• Asosiy qism
  • JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




    Download 412,49 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana19.05.2024
    Hajmi412,49 Kb.
    #243866
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    111-115 (1)

    JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
    http://www.newjournal.org/ 

    Volume–17_Issue-4_November_2022 
    112 
    tashkil etish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Ayniqsa, Internet tarmog‘ida 
    “Iroqdavlati”, “Jabat al-Nusra” kabi terroristik tashkilotlar guyoki islom ravnaqi 
    yo‘lida kurashayotgan “Mujohid birodarlar guruhi” ekani haqidagi targ‘ibot-tashviqot 
    keng ko‘lamda olib borilayotgani, buning oqibatida dunyoning ko‘plab 
    mamlakatlaridan musulmon yoshlar “hijrat” qilish va “jihod”da ishtirok etish 
    da’vosida Suriya va Iroq hududiga borib, ushbu guruh safiga qo‘shilayotganing guvohi 
    bo‘lmoqdamiz. 
    Mutaassib oqim a’zolarining bosh maqsadi “jihod”, “hijrat”, “shahidlik”, “kofir 
    bo‘lish” kabi diniy tushunchalarni soxta talqin qilish orqali yoshlarimizni qurolli 
    to‘qnashuvlar ketayotgan Suriya, Iroq, Afg‘onistoni yoki Pokiston kabi mamlakatlarga 
    jo‘natib, “manqurt – jangari” yoki “tirik bomba”ga aylantirishdan iborat. 
    Internet va yuqori texnologiyalar tufayli dunyoda madaniyatlar va davlatlar 
    o‘rtasidagi chegaralar yo‘qolib bormoqda. 
    Asosiy qism: 
    Hozirda Internet tarmoqlarida buzg‘unchilik, zo‘ravonlik va 
    axloqsizlikni, “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etadigan saytlar faoliyat ko‘rsatmoqda. 
    Ana shunday keskin va murakkab axborot xurujlari va xavf-xatarlarga biz qanday 
    qarshi tura olamiz? 
    Ayni vaqtda, yoshlarning turli norasmiy, noislomiy diniy jamoalarning ta’siriga 
    tushib qolishining oldini olishda o‘quv muassasalari va mahalla tomonidan tizimli 
    ravishda tushuntirish ishlari olib borishi muhim o‘rin tutadi. 
    Yoshlarda yot g‘oyalarga nisbatan ma’naviy immunitet shakllanmas ekan, “bu – 
    yaxshi, bu– yomon” degan qat’iy fikr paydo bo‘lmas ekan, mafkuraviy xatarlarga 
    qarshi turish qiyin bo‘ldi. 
    Xalqimizda “Yaxshi bola yurt tuzar, yomoni elni buzar” degan purhikmatli gap 
    bor. 
    Yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi 
    va barqarorligiga munosib hissamizni qo‘shish har birimizning, shu aziz Vatanda 
    yashayotgan barcha fuqarolarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmog‘i lozim. 
    Mustaqilligimizni asrab-avaylashga chorlaydi. Muhimi, tinchlik-totuvlik, mehr-oqibat 
    bor ekan, o‘z orzu-maqsadlarimizga albatta erishamiz. 
    Xavfsizlikka tahdidning mazmun-mohiyati muhtaram Birinchi Prezidentimiz 
    I.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
    shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida umummetodologik, siyosiy-falsafiy 
    tomondan yetarlicha yoritib berilgan edi. Mazkur kitobning 1-bobida muallif 
    mintaqaviy mojarolar; diniy ekstremizm va fundamentalizm; buyuk davlatchilik 
    shovinizmi va agressiv millatchilik; etnik va millatlararo ziddiyatlar; korrupsiya va 
    jinoyatchilik; mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik munosabatlari; ekologik 
    muammolar xavfsizlikka tahdid solishini batafsil va teran ifodalab beradi. 



    Download 412,49 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 412,49 Kb.
    Pdf ko'rish