149
q
n
I
f
QR
,
(3.41)
bu yerda
q – tuyiladigan zaryad.
Tajriba yo’li bilan o’rnatilganki, turli ko’rinishdagi ichki izolyatsiyada
qo’yilgan kuchlanishning va izolyatsiyaning sifatiga bog’liq holda QR tuyiladigan
zaryadning qiymati 10
-14
– 10
-16
Kl oralig’ida bo’lishi mumkin. Agar
izolyatsiyadagi QR tuyilgan zaryadi 10
-14
– 10
-16
oralig’ida o’zgarsa,
izolyatsiyaning nisbatan sekin eskirishi kuzatiladi. Ba’zi holarda bunday QR
ishchi kuchlanishda
ham uchrashi mumkin, eskirish jarayonning juda sekin
kechishidan izolyatsiya mo’ljallangan muddatgacha chidaydi. Tuyiladigan zaryad
10
-9
– 10
-6
Kl bo’lsa, izolyatsiyaning qisqa vaqt ichida
emirilishiga olib kelishi
mumkin, shuning uchun bunday QRga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Yuqori kuchlanish elektr qurilmalarida keng tarqalgan qog’ozli – moyli
(QMI) va moyli to’siqli (MTI) izolyatsiyalarda ham QR kuzatiladi. Bu
izolyatsiyalarni tayyorlashda mukamallashgan texnologiya qo’llanilgandagina
gazli ulanishlar yo’q bo’lishi mumkin. Bunga izolyatsiyani vakuum sharoitida
quritish va gazsizlantirilgan moy singdirish hisobiga erishishimiz mumkin. Ammo
bu holatlarda ham ichki izolyatsiyada
QR rivojlanishi mumkin, ammo gazli
ulanishli izolyatsiyaga qaraganda ancha yuqori kuchlanishlarda rivojlanadi.
Tajriba natijasida o’rnatilganki, QMIda QR ikki ko’rinishda bo’lishi
mumkin: boshlang’ich va kritik. Boshlang’ich qisman razryadlar (BQR)
tuyiladigan zaryadning 10
-14
dan to 10
-11
Kl qiymati bilan xarakterlanadi. Ular
bevosita elektrod bilan elektrodning mikronotekis sirti va utkirlashgan chetlarida
yopishgan qog’oz oralig’idagi moy qatlamida rivojlanadi, ya’ni elektr maydonning
lokal kuchaygan joylarida. Masalan elektrodlari
yupqa alyuminiy folьgadan
tayyorlangan kondensator tipidagi QMIda, BQR elektr maydon kuchlanganligi
o’rtacha qiymatni taxminan bir darajaga yuqori bo’lgan elektrodlarning chetlarida
paydo bo’ladi. Shunday izolyatsiyalar uchun eksperimental yo’l
bilan BQR
boshlanadigan kuchlanishning o’rtacha qiymatining izolyatsiya qalinligiga
bog’liqligi keltirilgan: