Odamlarning bir kecha-kunduzlik bitaminlarga bo’lgan talabi (mg.larda)




Download 4,48 Mb.
bet184/190
Sana06.01.2024
Hajmi4,48 Mb.
#130993
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   190
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

Odamlarning bir kecha-kunduzlik bitaminlarga bo’lgan talabi (mg.larda)
( Markosyan bo’yicha)

Yoshi

Vitaminlar

A

V1

V6

V12

RR

S

D (H.B.da)*

7-12 yosh

1,5

1,5

3,0

1,5

15

60

500

13-15 yosh

1,5

2,0

3,0

2,0

20

70




16-18 yosh

1,5

2,5

3,5

2,0

25

70




Voyaga yetgan odam

1,5

2,0

2,5

2,0

15

70




  • H.B.-xalqaro birlik: 1 mg vitamin D=40000 H.B.

Oziqlanish tartibi: «Ratsional oziqlanish» tushunchasi iste’mol qilinayotgan ovqatlarning miqdori va sifatini o’z ichiga olmasdan, balki iste’mol qilishning to’g’ri tartibini, ya’ni bir kecha-kunduzlik rasionning vaqtlar bo’yicha bo’linishini ham o’z ichiga oladi.
Bir kunda ikki marta ovqatlanganda, mahsulotlar o’zlarining oziqlik va biologik qiymatlarini yo’qotadi; odatda bolalar oziqlantirishdagi uzoq muddatli tanaffuslarga juda og’ir chidaydi. Juda tez-tez ovqatlanganda esa oziq moddalar hazmlanib ulgurmaydi, bolalarni ishtahasi yo’qoladi.
Bolalar ikki oylik bo’lgunicha eng qulayi 7-marta oziqlanish hisoblanadi, 3 oydan 5 oygacha, - 6 marta, 5 oylikdan 1 yoshgacha – 5 martalik oziqlanishni tashkil qilish zarur. Maktab bolalari uchun bir kecha-kunduzda 4 marta ovqat yeyish maqsadga muvofiqdir. Bunday oziqlanish tartibi bo’yicha ovqatlarni iste’mol qilishlar orasidagi tanaffus 6 soatdan ortiq bo’lmaydi.
Ovqatlarni har kuni bir vaqtda yeyish maqsadga muvofiq, chunki bunday hollarda vaqtga shartli reflekslar hosil qilish mumkin, me’dada esa ovqat hazmini yaxshi kechishini ta’minlovchi ishtaha shirasi ajraladi.
Bolalarning ertalabki nonushtasi to’yimli bo’lishi zarur va bir kecha-kunduzlik rasionning 25 % ni tashkil qilishi kerak. Ikkinchi nonushta maktabda amalga oshiriladi va rasionning 20 % ni tashkil qilishi kerak. Maktabdagi issiq nonushtani tarkibida 15-30 g oqsil, 15-20 g yog’ , 80-100g uglevodlar saqlanishi zarur. Odatda tushlik bir kecha-kunduzlik rasionning 35 % ni, kechki ovqatlanish esa 20 % ga yaqinini tashkil qilishi zarur.
Go’shtli va baliqli taomlarni kunnng birinchi yarmida qabul qilish tavsiya qilinadi, chunki ekstraktiv moddalarga boy va ular asab tizimiga qo’zg’atuvchi sifatida ta’sir ko’rsatadi. Kechqurun esa sutli-o’simlikli taomlar iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Iste’mol qilinayotgan rasion tarkibiga 1/3 qism oqsillar va yog’larni hayvonot dunyosi mahsulotlari shaklida qo’shish tavsiya etiladi.



Download 4,48 Mb.
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   190




Download 4,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Odamlarning bir kecha-kunduzlik bitaminlarga bo’lgan talabi (mg.larda)

Download 4,48 Mb.