|
Dormondorilar (vitaminlar)
|
bet | 180/190 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #130993 |
Bog'liq Yosh fiziologiyasi va gigienasiDormondorilar (vitaminlar). Darmondorilar organizmni mo’tadil faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan organik birikmalardir. Darmondorilar juda ko’plab fermentlar tarkibiga kiradi, bu esa moddalar almashinuvida darmon-dorilarning ahamiyati juda muhim ekanligini tushuntirib beradi.
Darmondorilar gormonlar ta’sirini yaxshilaydi, hamda organizmni tashqi muhitning noqulay omillari ta’siriga chidamliligini oshiradi (infeksiya, tashqi muhitning yuqori va past haroratlari va boshqalar). Ular o’sishni stimullyasiyasi, jarrohlik operatsiyalaridan keyin va hujayralarni, to’qimalarni tiklanishi uchun zarur.
Ko’plab fermentlar va gormonlardan farqli o’laroq vitaminlar odam organizmida hosil bo’lmaydi. Ularning asosiy manbai bo’lib meva, sabzavotlar hisoblanadi, lekin ular go’sht, sut, baliqlar tarkibida ham saqlanadi. Organizm uchun vitaminlar juda kam miqdorda talab etiladi, lekin ularning yetishmasligi yoki kamligi ma’lum yo’nalishdagi fermentlarni hosil bo’lishini buzadi va avitaminoz – kasalligini chaqiradi.
Vitaminlar ikkita katta guruhga bo’linadi: 1) suvda eruvchilar; 2) yog’da eruvchilar.
Suvda eruvchi vitaminlar guruhiga B guruhi vitaminlari, C va PP vitaminlar kiradi.
Yog’da eruvchi vitaminlar guruhiga A1 va A2, D,E, K vitaminlari kiradi.
B- vitamini (tiamin, anevrin) o’rmon yong’og’i, tozalanmagan gurunch, yaxshi maydalanmagan nonda, arpa va suli yormalarida saqlanadi, lekin uning miqdori pivo achitqilarida va jigarda juda kattadir. 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning bu vitaminga bo’lgan talabi bir kecha-kunduzda 1 mg, 7 yoshdan 14 yoshgacha – 1,5 mg, 14 yoshdan boshlab –2 mg va voyaga yetgan odamlarda –2-3 mg ni tashkil etadi.
Ovqatlar tarkibida V1 vitamini yetishmaganida beri-beri kasalligi rivojlanadi. Kasalning ishtahasi yo’qoladi, juda tez charchaydi, sekin-asta oyoq muskullarida holsizlanish paydo bo’ladi. So’ngra oyoq muskullarining sezuvchanligi yo’qoladi, ko’rish va eshitish nervlari jarohatlangan singari faoliyat ko’rsatadi, uzunchoq va orqa miya hujayralari o’ladi, oyoq va qo’llarning paralichi boshlanadi. O’z vaqtida kasallikni oldi olinmasa organizm o’ladi.
|
| |