|
Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik asoslari
|
bet | 7/14 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 403,5 Kb. | | #149878 |
Bog'liq “YOSHLARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI”ikkinchi shart. Hayot – harakatdadir. Inson kundalik hayotida jismoniy mashqlar, sport o‘yinlari, badanni chiniqtiruvchi muolajalar bilan ko‘proq shug‘ullansa, uning tanasidagi fiziologik, biologik jarayonlar tezlashadi va oqibatda kayfiyati ko‘tariladi, ishchanligi ortadi. Shubhasiz, bu salomatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Uchinchi shart. Kun va ishni biologik rejimlar asosida tashkil qilish. Koinotda tabiiy hodisalar ma’lum bir tartib asosida takrorlanadi. Xususan, quyoshning har kuni ma’lum vaqtda chiqishi va botishi, yil fasllarining har yili takrorlanishi tabiatdagi barcha harakatlarning ma’lum bir tartibga bo‘ysundirilganligiga misol bo‘la oladi. Xuddi shuningdek, tartibli harakatlar kishi badanida ham sodir bo‘ladi. Masalan, yurakning har daqiqada 70–75 marotaba bir maromda urishi, nafas olishning bir daqiqada 16–20 marta takrorlanishi kishi tanasida ma’lum bir qonuniyat borligidan darak beradi. Bunday tartibga solingan biologik hodisalar 100 dan ortiq. Odam tanasi to‘qimalaridagi o‘zgarishlar ham shu qonuniyatga bo‘ysunadi. Demak, tabiatdagi va tanamizdagi hodisalar o‘ziga xos qoidalarga amal qilar ekan, biz kundalik turmushimizni ma’lum bir tartib asosida tashkil etishimiz va bu tartib badanimizdagi o‘zgarishlarga mos bo‘lishi kerak. Masalan, inson paydo bo‘lganidan beri uning tanasidagi faollik kunduzi ortadi, kechasi susayadi. Bordiyu biz shu tartibga bo‘ysunmay, faqat ovqat yeyish, ichkilikbozlik va turli nomaqbul ishlar bilan band bo‘lsak, bunday holat sog‘lig‘imizga katta zarar yetkazadi. Shuningdek, ish kuni, dam olish vaqti to‘g‘ri rejalashtirilgan bo‘lishi kerak.
To‘rtinchi shart. Ruhiy osoyishtalik yoki asabiy muvozanatni ta’minlash. Bu shartning mohiyati katta. Negaki, bizning tanamiz, ichki a’zolarning faoliyati asab tizimi bilan boshqariladi. Ichki a’zolarning me’yoriy ishi esa ruhiy holatimizni, kayfiyatimizni belgilaydi. Shuning uchun huda-behudaga jizzakilik qilmaslik, yaxshi narsalar to‘g‘risida o‘ylab, oqilona fikrlash, yomon va gunoh ishlardan o‘zini tiyish, nafsga erk bermaslik, ota-bobolar o‘gitlarini hayotda qo‘llash, xushfe’l, xushmuomala bo‘lish sog‘liqni saqlash va mustahkamlashga xizmat qiladi.
|
| |