Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish




Download 403,5 Kb.
bet3/14
Sana01.02.2024
Hajmi403,5 Kb.
#149878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
“YOSHLARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI”

1.2.Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.
Mustaqillik yillarida taraqqiyotimizning har bir bosqichida, amalga oshirilayotgan islohatlarning zaminida ana shu inson omili, barkamol avlod tarbiyasi turibdi. “Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishining eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat sohasida shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish” ni talab etadi deb ta’kidlagan edi. Yurtboshimiz.
Ijtimoiy pedagogika fani bundan 200 ming yil oldin ham mavjud bo‘lgan. Faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo‘lgan. Pedagogik sotsiologiya fanniing ilk kurtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo‘lib emas. Xozirda pededagogik sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya fanining tarmogi sifatida. Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o‘sib chikadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan xolda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa yanada samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Amaliy faoliyat - bu ijtimoiy pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy–pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatida alohida o‘rinni egallaydi. «Milliy g‘oya–bizning g‘oya», «Istikbolimiz–istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o‘zgartirgan o‘n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo‘la oladi. Jamoat tashkilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi ishlar ham shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ‘ibot va tashviqot ishlarining ko‘lamini kengaytiradi, o‘sayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi. Ma’naviy muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo‘lib ma’naviy hayot kechirishni tashkil etish ustida bormokda. Bu vazifa inson va jamiyatning bilish extiyojini qondirish, ularning faoliyatida uchraydigan hodisalarni, mehnatini, turmushini, bo‘sh vaqtini chuqur mushoxada qilish bilan uzviy bog‘liqdir.
Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv fani - bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan predmetdir. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega - fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida. qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar. Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar Markaziy Osiyo xududida jahon dinlari orasida eng kadimgi din zardushtiylik dini xukumronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir qildi, ya’ni insonni birinchi o‘ringa olib chikdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga siginish) o‘z erasining o‘ziga xos komusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardusht dinda axloqiy me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto”da - inson yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar va savob ishlar qilishi lozim deb yozilgan (xulk atvor).
“Avesto”ning katta qismi bo‘lgan “ Yasna’larda inson kamolini ko‘rsatuvchi axloq–odob mezoni ana shu uchlikda xumata (gumata)–yaxshi fikr, xukta (gukta) –yaxshi soz va xvarsha (gvarshta)–yaxshi ishlarda ifodalanadi. “Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon- shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat qonunga shon shavkat baxsh etaman” (“yasna”, 14), deyiladi. “Avesto” tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Mana (“Ezgu fikr”) va Apo Mana (“Yovuz fikr”) ta’sir ko‘rsatadi deydi. Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi. “Yaxshi fikr” deganda iloxiy-qonun ruxidagi kishisiga mexribon bo‘lish, maqsadlarga ko‘maklashishga, yovuzlikka qarshi kurashishga tayyor turish, kishilarni baxt-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do‘stlik, totuvlikda yashashga intilish ruxidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o‘z fikri xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jixatlarga berilmaydi. Chunki bunday xolatda inson yaxshi niyatni yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojuya harakatlar qiladi.
Pedagogika fani tarixi qadimgi davrlariga borib taqaladi. Ko‘p ming asrlar mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi, kadimgi zamonlardan buyon olamda insonning o‘rni va roli, shaxsning axloqiy shaklllanishida madaniyat va dinning ahamiyati barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar. Shark uyg‘onish davri (9 –11asrlar) komusiy olimlari Abu Nasr al Forobiy (873 –1037) shunday ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni aytib o‘tganlarki, bolani ayni go‘daklik chog‘idanok tarbiyalay boshlashning zarurati, shuningdek, bolaning tarbiyasiga tabiat atrof-muhitning ta’siri va boshqa fikrlar kabidir. 15 –16 asrlarda Markaziy Osiyoda tabiatshunos-faylasuflari, tarixchi, shoir va rassom-musavvirlari o‘z ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor bilan karab, tabiat sirlarini o‘rganishga intilganlar. Bular qatorida Nuriddin Abduraxmon Jomiy (1414 –1492), Jaloliddin Davoniy( 1427 –1502), Alisher Navoiy (1441 –1501), xusayn Boiz Koshifiy (1440 –1505) o‘z asarlarida inson akli tafakkuri, uning qobiliyati, insonning alohida hislatlari, insoniylik g‘oyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy kadriyat hisoblanadi. Shu jumladan, o‘zbek tilining asoschisi buyuk alloma, musiqachi, davlat arbobi Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g‘oyalari, yuksak darajada insonparvarligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda eng oliy mavjudot deb hisoblagan. Bolani esa oilaga kuvonch, ham baxt keltiruvchi mukaddas inom sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi. Inson o‘z farzandigina emas, balki kelajak avlod bo‘lgan barcha bolalarni sevmog‘i shart deb yozadi shoir. Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni bizning olim va allomalarimiz, ma’rifatparvarlarimiz, jadidchilik harakati yetakchilari, XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan allomalar Maxmudxuja Bexbudiy (1874 –1919), Munavvar kori Abdurashidxonov (1878 –1931), Abdulla Avloniy (1878 – 1934), Abduqodir Shakuriy (1875 –1943), X.X.Niyoziy (1839 –1929) va boshqalarning asarlarida ham ko‘plab keltirish mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishi XX asrning 20-30 yillari alohida o‘rin tutadi. Bu davrda A.Avloniy, A.Shakuriy, M.Qori Abdurashidxonov, X.X.Niyoziy, V.F.Lubensov, N.P.Arxongelskiy, O.Sharofiddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular avvalo ijtimoiy izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam ko‘rsatish, ya’ni bu allomalar ijtimoiy pedagoglar bo‘lib, ular tashkil etgan maktablar shuningdek, boshqa pedagoglar tajribalariga tayanganlar. A.Avloniy nomidagi Chernishevskiy nomidagi bolalar tajriba maktablari va boshqa muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo‘lib hisoblanadilar. Birok O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda avvalgi yangi ittifok sovet pedagogikasi va o‘sha davr pedagogikasi o‘rtasida ajralish yuzaga keldi. Uzoq yillar mobaynida o‘zbek marifatparvarlari-pedagoglari tomonidan to‘plangan barcha bilimlar inkor etilgandi. Pedagogikada shunday shior tarqalgandi “Olam zo‘ravonlikdir, biz uni ildizi bilan ko‘paramiz”.



Download 403,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 403,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish

Download 403,5 Kb.