|
Yosh fiziologiyasi va gigienasi
|
bet | 177/190 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #130993 |
Bog'liq Yosh fiziologiyasi va gigienasi12.4. Uglevodlar almashinuvi
Uglevodlarning organizmdagi roli. Odam hayoti davomida 10 tonnaga yaqin uglevodlarni iste’mol qiladi va ular organizmga asosan kraxmal shaklida tushadi. ovqat hazmi traktida glyukozagacha parchalangan uglevodlar qonga so’riladi va hujayralar tomonidan o’zlashtiriladi. Ayniqsa uglevodlarga non, yormalar, sabzavot va mevalar kabi o’simliklar oziqalar juda boy. Hayvonot dunyosi mahsulotlari (sut bundan mustasno) juda kam miqdorda uglevodlar saqlaydi.
Uglevodlar – ayniqsa kuchli jismoniy ish bajarganda energiyaning asosiy manbai hisoblanadi. Voyaga yetgan odamlarning organizmi uchun zarur bo’lgan energiyaning yarmidan ko’pini uglevodlar hisobidan oladi. Uglevodlar parchalanishi natijasida energiyaning hosil bo’lishi ham kislorodsiz muhitda, ham kislorod ishtirokida amalga oshishi mumkin. Kislorodli muhitda uglevodlar parchalanishining oxirgi mahsuloti bo’lib – karbonat angidrid gazi va suv hisoblanadi. Uglevodlar boshqa organik moddalarga nisbatan juda tez parchalanadi va oksidlanadi.
Og’ir musobaqalar paytida kuchli charchagan paytida bir necha bo’lak qand iste’mol qilinsa organizmning holati yaxshilanadi.
Qon tarkibida glyukozaning miqdori nisbatan doimiy darajada (110 mg %) saqlanib turiladi. Glyukoza miqdorining kamayishi tana haroratining pasayishini chaqiradi, asab tizimi faoliyatining buzilishiga, holsizlanishga olib keladi. Qon tarkibidagi qand miqdorini doimiy darajasini ta’minlashda jigar katta rol o’ynaydi. Glyukoza miqdorini ortishi uning jigarda zahira hayvon kraxmali –glikogen shaklida o’tirishini chaqiradi. Qon tarkibidagi qand miqdori kamayganida jigar tomonidan glikogenni glyukozaga aylantirilishi yuz beradi. Glikogen faqatgina jigarda hosil bo’lmasdan, balki muskullarda ham hosil bo’ladi va u yerda 1-2 % gacha jamlanishi mumkin. Glikogenning jigardagi zahirasi 150 g gacha yetadi. Ochlik paytida va jismoniy ish bajarganda bu zahiralar kamayadi.
Agarda qon tarkibidagi qandning miqdori 0,17 5 gacha ortsa, u organizmdan siydik bilan chiqariladi. Odatda bu holat ovqatlar bilan katta miqdorda uglevodlar qabul qilganda yuz beradi. Shunday bo’lsada qondagi qandning miqdori o’z holiga qaytib tenglashadi.
Lekin qon tarkibidagi qandning miqdori turg’un holda ko’tarilgan –oshgan bo’lishi mumkin, bu esa sekresiya bezlari faoliyati buzilganida (ayniqsa me’daosti bezi) yuz beradi, qaysiki bu qandli diabetni rivojlanishiga olib keladi. Bu kasallik paytida to’qimalar qandni o’zlashtirish xususiyatini yo’qotadi, hamda uni glikogenga aylantirish va jigarda jamlanishi ham buziladi. Shu sababli, qondagi qandni miqdori doimo ko’tarilgan, bu esa uning siydik bilan kuchli ajralishini chaqiradi.
Glyukozaning organizm uchun ahamiyati uning energiya manbai ekanligi bilan tamom bo’lmaydi. U sitoplazma tarkibiga kiradi va demak ayniqsa o’sish davrida yangi hujayralar hosil bo’lishi uchun zarur. Uglevodlar nuklein kislotalar tarkibiga ham kiradi.
Uglevodlarning markaziy asab tizimidagi moddalar almashinuvida ham ahamiyati juda kattadir. Qon tarkibida qandning miqdori keskin kamayganida asab tizimi faoliyatida keskin buzilish kuzatiladi. Muskullarning tortilishi, alahsirash, hushini yo’qotish, yurak faoliyatining o’zgarishi boshlanadi. Agarda bunday odamning qoniga glyukoza kiritilsa yoki odatiy qand yedirilsa, ma’lum muddatdan keyin bu og’ir simptomlar yo’qoladi.
Ovqatlar tarkibida qand yoki uglevodlar bo’lmaganida ham qonda qand yo’qolmaydi, chunki organizmda oqsillardan va yog’lardan ham uglevodlar hosil bo’ladi.
Turli organlarning glyukozaga bo’lgan talabi har xil. Masalan jigar o’ziga kelgan glyukozaning 12 % gacha bo’lgan miqdorini ushlab qolsa, ichaklar –9 %, muskullar –7 %, buyraklar – 5 % ushlab qoladi. Taloq bilan o’pkalar umuman glyukozani o’zida ushlab qolmaydilar.
Bolalarda uglevodlar almashinuvi. Bolalarda uglevodlar almashinuvi katta jadallik bilan amalga oshadi, qaysiki bolalar organizmida umuman uglevodlar almashinuvi yuqori darajada kechishi bilan tushuntiriladi. Bolalar organizmida ugevodlar faqatgina asosiy energiya manbai rolini bajarmasdan, balki yana hujayralar po’stlog’ ining biriktiruvchi to’qimalari moddalarining shakllanishida muhim plastik material vazifalarini bajaradi. Uglevodlar oqsillar va yog’ lar almashinuvining kislotali mahsulotlarining oqsidlanishida ishtirok etadi, bu bilan organizmda kislota –ishqor tengligini ushlab turilishini ta’minlaydi.
Bolalar organizmning jadal o’sishi katta miqdordagi – oqsillar va yog’ lar kabi plastik materiallar bo’lishini talab qiladi. Shu sababli, bolalarda oqsillar va yog’ lardan uglevodlarni hosil bo’lishi chegaralangan.
Bolalarning uglevodlarga bo’lgan bir kecha-kunduzlik talabi yuqori va emadigan davrda 1 kg tirik vaznga 10-12 g tashkil etadi. Keyingi yillarda uglevodlarga bo’lgan talab 1 kg tirik vaznga 8-9 g.dan 12-15 g gacha o’zgarib turadi. 1 yoshdan 3 yoshgacha bolalar ovqat bilan o’rtacha 193 g, 4 yoshdan 7 yoshgacha –287 g, 9 dan 13 yoshgacha –370 g, 14 dan 17 yoshgacha –470 g, voyaga yetgan odamlar esa –500 g gacha uglevodlar olishi kerak.
Uglevodlar bolalar organizmi tomonidan voyaga yetgan odamlardagiga nisbatan yaxshi (emadigan bolalarda 96-98%) o’zlashtiriladi. Ammo, yuqorida qayd qilinganidek, me’yordagidan ortiq miqdorda organizmga qand tushganida u siydik bilan chiqarib yuboriladi. Umuman olganda, bolalarning organizmi voyaga yetgan odamlar organizmiga nisbatan qon tarkibida katta miqdorda qand saqlanishiga chidamliligi bilan farq qiladi. Voyaga yetgan odamlar qonida glyukozaning miqdori har 1 kg tirik vaznga 2,5- 3 g to’g’ri kelganida siydik tarkibida glyukoza paydo bo’lsa, bolalarda bu ko’rsatkich har 1 kg tirik vaznga 8-12 g to’g’ri kelganidagina siydik tarkibida glyukoza paydo bo’ladi. Bolalar tomonidan uncha katta bo’lmagan miqdordagi uglevodlarning qabul qilinishi qonda qand miqdorini ikki marta ko’payishini chaqiradi, lekin bir soatdan keyin qondagi qandning miqdori pasaya boshlaydi, ikki soatdan keyin esa normaga qaytadi.
|
| |