|
XIII BOB. AYIRUV JARAYONLARINING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI
|
bet | 185/190 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #130993 |
Bog'liq Yosh fiziologiyasi va gigienasiXIII BOB. AYIRUV JARAYONLARINING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI
13.1. Ayirish jarayonlarining ahamiyati
Moddalar almashinuvi jarayonlarida parchalanish mahsulotlari hosil bo’ladi. Bu mahsulotlarning bir qismi organizm tomonidan o’zlashtirilsa, qolganlari esa undan chiqarib tashlanadi.
O’pka orqali organizmdagi karbonat angidrid, suv va uchuvchi moddalar chiqariladi. Ichaklar najas tarkibida ayrim tuzlarni, ter bezlari –suv, tuzlar, organik moddalarni ajratadi.
Ayiruv jarayonlarida asosiy rolni buyraklar o’ynaydi, qaysiki ular orqali organizmdan suv, tuzlar, ammiak, mochevina, siydik kislotasi chiqarilib, qonning osmotik xususiyatlarini doimiyligini ta’minlaydi.Buyraklar orqali organizmda hosil bo’ladigan yoki dorilar shaklida qabul qilinadigan zaharli moddalar chiqarib yuboriladi.
Buyraklar qonning ma’lum o’lchamdagi doimiy reaksiyasini ta’min etadi. Qonda almashinuv mahsulotlarining kislotali yoki ishqorli mahsulotlari jamlanib qolsa, buyraklar orqali o’shalarga mos tuzlarning ortiqcha qismini chiqarib yuborilishini tezlashtiradi.
Qon reaksiyasining doimiyligini ta’minlashda buyraklar tomonidan sintezlanadigan ammiak kislotali moddalar tarkibidagi natriy va kaliyni o’rni almashtirishi ayiruv jarayonidagi buyraklarni rolini yanada oshirdi. Bu paytda ammoniy tuzlari hosil bo’lib ular siydik tarkibida chiqarib yuboriladi, natriy va kaliylar organizm ehtiyojlari uchun saqlab qolinadi.
13.2. Buyraklarning tuzilishi
Buyraklar (ular ikkita – o’ng va chap) loviya shaklida bo’lib, tashqi tomoni biroz shishgandek ko’rinishda bo’lsa, ichki tomoni – botiq. Ular qizg’ish-qo’ng’ir rangda bo’lib massasi 120 g ga yaqin.
Buyraklar umurtqa pog’onasining bel qismida ya’ni I va II bel segmentlari darajasida joylashgan. O’ng buyrak chap buyrakdan 2-3 sm pastda joylashgan. Har bir buyrakning yuqorigi uchida buyrak usti bezlari yotadi.
Buyrakning ichki botiq chekkalarida chuqur kesmalar bor, bular buyraklar darvozalaridir. Bu yerdan buyrak arteriyasi kirsa, buyrak venasi va siydik yo’li chiqadi.
Buyrak moddalari juda yengil ajraladigan fibrozli kapsula bilan zich qoplangan. Tashqi tomondan buyraklar yog’li kletchatka qatlami – yog’li kapsula joylashgan.
Buyraklarda qon bilan kelgan moddalardan siydik hosil bo’ladi. Buyraklar murakkab tuzilishga ega. Unda tashqi ancha qoramtir po’stloq qatlami va ichki, mag’iz qatlami farqlanadi.
Buyrakning po’stloq moddalari uning barcha periferiyasini egallab olgan bo’lib, dastaklar shaklida mag’iz moddalarga kirib turadi va uni 15-20 ta buyrak piramidalariga bo’ladi, ularning asosi tashqariga mag’izli moddalarga yo’nalgan bo’lib, u esa –buyrak jomiga yo’nalgandir.
Buyrakning po’stloq qismi qizg’ish –talg’ir rangda bo’lib uning qalinligi 5-7 mm ni tashkil etadi, buyrakning mag’iz qatlami ancha rangsiz bo’ladi.
|
| |