|
Stafilokokklardan zaharlanish
|
bet | 169/190 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #130993 |
Bog'liq Yosh fiziologiyasi va gigienasiStafilokokklardan zaharlanish. Terisiga yara chiqqan (rinit, qon’yuktivit, angina) va boshqa kasalliklar bilan og’rigan kishilar infeksiya tashuvchi hisoblanadi. Taxminan 50% sog’lom odamlarning tomog’ida, burun shilliq qavatida, terisi yuzasida, ichagida kasallik qo’zg’atuvchi stafilokokklar bo’ladi.
Stafilokokklar ko’pincha sut, baliq mahsulotlarida, sabzavotlarda tez ko’payadi. Zaharlanishning dastlabki belgilari zararlangan ovqatni iste’mol qilgandan 2-4 soat o’tgach paydo bo’ladi. Bunda odam qusadi, ko’ngli ayniydi, qornida og’riq paydo bo’ladi, tez-tez ichi ketadi, harorati ko’tariladi, qaltiraydi, og’ir hollarda yurakning faoliyati buziladi.
Ichak tayoqchasidan zaharlanish. Bu tayoqcha odam va hayvon ichagida yashaydi, tashqi muhitda uzoq saqlanadi. Qaynatilgan kartoshka, vinegretda, sho’rva va boshqa suyuq ovqatlarda tez ko’payadi. Ana shunday sifasiz ovqatni yeganda odam zaharlanadi.
Bakteriyasiz zaharlanish. Qo’ziqorinlardan zaharlanish odatda bahorda ko’p uchraydi. Zaharli qo’ziqorinni yegandan keyin 6-10 soat o’tgach qorinda og’riq turadi, bemor qusadi, ichi ketadi. Organizmning suvsizlanishi tufayli qon quyuladi, ko’karadi, talvasa tutadi, rangi zahil tortadi. Ko’pincha yosh bolalar, ayniqsa kichik yoshdagi bolalar zaharli o’simliklardan zaharlanadi.
Odam qo’rg’oshindan zaharlanganda og’izda metall ta’mi seziladi, qorni tutib-tutib og’riydi, talvasa tutadi va hokazo.O’rik, shaftoli, olxo’ri, olcha, bodom danagidan ham zaharlanish mumkin.
Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun mahsulotlarni to’g’ri saqlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga qa’tiy rioya qilish shart. Ovqatni sifatli mahsulotlardan tayyorlash, buzilgan mahsulotlarni ovqatga ishlatmaslik kerak. Oshxonada masalliqni alohida-alohida taxtalarda to’g’rash, so’ngra stol, taxtakach, myasorubka, pichoqni yaxshilab sovunlab yuvish zarur. Tez buziladigan taomlar (go’sht, baliq, qaynatilgan ovqat, kolbasa, sosiska, sut, sut mahsulotlari, tort, pirojniy va boshqalar)ni tez tarqatish lozim. Go’shtni 0°S haroratda 5 kun, qaynatma kolbasa, sardelki, sosiskani 3 kun, baliq, tovuq, o’rdakni 2 kun, tuxumni 20 kun, sariyog’ni 10 kun, tvorogni 36 soat, smetanani 72 soat, sutni 20 soatdan ortiq saqlamaslik kerak. Qopqog’i shishgan qonservalarni ovqatga ishlatish mumkin emas. Meva va sabzavotlarni albatta yuvib yegan ma’qul.
Zaharlangan odamga bir stakan iliq suv ichirib qustiriladi. Achchiq shirin choy ichirib, o’ringa yotqizib, qalin qilib o’rab qo’yiladi.Zaharlanishning dastlabki belgilari paydo bo’lishi bilan darhol shifokorni chaqirish zarur. Shifokor kelgunicha bemorga 3-4 stakan suv ichirish kerak. Zahar kamroq shimilishi uchun 1 litr suvga 2-3 ta tuxum oqini aralashtirib yoki kaliy permanganatning kuchsiz suvli eritmasi ichiriladi.
|
| |