|
-BOB. Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning pedogogik asoslari
|
bet | 2/14 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 403,5 Kb. | | #149878 |
Bog'liq “YOSHLARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI”1-BOB. Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning pedogogik asoslari.
1.1.Maktabgacha ta’lim muassasasida fudbol darslarini tashkil etish metodikasi.
Bugungi notinch, o‘ta tahlikali, o‘zaro tortishuv, manfatlar kurash avjiga chiqqan zamoda ertangi kunimizga, dunyo tan olgan davlatlar qatoriga faqatgina bilim va ma’rifatga tayangan holda intellektual saloxiyatimizni yuksak darajaga ko‘tarish hisobidan erishmog‘imiz mumkin.
Biz o‘zimizning oliyjanob masadlarimizga faqat ma’naviy va jismoniy jihatdan sog‘lom, o‘zining kimligi, qanday buyuk jodlarning avlodi ekanini chuqur anglagan, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan komil insonlarni; yosh avlodni tarbiyalash orqaligini erisha olamiz.
“Biz komil inson tarbiyalash davlat siyosatining ustivor sohasi deb e’lon qilganmi. Komil inson deganda biz, avvalo yangi yuksak mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz (Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q).
Birinchi yurtboshimiz o‘zining “Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirishi marosimida so‘zlagan nutqida bunday degan edi.: “Oldimizda mustaqil buyuk davlat qurishdek murakkab va sharafli vazifa turgan bir paytda bu ma’naviy qadriyatlarning ahamiyati ming karra ortadi.
Nega deganda har qanday ulug‘ maqsadlarga yetishish, yangi jamiyat, farovon turmush qurish, inson zotiga munosib go‘zal hayot barpo etish, avvalo shu jamiyat a’zolari bo‘lgan komil odamlarga, kelajak barkamol avlodga bog‘liqdir”. (“Barkamol avlod orzusi”).
Yurtboshimiz mustaqil davlat sifatida tarkib topgan dastlabki davrdan boshlab ertangi kunimiz egasi bo‘lgan O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori bo‘lgan barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur jarayonni yanada chuqurlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. “Sog‘lom avlod” dasturi, shuningdek kadrlar tayyorlash masalalari bo‘yicha bir qator tarmoq dasturlar qabul qilindi.
Barkamol avlodni jismoyiy barkamolsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, bu tarbiyaning bosh maqsadi jismonan chiniqqan, mard va sabotli, qat’iyatli va vatanparvarlarni kamol toptirishdir.
Agar farzand sog‘lom, oqil, iymon e’tiqodli bo‘lsa, ota-onasiga faqat rahmat keltiradi. El-yurt nazaridan hech qachon chetda qolmaydi deb uqtiradi. Jismon barkamollik tarbiya tizimida muhim o‘rinni egallaydi boshqa tarbiyalar bilan birga amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya o‘z oldiga qator vazifalarini qo‘yadi. Jumladan, orgnizmni chiniqtirish, sog‘liqni mustahkamlash va rivojlantrish, bolalarda yangi jismoniy harakat turlarini hosil qilish va qurollantirish, bolaning yoshiga, jinsiga chiniqqanlik darajasiga mos kela-digan jismoniy harakat sifatlarini rivojlantirish va o‘z sog‘lig‘iga ongli munosabatda bo‘lishni tarbiyalashdan iborat. Bu vazifalarni xal qilishda jismoniy tarbiya aqliy, estetik va mehnat tarbiyalari bilan hamkorlik qiladi. Insonning sog‘lom va barkamol o‘sishi turli omil va vositalarga bog‘liq. Avvalo nasl toza, sog‘lom bo‘lishi kerak, shu sababli Prezidentimiz sog‘lom ota-onadan albatta sog‘lom farzand tug‘ilishini alohida ta’kidlaydi. Qolaversa, yashash jarayonida sanitariya - gigiyena omillariga amal qilishi, tabiatdagi sog‘lomlashtiruvchi omillar, ya’ni quyosh, havo va suv ta’siridan o‘rinli foydalanish va jismoniy mashqlarda foydalanishni taqozo qiladi.
Avvalo bu maqsad va vazifalarning to‘la amalga oshishi mamlakatimizdagi ijtimoiy siyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs komil insonlar vujudga keladi. Ular hayotga tamomila boshqacha nigoh bilan qaraydilar.
Bunday shaxslarning ko‘payishi jamiyatda omil hayot kechirish tizimini vujudga keltiradi, deya uqtiradi Yurtboshimiz I. Karimov. Odamlar olomon bo‘lib yashashdan bosh tortadilar, har bir kishi o‘z aqli, o‘z mehnati, o‘z xulosasi bilan yashay boshlaydi. Eng asosiysi bunday kishilarga chetdan hech qanday nopok kuch, buzuq g‘oyalar, quruq shiorlar, chaqiriqlar bilan ta’sir etib bo‘lmaydi. Bunday odamlarni o‘z tanlagan yo‘llari maqsadlaridan hech qanday kuch toydira olmaydi.
Barkamol insonlarni shakllantirishda tarbiya hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tarbiya ijtimoiy tarixiy tajribalarni egallash uchun kishilar faoliyatini tashkil etishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida ham tarbiyaning maqsadi bayon qilib berilgan. Unda bunday deyiladi: Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy tarixiy an’analariga, urf odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
|
| |