, kV/sm
169
Shodadagi izolyatorlar soni shunday tanlanadiki uning ho’l razryad-lanish
kuchlanishi hisobiy ichki o’ta kuchlanish sathidan yuqori bo’lishi kerak, ya’ni
K
'
O
ichki
HR
U
U
.
(4.6)
Yuqorida keltirilgan ho’l razryadlanish kuchlanishining shodadagi
izolyatorlar soni bilan bo’lgan bog’lanishdan va (4.6) dan foydalanib quyidagini
hosil qilamiz:
Η
Ε
U
k
n
HR
K
O'
ichki
,
(4.7)
bu yerda k- sistemada ichki o’ta kuchlanish paydo bo’lish paytida manbalarning
EYuKsi oshirilgan qiymatda bo’lishi mumkinligini hisobga oluvchi koeffitsient.
Kuchlanishi 330 kV va undan past bo’lgan kuchlanishdagi tarmoqlarda o’ta
yuklanish vaqtida uzoqda joylashgan ist’emolchilar shinasidagi kuchlanishni
rostlash uchun fazalarning nominal kuchlanishi bo’yicha hisoblangan qiymatiga
nisbatan 15% ga oshirilishi talab etiladi.
Bu koeffitsient yordamida havoning bosimi, temperaturasi va namligi
o’zgarishining noqulay sharoitida ham razryadlanish kuchlanishining pasayi-shi
hisobga olinadi.
4.3- jadvalda k ga ta’sir etadigan faktorlarning hisobga olinishi keltirilgan.
Bu yerda tuzatish koeffitsienti k yuqorida keltirilgan barcha ta’sir etuvchi
faktorlarni hisobga oluvchi koeffitsientlarning o’zaro ko’paytmasi sifatida
aniqlanadi.
Shunday qilib shodadagi izolyatorlar sonini tashlash sharti quyidagi
ko’rinishga keladi:
H
E
U
,
n
HR
K
O'
ichki
1
1
.
(4.8)
Odatda (4.8) formula orqali topilgan shodadagi izolyatorlar soniga
ekspluatatsiya
sharoitida
izolyatorlardan
bittasi
shikastlangan
bo’lishi
mumkinligini hisobga olib, yana bitta izolyator qo’shiladi. Burchak va anker
170
tayanchlardagi shodadagi hisoblab topilgan izolyatorlar sonini yana 2 ta
izolyatorga oshiriladi.
Izolyatorlar shodasidagi izolyatorlar sonini tanlashda real ekspluatatsiya
sharoitining ho’l razryadlanish kuchlanishi o’lchanayotgan sharoitdan farqi
hisobga olinadi. Chunki ho’l razryadlanish kuchlanishini o’lchash juda og’ir
sharoit uchun normalashtirilgan. SHu sababdan ekspluatatsiya sharoitida topilgan
ho’l razryadlanish kuchlanishi laboratoriya sharoitida o’lchangan ho’l
razryadlanish kuchlanishidan taxminan 20% ko’proq bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan uslub bo’yicha izolyatorlar shodasida izolyatorlar
sonini tanlashda izolyatorlar sirtining ifloslanishi natijasida ho’l razryadlanish
kuchlanishining pasayishi hisobga olinmadi. HEUL izolyatorlari yarim
o’tkazuvchan
qatlam
bilan
ifloslanganda
izolyatorlarning
elektr
mustahkamligining pasayishi ayniqsa sezilarli bo’ladi. Ifloslanishlar intensivligi
va xarakteri har xil bo’lganligi sababli ularning razryadlanish kuchlanishiga ta’siri
ham har xil bo’ladi. Shu sababli EULning ishonchli ishlashi quyidagi tadbirlarning
qo’llanilishi natijasida ta’minlab beriladi:
a) izolyatorlar shodasida sirti rivojlangan va sirg’ish tokining oqish yo’li
uzun bo’lgan maxsus izolyatorlarni qo’llash;
b) izolyatorlar shodasida normal yasalgan izolyatorlar sonini ko’paytirish
hisobiga;
v) izolyatorlar shodasidagi izolyator sirtini davriy ravishda maxsus vositalar
yordamida tozalash hisobiga.
Izolyatorlar shodasi bo’ylab razryadlanish uchta yo’l bo’yicha rivojlanishi
mumkin (4.5- rasm): 1) chinni izolyatorning barcha egilishlari bo’yicha; 2)
izolyatorlar qalpoqlari orasidagi eng qisqa yo’l bo’yicha va 3) butun shoda
bo’yicha havoda. Razryadlanishning qaysi yo’nalish bo’yicha rivojlanishi
razryadlanishdan oldingi paytda oqayotgan tok va ta’sir etayotgan kuchlanishning
chastotasiga bog’liq.
171
4.3- jadval. Ichki o’takuchlanishni hisoblashda tuzatish koeffitsientiga
ta’sir etuvchi faktorlar
Ta’sir ko’rsatuvchi faktorlar
Tuzatuvchi
koeffitsient
Faza kuchlanishining nominal kuchlanishdan oshishi
1,15
Atmosfera sharoitining noqulay o’zgarishi
1,07
Ekspluatatsiya sharoitining
HR
U
o’lchash sharoitidan farqi
a) yomg’ir kuchi
b) yomg’ir suvining qarshiligi
v) kuchlanishning ta’sir etish vaqti
0,95
0,9
0,95
Razryadlanish kuchlanishidan chidash mumkin bo’lgan
kuchlanishga o’tishning zahirasi
1,10
(4) formuladagi k koeffitsient
1,1
Chastotaning o’nlab va yuzlab Gts bilan o’zgarishida va shodaning quruq
sirti bo’ylab razryadlanish sirg’ish toki oqayotgan yo’lining
sir
l
izolyator balandligi
H
ga nisbatiga ko’ra 2 yoki 3 ta yo’l bo’yicha rivojlanishi mumkin.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, agar
3
1 ,
H
l
sir
bo’lsa, shoda bo’ylab razryadlanish
3 ta yo’l bo’yicha rivojlanadi.
3
1 ,
H
l
sir
bo’lganda esa, eng kuchsiz uchastka 2 ta
yo’l hisoblanadi. Izolyatorlar shodasining berilgan uzunligida 3 yil maksimal
quruq razryadlanish kuchlanishiga mos keladi. Shuning uchun izolyatorlarni
qurayotgan paytda
3
1 ,
H
l
s
i
r
shartni qanoatlantirish uchun uning diametrini
ko’paytirish yoki qurilish balandligini qisman qisqartirish mumkin. Birinchi yo’l
kam samarali hisoblanadi, chunki u izolyatorning o’lchami va massasining
ko’payishiga olib keladi. Ikkinchi yo’lda esa izolyator qalpog’ining qisqartirilishi
uning mexanik mustahkamligini pasaytiradi.
3
1 ,
H
l
sir
shart barcha zamonaviy
172
izolyatorlar uchun qanaotlantirilgani sababli shodaning razryadlanish kuchlanishi
razryadlanishni rivojlanishining yuqorida keltirilgan uchinchi yo’li bilan
belgidanib, u izolyatorlarning rusumiga bog’liq emas.
Yomg’ir yog’ayotgan sharoitda kuchlanish to’laligicha pastki kam
ho’llangan sirtga yotadi, shuning uchun
H
l
sir
kattalishishi izolyatorlar shodasining
ho’l razryadlanish kuchlanishining oshishiga olib keladi.
|