|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 111-115 (1)JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–17_Issue-4_November_2022
114
shakllantirishga xizmat qiladigan bo'shliqni nosog'lom g'oyalar bilan to'ldirishga zamin
yaratadi. “Manqurtlashtirish” deb ataladigan bu texnologiya kuchsiz ma'naviyat, bo'sh
iroda va nosog'lom intilishlar muhitidagina ta'sir kuchiga ega bo'ladi.
Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda yot g'oyalar kirib kelishining
oldini olish va ularni yo'qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o'z ichiga
oladigan mafkuraviy profilaktikaning o'rni katta. U ijtimoiy institutlar tomonidan
xilma-xil shakllarda amalga oshiriladigan g'oyaviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, ma'naviy ishlar majmuini, to'g'ri tashkil etilgan tarbiya tizimini qamrab oladi.
Mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob'ektiv bo'lishi, voqelikni to'g'ri va
to'liq aks ettirishi, inson ma'naviyatining boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat
qilishi lozim.
Mamlakatimiz xavfsizligini bugungi va ertangi kunini hal qiluvchi kuchi
bo'lmish o'sib, unib kelayotgan yoshlarimizni har tomonlama mafkuraviy
qurollantirish ya'ni ularni turli xil yot va zararli g'oyalar ta'siridan himoya qilish orqali
ularning mafkuraviy immunitetini shakllanish lozimligini bugungi davrning o'zi talab
qilmoqda. Agar bu tushunchani qurollantirish emas, balki qurollanmog'i kerak desak,
bevosita ularni o'z holiga tashlab qo'ygan va ko'ziga “yaltirab” ko'ringan narsani
o'zlashtirishga sharoit yaratgan bo'lamiz. Pok qalbli yoshlarimizni, pok niyatlarini
o'grincha bilib olgan va ularning ezgu g'oyalarini asta-sekinlik bilan yot g'oyaga
aylantirishga sabab bo'layotgan, faqat sirtidangina jozibador, asli esa puch bo„lgan
g'oyalar ta'siridan qutulishning birdan-bir yo'li bu – ma'rifatdir.
Demak, biz yoshlar “Fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi
ma'rifat bilan kurashish” kerakligiga har doim ham amal qilish lozimligini
unutmasligimiz kerak.
Xulosa:
Bugungi kunda yoshlarimizni turli xil yot va zararli g'oyalar va vayronkor
g'oyalarga qarshi barqaror mafkuraviy immunitetini mustahkamlashda ularning
dunyoqarashini boyitish, Vatanga sadoqat, uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi, milliy
g'ururni shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol
toptirish, hozirgi zamondagi keskin intellektual – ma'naviy raqobatga javob bera
oladigan, mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir bo'lgan yuksak malakali mutaxassis
kadrlar etib tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir.
Prezidentimiz
ta'kitlab
o'tkanidek:
Yoshlarimizning
mustaqil
fikrlaydigan,yuksak intelektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib,dunyo miqyosida
o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kalom
topishi,baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini
safarbar etamiz.
|
| |