|
A –vitamini (retinol, akseroftol)
|
bet | 182/190 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #130993 |
Bog'liq Yosh fiziologiyasi va gigienasiA –vitamini (retinol, akseroftol) odam organizmida keng tarqalgan karotin pigmentidan hosil bo’ladi. Karotin sabzi, pomidor, salat, o’rik, baliq yog’i, sariq yog’, jigarda, buyrak va tuxum sarig’ida ko’plab uchraydi, bolalarning bir kecha-kunduzlik A vitaminiga bo’lgan talabi – 1 mg bo’lsa, voyaga yetgan odamlarniki – 2 mg ni tashkil etadi.
Vitamin A yetishmaganida bolalarning o’sishi sekinlashadi, «kechasi ko’rmaslik» kasalligi rivojlanadi, ya’ni ko’zning ko’rish qobiliyati yaxshi yoritilgmagan joylarda keskin pasayib ketadi, oqibatda ko’zning ko’rish qobiliyati davolab bo’lmas ko’rlikka olib keladi.
D-vitamini (ergokalsiferon). Bolalik yoshlarida eng ko’p tarqalgan kasalliklardan biri, ayrim mamlakatlarda besh yoshgacha bo’lgan davrda bolalarning deyarlik yarmini kasalligini chaqiruvchi –raxit hisoblanadi. Raxit bilan kasallanganda suyaklarning shakllanish jarayoni buziladi, bosh suyagi yumshoq va o’zgaruvchan bo’lib qoladi, qo’l va oyoqlarning suyaklari qiyshayib qoladi. Bosh suyagining yumshoqlashgan qismida ensa va peshona gipertrofillangan do’ngchalar hosil bo’ladi. Nimjon, rangsiz, notabiiy katta bosh va kalta qiyshiq gavda, katta qoringa ega bo’lgan bolalar keskin rivojlanishdan qoladi.
Bunday barcha og’ir buzilishlar organizmda vitamin D ning yetishmasligi yoki bo’lmasligi bilan bog’liq holda yuz beradi. Vitamin D tuxum sarig’ida, sigir sutida, baliq yog’ida ko’p uchraydi.
Vitamin D odam terisida quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida provitamin ergostereoldan hosil bo’ladi. Mana shuni o’zidan nima uchun bolalar yozga nisbatan qish oylarida raxit bilan kasal bo’lishi tushunarli. Baliq yog’i, quyosh nuri ta’sirida yoki sun’iy ultrabinafsha nuridan olish kasallikni oldini oluvchi va raxitni davolovchi eng kuchli vosita hisoblanadi.
Asosiy almashinuv. Hattoki odam to’liq tinchlik sharoitida ham ma’lum darajada energiya sarflaydi. Bir daqiqa ham to’xtamaydigan organizmdagi fiziologik jarayonlarning kechishiga to’xtovsiz energiya sarflanadi.
Organizm uchun moddalar almashinuvining eng kam darajasi va energiya xarajati asosiy almashinuv deb ataladi. Odamlarda asosiy almashinuv muskullar ish bajarmagan, tinchlik paytida yotgan, och vaqtida ya’ni ovqat yeyilganidan keyin 12-16 soat o’tgach, harorat 18-200S bo’lganda (komfort) aniqlanadi. O’rta yoshdagi odamlarda asosiy almashinuv bir kecha-kunduzda 1 kg tirik vaznga 4187 joulni tashkil qiladi. Bu esa bir kecha-kunduzda o’rtacha 714000-7560000 joulga tengdir. Har bir odam uchun asosiy almashinuvning o’lchami nisbatan doimiydir.Yosh bolalarda asosiy almashinuv voyaga yetgan odamlarga nisbatan jadalroq, chunki gavda massasiga to’g’ri keladigan tana yuzasi ularda voyaga yetgan odamlardagiga nisbatan ancha katta. Bundan tashqari ularda assimilyatsiya jarayoni dissimilyatsiyadan ustundir.
Bola qanchalik yosh bo’lsa, o’sish uchun sarflanadigan energiyaning xarajati ham shuncha yuqori bo’ladi. Demak o’sish bilan bog’liq bo’lgan energiya sarfi uch oylik bolalarda ovqatlarning umumiy energetik qiymatini 36 %, olti oylik bolalarda – 26 %, o’n oylik bolalarda – 21 % tashkil qiladi.
Bolalarning yoshlik davrlardagi asosiy almashinuvning o’zgaruvchanligi va uning katta, jadalligi massa birligiga va yuza birliklariga hisoblaganda juda yaqqolroq ko’rinadi (jadvalga qarang).Voyaga yetgan odamlarning 1 kg tana og’irligiga to’g’ri keladigan asosiy almashinuvi 96000 joulni tashkil etsa, 8-10 yoshli bolalarda asosiy almashinuv voyaga yetgan odamlarga nisbatan 2-2,5 marta yuqoridir.
Asosiy almashinuvning o’lchami qiz bolalarda o’g’ il bolalarga nisbatan past, jinslar orasidagi farq bolalar hayotining birinchi yilini ikkinchi yarmidayoq namoyon bo’ladi. O’g’il bolalar tomonidan bajariladigan ishlarning ko’lami qiz bolalarnikiga nisbatan yuqori bo’lganligi sababli, energiya sarfi ham yuqori bo’ladi.
Asosiy almashinuv o’lchamini aniqlash ko’pchilik holatlarda diagnostik ahamiyatga ega, qalqonsimon bezning me’yoridan ortiq funksiyasida va boshqa ayrim kasalliklar paytida asosiy almashinuv ortadi. Qolqonsimon bez, gipofiz, jinsiy bezlar faoliyati yetarlicha bo’lmaganida asosiy almashinuv pasayadi.
|
| |