|
O‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning nazariy asoslar
|
bet | 4/14 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 403,5 Kb. | | #149878 |
Bog'liq “YOSHLARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI”1.3.O‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning nazariy asoslar
1991-yil O‘zbekiston Respublikasi e’lon qilinishi bilan pedagogikaning ko‘pgina sohalarini, shu jumladan ijtimoiy pedagogikani ham rivojlantirish vazifasi qo‘yildi. 1997-yil “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida Qonun” 1997yil) qabul qilinishi bilan ma’naviy-axloqiy tarbiya’ning samarali yo‘llarini topish, manaviy madaniyatni rivojlantirish, shaxsni fuqaro sifatida, erkin tafakkurli shaxsni shakllantirishning eng samarali yo‘llarini yaratish maqsadida pedagogik fan oldiga ta’lim tizimini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi vazifalari ko‘yildi. Respublikamizda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va amaliy sohasi endigina shakllanmokda. Mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishlari shunchalik dolzarbki, bu fan bo‘yicha mamlakatimizda: “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”, “Oila” markazi, nodavlat xukumatga karashli bo‘lmagan xayriya jamgarmasi “Sog‘lom avlod uchun” O‘zbekiston Respublikasi halk ta’limi qoshidagi TDPU (mafkura) g‘oyaviy-siyosiy kafedralar va boshqalar Respublikamizning har bir navbatdagi yilni ijtimoiy muammolardan biriga bag‘ishlashi an’ana tusiga kirgan. Masalan: 2001 yil–“Onalar va bolalar” yili deb e’lon qilingandi. Shu munosabati bilan “O‘smir va sog‘lom turmush tarzi” deb nomlangan Respublika metodik seminari o‘tkazilib, maktablarda “Sog‘lom avlod tarzi” predmeti kiritilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi ijtimoiy muammolar masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekistonda keyingi vaktlarda bir katta muammoga butun bir yilni bag‘ishlash an’anaga aylandi. Masalan; 1998 “Oila yili”, 1999 “Ayollar yili”, 2000 “Sog‘lom avlod yili”, 2001 “Onalar va bolalar yili”, 2002 “Qariyalar yili”, 2003 “Obod va sog‘lom mahalla”, 2004 Mexr va muruvvat yili deb belgilab, ijtimoiy pedagogik muammoni amaliyotda hal etish yo‘llari izlanmokda.
Bugungi kunda ko‘plab empirik nazariy bilimlar to‘plangan. Ularni to‘la anglamoq va tizimlashtirishni talab etadi. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikani kelgusi rivojlanishi yetarli darajada emas. O‘tmish allomalarimiz, olim-pedagoglarimiz asarlarni yangi nuktai nazardan turib o‘rganish, chet el tajribalarini o‘zlashtirib, Respublikamizga moslashtirilgan holda maqsadga muvofik qo‘llash lozim.
Chet el ijtimoiy pedagogikasi esa ko‘p yillardan buyon rivojlanib kelmokda, hozirgi vaqtda bu sohada juda ko‘p ilmiy salohiyatli bilimlar jamlangan. Shu sababli ham O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishida boshqa mamlakatlarning tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohadagi pivojlanish jarayonida vujudga kelgan muammolarni tahlili, ilmiy bilimlar va chet eldagi amaliy faoliyatni o‘rganishning o‘rni beqiyos.
Zamonaviy sharoitlarda ijtimoiy siyosatni o‘tkazish, hayotning barcha sohalarini ijtimoiylashtiruvi ijtimoiy ishlarning aniq belgilangan yangi shakllarini joriy qilish zaruratini tug‘diradi. Bu borada quyidagi ishlar amalga oshirildi: 1996 yil 23 fevralda Vazirlar Mahtsamasining "O‘zbekistonda tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tuzish haqida"gi Qarori chiqdi. Bu qarorda, "Sog‘lom avlod uchun" fondining taklifi bilan vmoyatlarda, Toshkent shahrida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15 ta tez tibbiy yordam guruhlariningtuzilishiga mablag‘ ajratilganligi ta’kidlanadi. Bu qaror tibbiy-ijtimoiy yordamning ko‘chma guruhlarini mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasini amalga oshirshiga qaratilgan bo‘lib, unda tibbiy-ijtimoiy patronaj xodimlarini tayyorlashni tashkil qilish zarurligi ham aytilgan. O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirligiga, Respublika markaziga yangi kasb — "tibbiy-ijtimoiy xodim" mutaxasisligini kiritish vazifasi yuklatildi. Tibbiy-ijtimoiy patronaj funksiyalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Tibbiy-ijtimoiy patronaj ijtimoiy sohada ish yurituvchi turli tashkilot, muassasalar faoliyatlarini integratsiyalaydi.
2. Tibbiy-ijtimoiy patronaj o‘z faoliyatida O‘zbekistonda yashovchi xalqlarning asriy ai’analariga, fan va madaniya] sohasidagi yutuqlariga asoslanadi hamda O‘zbskistonda yuritilayotgan samarali ijtimoiy siyosatni har bir oilaga yetkazadi.
3. Tibbiy-ijtimoiy patronaj har bir oilaning tibbiy ijtimoiy holati monitoringini o‘tkazadi.
4. Tibbiy-ijtimoiy patronajning maqsadlari quyidagilardan iborat:
5. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Aholini ijtimoiy ta’minoti vazirligi va "Sog‘lom avlod uchun" fondidan olinadigan ma’lumotlarga tayangan holda, mahalliy organlar bilan yaqin aloqada bo‘lib yashashning sanitar-gigiyenik sharoitlarini, oilaning psixologik iqlimini, oila a’zolarining salomatligi holatini aniqlash;
- tibbiy, ijtimoiy va psixologik yordamga muhtoj ayollar va bolalarni o‘z vaqtida aniqlash;
- oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.
- Ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiq tibbiy-ijtimoiy patronajga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- oilalarga tibbiy, ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish;
- ayol va bolalarni sog‘lomlashtirishda yordam ko‘rsatish, oilani rivojlantirish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib borish.
1998 yil 1 aprelda Vazirlar Mahkamasining "Ona va bola skiringi dasturini tasdikdash to‘g‘risida"gi Farmoyishi chiqdi. Bu dastur homilador ayollarda nogiron bolalarning tug‘ilishini oldini olish uchun tug‘ma va boshqa patalogiyasini aniqlashga qaratilgan. Bu farmoyishga binoan "Ona va bola skiringi" dasturini qo‘llab-quvvatlash mas’uliyati "Sog‘lom avlod uchun", "Mahalla" fondi hamda O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasiga yuklatildi.
Assosatsiya faoliyatining asosiy maqsad va yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
— jamoatchilik va davlat tuzilmalari tomonidan yetim
bolalarning jismoniy, aqliy va axloqiy jihatdan rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishdagi harakatlarini tartibga solish;
— yetim bolalarga yordam berishga qaratilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirishda moliyaviy yordam ko‘rsatish;
falokatga uchragan barcha bolalarga yordam berish;
— assotsiatsiya faoliyatiga davlat, jamoat va xususiy tashkilotlarni jalb qilish;
— yetim bolalar uchun insonparvarlik dasturlarini tarqatish: va qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘rgazmalar, seminarlar uyushtirish, axborot materiallarini chop etish va OAV lari bilan hamkorlik qilish.
|
| |