|
Mahsulotlarni almashtirish
|
bet | 166/190 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #130993 |
Bog'liq Yosh fiziologiyasi va gigienasiMahsulotlarni almashtirish. Bir kecha-kunduzlik taomnomani tuzishda unga kiritiladigan mahsulotlarning to’rli-tumanligi, kimyoviy tarkibi va kaloriyasini hisobga olish zarur.
Taomlar xilma-xil bo’lishi uchun faqat mahsulotlar yig’indisini o’zgartirish kifoya qilmaydi, buning uchun bitta mahsulotdan tayyorlanadigan taomlar turini ko’paytirish kerak. Masalan, go’shtdan kotletlar, bitochkalar, gulyash, befstrogen va hokazolar tayyorlash mumkin.
Zarur bo’lganda bir mahsulotni boshqasi bilan almashtirish mumkin, biroq almashtiriladigan mahsulotlar qimmati teng bo’lishi zarur. Masalan, go’sht o’rniga baliq, suzma, tuxum berish mumkin, biroq ularni yormalar yoki sabzavotlar bilan almashtirib bo’lmaydi, chunki bu mahsulotlar kimyoviy tarkibi jihatidan bir xil yemas, go’shtda to’la qimmatli sifatli oqsillar ko’p, yorma va sabzavotlarda esa asosan uglevodlar bo’ladi.
Mahsulotlarni shunday hisob bilan almashtirish kerakki, o’smirning bir kecha-kunduzlik ratsionida oqsillar va yog’lar miqdori o’zgarmasin.Ba’zi mahsulotlar, non, sariyog’, sut, shakar kabilar ham albatta taomnomaga kiritiladi. Bu oziq-ovqat mahsulotlari o’rnini hyech narsa bosaolmaydi. Qaymoq, pishloq, suzmani esa har kuni yeyish shart emas. Biroq, haftaning oxiriga borib, mahsulotlar to’plamini to’la tenglashtirib olish kerak.
11.5. Bolalar va o’smirlarning ovqatlanish gigiyenasi
Bolalar va o’smirlarning organizmida iste’mol qilingan taomlarning to’lig’icha hazmlanishida, ovqatlanish tartibining ham ahamiyati katta. Bola dastlabki 3 yoshida kundalik ratsionini taxminan bo’lib kun bo’yi olsa, keyinroq 7, 6, 5 va 4 martalik ovqatlanishga o’tadi.Maktabgacha yoshda esa kundalik ovqatlanish ratsionini tuzayotganda albatta tushlikda qabul qilinadigan ovqat hajmi kengaytiriladi, biroq bu kengaytirish sekinlik bilan amalga oshiriladi. Chunki maktabgacha yoshdagilar uchun bir kecha-kundizlik ratsion teng hajmlarga bo’lingani ma’qul. Chunki bunday yo’l tutilganda bolaning ishtahasi ochiladi, bir kecha-kundizlik ratsion teng hajmlarga bo’linadi (o’smirlar uchun har 3-4 soatdan keyin ovqatlanish belgilanadi) va organizm faoliyati susaymasligi uchun albatta bola uxlashi lozim.
|
| |