. Himoya vositalari elektr tokini o‘rnatish, montaj qilishda ishlatiladigan himoya vositalaridan foydalanish va ularni sinash qoidalariga javob berishi kerak. Kavsharlagichlar, kavshar eritiladigan vanna va ko‘chma dastak yoritgichlarni ta’minlash uchun 36 V dan ortiq bo‘lmagan kuchlanishdan foydalanish kerak. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlari elektr jihatdan alohidaalohida bajarilgan pasaytiruvchi transformator yoki 36 voltli generator bo‘lishi mumkin.
Past kuchlanish manbayi sifatida avtotransformatorlar ishlatish va tarmoq kuchlanishini 36V gacha pasaytirish uchun potensiometr hamda reostatlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu qo‘llanmada nazarda tutilmagan muvaqqat xarakterga ega bo‘lgan ishlarni bajarishda o‘quv ustaxona muvaqqat qo‘llanma ishlab chiqadi va uni muhandis-pedagog bilan kelishib oladi hamda bu ishlarni boshlash oldidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beradi, so‘ng mehnat xavfsizligi kitobiga yozib rasmiylashtiradi. O‘quvchilarga ushbu ko‘rsatmalarni bilishini va uy-ro‘zg‘or mashinalari hamda elektr asboblarini ta’mirlashga oid xavfsizlik qoidalarini bilishini oldindan tekshirmasdan turib, ularning mustaqil ishlashlariga ruxsat berilmaydi.
Ish o‘rinlarini yoritishga alohida ahamiyat berish zarur, chunki bu joylarda ishlovchilarning ko‘zi zo‘riqadi va diqqat talab qilinadi. O‘quv-ishlab chiqarish xonalarida umumiy yoritish ham, mahalliy yoritish ham nazarda tutilishi kerak, shu bilan birga yoritish lampalari o‘quvchilar ko‘zini qamashtiradigan ta’sirlardan saqlashi kerak. Ish bajariladigan yuzalarga soya tushmasin. Qalay-qo‘rg‘oshin kavsharlar bilan kavsharlash va oqartirishda qo‘rg‘oshin bug‘lari hosil bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin organizmga yomon ta’sir qiladi, shuning uchun tarkibida qo‘rg‘oshin bor kavsharlar bilan doimo kavsharlanganidan ustaxonalarda eski havoni chiqarib, yangi havo kiritadigan havo tozalagichlar bo‘lishi zarur, ish o‘rinlarida esa eski havoni so‘rib olgichlar bo‘lishi kerak. Qalayqo‘rg‘oshinli kavsharlar bilan ishlashda nazarda tutilgan ishlab chiqarish va shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak.
|
| |