|
O’pkaning tiriklik sig’imi
|
bet | 154/190 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #130993 |
Bog'liq Yosh fiziologiyasi va gigienasiO’pkaning tiriklik sig’imi. Tinchlik paytida voyaga yetgan odam nisbatan bir xilda nafas oladi va chiqaradi (500 ml ga yaqin). Lekin kuchli nafas olingandan keyin yana 1500 ml havo olish mumkin. Odatiy nafas chiqarishdan keyin, yana 1500 ml havo chiqarishi mumkin. Chuqur nafas olinganidan keyin odam chiqaradigan eng ko’p miqdordagi havoga – o’pkaning tiriklik sig’imi deyiladi.
O’pkaning tiriklik sig’imi yoshga bog’liq holda, jinsga, ko’krak qafasi hajmiga, uning muskullarini rivojlanish darajasiga bog’ liq holda o’zgarib turadi. Odatda u erkaklarda, ayollarga nisbatan katta, sportchilarda, sport bilan shug’ullanmaganlarga nisbatan katta. Masalan u shtangachilarda 4000 ml ga yaqin, futbolchilarda –4200 ml, gimnastlarda –4300, suzuvchilarda –4000, eshkak eshuvchilarda –5500 ml va undan ham yuqori bo’ladi.
O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchashda bolani o’zining faol va aqliy ishtiroki talab qilinadi, ana shu sababli uni faqatgina 4-5 yoshdan keyingina o’lchash mumkin (jadvalga qarang).
11-Jadval
O’pkaning tiriklik sig’iminin o’rtacha o’lchami.
Jinsi
|
Yoshi (yillarda)
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
10
|
12
|
15
|
17
|
O’g’il bolalar
|
1200
|
1200
|
1200
|
1400
|
1440
|
1630
|
1975
|
2600
|
3520
|
Qiz bolalar
|
-
|
-
|
1100
|
1200
|
1300
|
1460
|
1905
|
2530
|
2760
|
Bolalar16-17 yoshga yetganida ularning o’pkasining tiriklik sig’imini o’lchami voyaga yetgan odamlarnikiga teng bo’ladi.
|
| |