Yordamida boshqarish




Download 376.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.09.2023
Hajmi376.4 Kb.
#82669
1   2   3
Bog'liq
317-320 Xamrayev O
6-lekciya-1, Xoltoʻrayev Layoqatsizlik , ATT 2-maruza, таквим, 111Skanerlar, Очик дарс охирги, mirjon web ilova MI, Mavzu tj abslar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi. Reja K, Kompyuter tarmoqlari-fayllar.org, 18 NAVOIY RIDONA GAZALLARI, Mehmondorchilik, davlat boshqaruvida ATK mustaqil ish — копия, Konfrensiyaga, Н
ADABIYOTLAR TAHLILI 
Akademik M. P. Kostenko ilk bor chastotali boshqarish nazariyasiga asos soldi. 
O‘zbekistonda asinxron dvigatellarni chastotali boshqarish nazariyasi akademik M. Z. 
Homudxonov tomonidan rivojlantirildi. Prinsipning mohiyati tezlikni boshqarishda 
quvvatni (energiyani) Pem = Mem•w hamda uning tarkibiy qismlarini boshqarishdadir. 


318 
Ulardan biri ustida to‘xtalib o‘tamiz: chastota berilganda kuchlanishni boshqarish 
qonunini ham shakllantirish kerak. Bu prinsipni amalga oshirish oson bo‘lib, u w0 = 
2pf1/p nisbatga asoslangan, bu yerda: f1 — statorni ta’minlayotgan ta’minot manbai 
chastotasi. 
Shuning uchun 
stator 
toki chastotasini o‘zgartirganda 
rotor 
aylanish 
tezligini keng ko‘lamda ravon rostlash mumkin. Tezlikni rostlashning bu usuli asosan 
sirpanishdagi isroflar 
DP=PPS 
bilan 
tavsiflanadi. 
Bu 
isroflar 
chastota 
o‘zgarishining katta diapazonida ham o‘zgaradi. Hozirgi vaqtda o‘zgaruvchan tok 
dvigatellarining tezligini rostlash uchun ishonchli va tejamkor statik o‘zgartgichlar 
yaratilgan. 
MUHOKAMA 
Kuchli yuritmaning asosiy chiqish kordinatasi - bu elektrmagnit momentidir. 
Chastotali boshqarishda uning qiymati statorga berilayotgan o‘zgaruvchan tok 
chastotasi va kuchlanishiga bog‘liq. Shuning uchun ikkita bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan 
boshqarish kanallarining mavjudligi tizimida optimal boshqarish imkonini beradi. Bu 
qonunni ikkita bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan boshqarish kanallarining mavjudligi 
tizimida optimal boshqarish imkonini beradi. Bu qonunni M.P.Kostenko yaratgan 
bo‘lib, u quyidagicha asoslanadi. Aytaylik, yuritma tezligini rostlashda dvigatelning 
yuklanish qobiliyati lm=Mk•M-1nom o‘zgarmas saqlansin. U holda stator 
chulg‘amidagi aktiv kuchlanish tushishini hisobga olmagan holda quyidagi taxminiy 
tenglikni yozish mumkin: 
Absolut yoki nisbiy birliklardagi ifoda lm=const bo‘lgandagi chastotali 
boshqarishning optimal qonunining matematik ifodasini ko‘rsatadi. Ifodaga muvofiq 
dvigatelni boshqarib quvvat koeffitsiyenti va yuritmaning absolut sirpanishini 
o‘zgartirmay saqlab qolish mumkin. Uning FIK esa, tezlikning o‘zgarishiga bog‘liq 
bo‘lmaydi. Mana shunda chastotali boshqarishning optimallik mezoni o‘z ifodasini 
topadi. 
Barcha keltirilgan yuklamalarda dvigatel o‘ta yuklanishini nazariy jihatdan 
o‘zgarmas saqlab qoladigan yuritmaning mexanik tavsiflari keltirilgan. Chastotali 
boshqaruvda 
o‘zgarmas 
o‘ta 
yuklanishda 
statorda 
kuchlanish 
tushishini 
kompensatsiyalovchi optimal qonuniyat bo’ladi. 
O‘ta yuklanish o‘zgarmas bo‘lganda chastotali boshqarishning optimal 


319 
qonuniyati bilan birga boshqa qonunlar ham qo‘llaniladi (mashina magnit oqimining 
doimiyligi, isrofning kamligi va h.k). Bu holda asinxron yuritma quyidagi 
xususiyatlarga ega bo‘ladi: 
1. Stator rotor toklari va oqim (po‘latdagi isrofdan tashqari) o‘zgarmas bo‘lib 
qoladi.
2. Maksimal oqim bilan ishlayotganda dvigatel mexanik tavsifning ish 
qismida, tabiiy tavsifga nisbatan ancha qattiqlikka va katta kritik momentga ega 
bo‘ladi. 
3. Yuklama kamayganda oqim ortiqcha qiymatga ega bo‘ladi, bu esa isroflarning 
ortishiga va o‘zgaruvchan momentda mazkur boshqarish qonunining optimal 
bo‘lmasligiga olib keladi. Eng kam isrof bo‘yicha boshqarilganda zarur bo‘lgan 
rotordagi tokni oqimga ko‘paytmasiga proporsional bo‘lgan momentni hosil qilish
mashinaning qo‘zg‘atish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan va o‘zgarmas isroflar teng 
bo‘lganda amalga oshiriladi. Bunday boshqarish yuritmaning FIK optimalligini, 
isroflarning esa eng kam bo‘lishini ta’minlaydi. 
Chastota o‘zgartgichlari ko‘pincha kuchlanish manbalari tavsifiga emas, balki tok 
manbasi tavsifiga ega bo‘ladi. Bunday tizimda o‘zgartgichdan iste’mol qilinadigan tok, 
faqat boshqarish signali bilan aniqlanadi va dvigatelning ishlash rejimiga hamda 
parametrlariga bog‘liq bo‘lmaydi. 
Chastotali boshqariladigan yopiq tizimlarda tezlikni rostlash diapazoni 50:1 
gacha kengaytiriladi. Chastota - tok va vektorli boshqarish prinsiplarida ishlaydigan 
asinxron yuritmalarda tezlikni rostlash diapazonini 1000:1 gacha kengaytirish 
imkoniyati mavjud. Lekin bu holda statik noustuvorlik rejimi yuzaga kelish ehtimolini 
hisobga olish zarur. 
NATIJA 
Dvigatellarning aylanishlar chastotasini tarmoq tokining chastotasini o’zgartirib 
rostlash alohida manba bo’lishini taqozo qiladi. U asinxron dvigatelni ta’minlovchi 
kuchlanish chastotasini sanoat toki chastotasi (f1=50Gs) dan oshirish yoki 
kamaytirishni ravon o’zgartirish imkonini beradi. Bu rostlash usulining kamchiligi 
ancha murakkab va qimmatbaho chastota o’zgartirgichining talab qilinishidadir. 
Chastota o’zgartirgich boshqariladigan to’g’rilagich BT, u uch fazali va f1=const 
bo’lgan 
tarmoq kuchlanishini o’zgarmas tok kuchlanishi (U) ga aylantiradi, 


320 
to’g’rilangan kuchlanishning pulslanishini tekislovchi drosseli Ld filtr, o’zgarmas tok 
kuchlanishini o’zgaruvchan chastota f2 uch fazali o’zgaruvchan tok kuchlanishiga 
aylantiradi. 
XULOSA 
Mamlakatimizda sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jihozlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hududlarda ishlab 
chiqarish hajmi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

Download 376.4 Kb.
1   2   3




Download 376.4 Kb.
Pdf ko'rish