Yuqori kuchlanish texnikasi




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/152
Sana21.02.2024
Hajmi6,12 Mb.
#160215
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152
Bog'liq
YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

2
 ga teng (4.1- rasm). Bu izolyatsiya oralig’i S
2
ni tanlashda liniyada 
kuchlanish ostida ta’mirlash ishlarini bajarish uchun ishchilarni ko’tarishda 
ularning xavfsizligini ta’minlash va tayachlar oralig’ida o’tkazgichlarning 
nosinxron chayqalishi natijasida ularni chalkashib qolishini olidini olish shartidan 
kelib chiqiladi va u quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi: 





Sin
l
S
S
shoda
2
2
1
2
,
(4.1) 
bu yerda 
shoda
l
- izolyatorlar shodasining uzunligi; 

- shamoldan og’ish burchagi; 

- tayanchning qalinligi.
Tayanchlar oralig’ida faza o’tkazgichlari bilan er o’rtasidagi izolyatsiya 
oralig’ini S

ni tanlashda transport vositalarining kesib o’tishini hisobga olish 
kerak. Bu izolyatsiya oralig’i tekis joyda tayanchlar oralig’ining o’rtasida minimal 
bo’ladi (4.2- rasm). Bu izolyatsiya oralig’ini tanlashda EUTQ normalari 
talablaridan kelib chiqiladi. 


157 
Liniyalarda himoya trosi bilan faza o’tkazgichlari o’rtasidagi izolyatsiya 
oralig’i ham elektr uzatish liniyasi izolyatsiyasini belgilaydi (4.2- rasm). Bu 
izolyatsiya oralig’i S
4
tanlanayotgan vaqtda tayanchlar oralig’ining o’rtasida 
atmosfera o’ta kuchlanishining amplitudasi maksimal bo’ladi deb qabul qilinadi.
Yuqorida keltirilgan izolyatsiya oralig’ini tanlashda faza o’kazgichlari bilan 
ximoya trosining nosinxron muz qoplashni tashlash natijasida yuzaga keluvchi 
vertikal tebranish ta’sirida chalkashib qolish extimolligini hisobga olish kerak. 
Liniyani kesib o’tuvchi transport vositasi bilan tayanchlar oralig’ining o’rtasida 
izolyatsiya oralig’i uning teshilish kuchlanishi va teshilish elektr maydon 
kuchlanganligi hisobga olinadi. Agar liniyani kesib o’tadigan transport 
vositasining balandligi standartga mos kelmasa, bu transport vositasining kesib 
o’tish vaqtida maxsus naryad asosida liniya o’chiriladi. 
Atmosfera va ichki o’ta kuchlanishlar elektr uzatish liniyasining ishlash 
rejimini buzmasligi uchun liniya shunday izolyatsiyaga ega bo’lishi kerakki uning 
elektr mustahkamligi ko’pchilik o’ta kuchlanishlar amplitudasidan oshishi kerak. 
Lekin liniyaning avariya holatida o’chirilishlar sonini ruxsat etiladigan 
darajagacha kamaytirish uchun yuqori elektr mustahkamlikka ega izolyatsiyani 
qullash har doim ham iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, chunki u 
izolyatsiya oraliqlarining va tayanchlar balandligini oshirishni talab qiladi. SHu 
sababli HEULlarida izolyatsion oraliqni ta’minlashda o’zini iqtisodiy oqlaydigan 
maxsus tadbirlar va qurilmalar qo’llaniladi (o’takuchlanishni chegaralaydigan
chaqmoqdan muhofaza qilish uskunalari, yoy sundirish apparatlari va AQU).
Kuchlanishi 220 kVgacha bo’lgan elektr uzatish liniyalarida faza 
o’tkazgichlari vertikal osilgan bir ustunli tayanchlar keng qo’llaniladi (4.3- rasm). 
Bu holatda faza o’tkazgichlari bilan pastki travers orasidagi masofa S
6
izolyatsiya 
oralig’ini tanlashda hisobga olinishi kerak. Izolyatsiya oralig’i S
7
ham xuddi S
6
kabi tanlanadi. 


158 
4.1- rasm. Portal rusumidagi tayanchda bajarilgan liniyaning izolyatsiya oraliqlarining ko’rinishi. 
4.2- rasm. Portal rusmidagi tayanchda bajarilgan liniyaning izolyatsiya oraliqlarining ko’rinishi. 


159 
4.3- rasm. Bir ustunli tayanchda bajarilgan bitta va ikkita zanjirli liniyaning eskizi. 
Havo elektr uzatish liniyasining izolyatsiyasiga qo’yidagi talablar qo’yiladi: 
1. HEULning izolyatsiyasi liniyada sodir bo’ladigan ichki o’ta 
kuchlanishlarning ko’pchiligiga chidashi kerak. Ba’zi o’ta kuchlanishlar bun-dan 
istisno, chunki ularning sodir bo’lish ehtimoli juda kichik, lekin ularni e’tiborga 
olish liniyaning tan narxini juda kattalashtirib yuborgan bo’lur edi. SHuning 
uchun HEULning izolyatsiyasini maksimal kuzatilishi mumkin bo’lgan o’ta 
kuchlanishdan biroz kichikroq bo’lgan ichki o’ta kuchlanishning hisobiy sathi 
bo’yicha tanlanadi;
2. HEUL izolyatsiyasining kuchlanish impulsiga bo’lgan elektr 
mustahkamligi o’zini iqtisodiy oqlagan va effektli chaqmoqdan ximoya qilishni 
tashkillashtirishga etarli bo’lishi kerak. 
Bu talablar xar xil kuchlanish pog’onalari uchun bir xil bo’lmasada, ammo 
ko’pchilik holatlarda izolyatsiya ichki o’ta kuchlanish bo’yicha tanlanadi. Bunday 
holatda 110 kV va yuqori kuchlanishlarda liniyani oddiy chaqmoqdan himoya 
qilish uskunalari yordamida uning chaqmoqbardoshligini ta’minlash uchun 
izolyatsiyaning impuls mustahkamligi etarli hisoblanadi. 
Elektrodlar orasidagi havo oralig’i ularning razryadlanish xarakteristikasi 
bo’yicha ikkita guruhga bo’linadi: simmetrik elektrodli oraliq «sterjenь–sterjenь» 


160 
va keskin nosimmetrik elektrodli oraliq «sterjenь –tekislik». Bunday oraliqlarning 
razryadlanish xarakteristikasi chegaraviy hisoblanadi (4.4- rasm). Bu rasmda 
elektr uzatish liniyasining tipik havo oraliqlarining razryadlanish xarakteristikasi 
keltirilgan. Tayanchda liniyaning izolyatsiya sathini aniqlaydigan oraliq yon 
tomondan esayotgan shamolning ta’sirini hisobga oluvchi «o’tkazgich–tayanch 
ustuni» S

hisoblanadi. Himoya armaturasi bilan jixozlangan liniyalarda bu S

oraliq ko’rinishida himoya armaturasi bilan tayanch ustuni yoki traversi orasi 
olinadi. Bu oraliq elektrodlar simmetriyasi bo’yicha «sterjenь – sterjenь» va 
«sterjenь – tekislik» o’rtalik holatni egallaydi. Xuddi shunday bunday oraliqning 
razryadlanish xarakteristikasining ham o’rtacha holatni egalaydi.
4.4- rasm. Havo oraliqlarining o’rtacha razryadlanish kuchlanishi: 
1) sterjenь – sterjenь elektrodlari orasidagi razryadlanish kuchlanishi; 
2) sterjenь – tekislik elektrodlari orasidagi razryadlanish kuchlanishi; 
3) o’tkazgich – tayanch orasidagi razryadlanish kuchlanishi; 
4) o’tkazgich – er orasidagi razryadlanish kuchlanishi; 
5) o’tkazgich – er (sterjenli) orasidagi razryadlanish kuchlanishi; 
Liniyaning tayanchlari oralig’idagi izolyatsiya sathi «o’tkazgich – 
o’tkazgich» S

Download 6,12 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish